PEDAGOGIKA
2015, 4-son
30
innovatsion loyihalash va tayyor loyihani amaliyotga izchil tatbiq etish mavjud
muammolarni to‘laqonli hal qilish imkonini beradi.
Muallif, shuningdek, turli mintaqalarning yoshlarga oid siyosatini
loyihalash liberal qadriyatlarga egalikdan farqli ravishda inson erki, uning
qarorlari va harakatlarida, o‘zidan qoniqishida namoyon bo‘lishini ifodalovchi
gumanitar yo‘nalishga ega, deb baholaydi.
G. A. Luks loyihalash faoliyatini ijodkorlikning o‘ziga xos shakli sifatida
pedagogik maqsadlar asosida turli: kichik (loyihalash mohiyatiga ko‘ra, o‘yin
faoliyatida nima muhimligiga e’tiborni qaratish), o‘smir (yangi o‘quv fanlarini
o‘rganish va o‘z kuchini sinab ko‘rish muhitidagi ehtiyojni inobatga olish),
o‘spirin (mustaqil hayot ostonasidagi shaxsning istiqboldagi o‘z imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini nazarda tutish) yoshidagi o‘quvchilar
bilan ishlashda shaxs rivojlanishining universal vositasi bo‘la oladi, deb
hisoblaydi. Muallifning fikriga ko‘ra, aniq maqsad hamda o‘quv, ilmiy-tadqiqot,
tarbiyaviy, amaliy va mustaqil ravishda ijtimoiy loyihalash metod, usul va
vositalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat birligini ifodalovchi yaxlit
pedagogik jarayonni samarali tashkil etish orqali talabalarda loyihalash
madaniyatining shakllanishiga erishish mumkin. Ma’lumki, talabalarda
loyihalash madaniyati ular tomonidan ijtimoiy ahamiyatli faoliyat ko‘nikma,
malakalarining puxta o‘zlashtirilishini ta’minlovchi bir necha bosqichda
shakllanadi
1
. Bu bosqichlar talabalarning ichki sezgiga tayangan holda mavjud
loyihalar namunasida loyihalash (taqlid qilish darajasi)dan mustaqil ravishda
ijodiy loyihalarni yaratish (yaratuvchanlik darajasi)gacha bo‘lgan jarayonda aks
etadi.
E. Yuzlikayeva, J. G‘ulomov, M. Usmonboyeva, X. Ruzimetova,
S. Jumayevalar loyihalash madaniyati negizida aks etuvchi malakalarni shartli
ravishda ikki guruhga ajratadi. Ular loyihalash hamda ijodiy-amaliy
(konstruktiv) malakalardir
2
. Ta’limiy va tarbiyaviy masalalarga oid pedagogik
muammolar ro‘yxatini tuzish, ta’lim texnologiyalari va darsning texnologik
loyihasini ishlab chiqish, dars maqsadini asoslash, ko‘rgazmali qurollar va
yozuvlarning joylashish tartibini belgilash, topshiriqlarni yechish usullarini
1
Лукс Г. А. Социальное инновационное проектирование в региональной молодежной
политике. – Самара: Самарский университет, 2003. – С. 188.
2
Юзликаева Э. ва б. Педагогик амалиёт: тизим моҳияти ва механизми. – Тошкент:
Tafakkur, 2011. – Б. 72-73.
Do'stlaringiz bilan baham: |