Масъул муҳаррир


ZAMONAVIY O‘QITUVCHIGA QO‘YILGAN BUGUNGI KUN TALABLARI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
ZAMONAVIY O‘QITUVCHIGA QO‘YILGAN BUGUNGI KUN TALABLARI
Avazova Shoira Bozorboyevna
 Xorazm viloyat Gurlan tuman 
15-maktab biologiya fani o‘qituvchisi
+998 942319452
Shoira.avazova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola bugungi kunning zamonaviy o‘qituvchisiga qo‘yilgan yangicha 
talablar va ularning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni va roli ko‘rsatib berilgan. yundan tashqari, 
Yangicha fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning zamonavioy o‘quvchini o‘qitishda 
zamonaviy o‘qituvchi bo‘la olish vazifalari o‘z aks ettirilgan. 
Kalit so‘zlar: zamonaviy pedagog, talablar, innovotsion texnologiya, nutq, kitobxonlik, chet 
tili, kompyuter savodxonligi, global tarmoq
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga kelishi faqat 
tug‘ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki u ma’lum layoqat, qobiliyat kurtaklari 
bilan tug‘iladi. Lekin u inson, shaxs sifatida oilada ota-onalar; jamiaytda esa tarbiyachi ustozlar 
va turli jamoalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati orqali shakllanadi. Jamiyat rivojlangan 
sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ham ortib brogan, hamda o‘zgarib, 
yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Bu esa o‘qituvchi-tarbiyachining zimmasiga katta vazifa 
yuklaydi.
Zamonaviy kiyinish, zamonaviy uy-joy, zamonaviy qurilish, zamonaviy maktab, bu ro‘yxatga 
zamonaviy o‘qituvchi iborasini ham kiritishimiz mumkin. Zamonaviy o‘qituvchi- bu ibora 
juda keng qamrovli bo‘lib, o‘qituvchining ilmiy solohiyatidan tortib, uning kiyinishi-yu, soch 
turmagigacha, gapirishi-yu, o‘zini tutishigacha barcha-barchasini qamrab oladi. O‘qituvchi eng 
avvalo, ideal shahs bo‘lishi kerak Ularning har bir so‘zi, ko‘z qarashi ibrat bo‘la olishi zarur. 
O‘qituvchi eng avvalo o‘z fanini sevishi kerak, shundagina u fanning yangi yutuqlari-yu, 
zamonaviy qarashlari bilan tanishib boradi va fan yutuqlariga o‘z hissasini ham qo‘shishi 
va mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘la oladi. Bundan tashqari o‘qituvchi har 
bir o‘quvchiga individual yondashishi, ularning har biridagi qobilyatlarni aniqlay olishi, 
qiziqishlariga to‘g‘ri baho bera olishi, ularning ruhiy holatlarini tushunishi ba’zan esa ro‘y 
beradigan ruhiy tushkunliklardan chiqara olishi, ta’lim bilan bir qatorda yuksak tarbiya berishi 
lozim. Bu vazifalarni bekamiko‘st bajarishi uchun esa bolaga nisbatan o‘qituvchi qalbida mehr 
va muhabbat bo‘la olish kerak. Zotan Rus tarixchisi Klyuchevskiyning bir fikri bor: “ Yaxshi 
o‘qituvchi bo‘lish uchun, o‘qitayotganingni va o‘qiyotganlarni yaxshi ko‘rishing lozim.” Bu fikr 
esar zamonaviy o‘qituvchi uchun ham qo‘yilgan eng birlamchi talablardan biridir.
O‘qituvchi hamisha darsga ochiq chehra bilan kirishi kerak. Nutq madaniyatiga rioya qilishi, 
shevadan qochib, adabiy tilda, chiroyli muo malada so‘zlashi lozim. Dars davomida, mavzuni 
tushuntirishda gapirish tenbirining turlichaligidan foydalanishi kerak. Chunki bir xil tonda 
gapirish ham o‘quvchining zerikishiga olib keladi. Juda past tonda ham, juda baland tonda ham 
gapirmaslik kerak. Ovozning pastligi o‘quvchilarning darsda uxlab qolishiga olib kelsa, juda 
baland ovozda gapirish bolaning ruhiy holatiga salbiy ta’siri o‘tkazish mumkinligi tadqiqotchilar 
tomonidan aniqlangan. Bundan tashqari o‘qituvchining nutqi toza va jozibador bo‘lishi lozim. 
Albatta, pedagog notiqlik san’atini egallagan bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining kiyinishi ham muhim. Uning kiyimlari va soch turmagi oddiy e’tiborni jalb 
qilmaydigan bo‘lishi kerak. Bu borada Xalq ta’limi o‘qituvchilari uchun yaratilgan maxsus 
maktab formalarini namuna sifatida keltirib o‘tishimiz mumkin.
O‘qituvchining metodikasi ya’ni darsni o‘quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib tu-
shuntira olishi kerak. Zamonaviy o‘qituvchi an’anaviy ma’ruzalar-u, shunchaki o‘qib tushuntirib 
berishlardan qochishi, balki zamonaviy ped-texnologiyalar, ko‘rgazmali vositalar, interfaol 
o‘yinlardan, multimedialardan, global tarmoqning ajoyib imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. 
Chunki bugunning bolasi internetdan bemalol va keragicha foydalana oladi. bu borada o‘quvchidan 
ortda qolish aslo mumkin emas. Shu sababdan ham axborot davrida har kun va har daqiqada 
tinimsiz izlanish va intilish bilan vaqt o‘tkazishimiz lozim. 
O‘qituvchi kitobxon bo‘lishi kerak. Badiy adabiyot bilan muntazam ravishda oshno bo‘lishi 


345
10
lozim. Bu esa o‘qituvchinig fikrlash qobiliyati-yu, nutq ravonligiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan 
qolmaydi. Bundan tashqari, o‘qituvchining o‘zi kitobxon bo‘lmay turib, kitobxon o‘quvchini 
tarbiyalay olmaydi. 
Bugungi zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilgan yana bir muhim talablardan biri bu o‘qituvchi 
chet tilla ridan bir nechtasini (rus, ingliz…) bilishi va shu tillarda erkin muloqot qila olishi kerak. 
Shundagina o‘qituvchi jahon pedagogikasining tubsiz ummonida sho‘ng‘ishi, tajriba almashishi 
va jahon adabiyoti durdonalaridan xabardor bo‘lishi mumkin.
Bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat pedagog, balki psixolog, tarbiyachi, ijodkor, shoir, raqqosa, 
rejissor, aktyor, sahnalashtiruvchi, sartarosh va hakozo. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish 
mumkin. Chunki haqiqatdan ham, bugungi kun o‘qituvchisi ya’ni zamonaviy o‘qituvchi yuqoridagi 
kasblarning hammasini egallagan bo‘lishi lozim.
Bundan uch asr oldin yashagan fransuz faylasufi Klod Adrian Gelvetsiy “Tarbiya qancha 
mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli bo‘ladi”-deganida qanchalik haq edi. Zamonaviy o‘qituvchi 
zimmasida baxtli xalqni yaratishdek, masuliyatli va sharafli vazifa turar ekan, buni o‘qituvchilar 
chuqur his qilishi va buning uchun o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishi lozim.

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish