D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Skeletning rivojlanishi. Odam skeleti embrionning dastlabki davrlarida yosh 
biriktiruvchi  to‗qimadan  tuzilgan  bo‗lib,  u  asta-sekin  suyakka  aylana  boradi. 
Embrion  2  oyligida  suyak  diafizida  suyakka  aylanish  nuqtalari  hosil  bo‗la 
boshlaydi.  Bola tug‗ilgandan  keyin  ikkilamchi  suyakka  aylanish nuqtalari  yuzaga 
keladi.  Shundan  so‗ng  suyakka  aylanish  jarayoni  tezlashadi.  Bolalar  suyagi 
o‗lchami,  proporsiyasi  va  tarkibi  bilan  kattalar  suyagidan  farq  qiladi.  Suyaklar  2 
xil  rivojlanadi.  Agar  suyakka  aylanish  nuqtalari  mezenxima  to‗qimasidan  hosil 
bo‗lib,  undan  to‗g‗ri  suyak  rivojlansa,  birlamchi  suyakka  aylanish  deyiladi. 
Masalan,  miya  qutisining  ba‘zi  bir  suyaklari  ana  shunday  rivojlanadi.  Ba‘zi 


28 
 
suyaklar  tog‗ay  xujayralaridan  rivojlanadi,  bunga  ikkilamchi  suyakka  aylanish 
deyiladi. Masalan, uzun naysimon suyaklar diafizi tog‗ay hujayralaridan rivojlana 
boshlaydi  va  suyak  osteoblast  xujayralari  xisobiga  o‗sib  boradi.  Bu  tipdagi 
suyakka aylanish perixondral suyakka aylanish deb ataladi. 
 
Suyak  o‗sishi  vaqtida  ichki  qismining  emirilishi  hisobiga  ko‘mik  (qizil  ilik) 
qismi shakllanadi. Uzun naysimon suyaklar epifizdagi tog‗ay qatlami tagida hosil 
bo‗lgan yangi suyak hujayralari xisobiga o‗sadi. Yangi tug‗ilgan bola skeletidagi 
suyaklar  yupqa,  egiluvchan  bo‗lib,  ba‘zi  suyaklarda  tog‗aylar,  biriktiruvchi 
to‗qimalar  bo‗ladi.  Bola  o‗sa  borishi  bilan  suyaklar  ham  eniga  va  bo‗yiga  o‗sib, 
shakllana  boradi.  Masalan,  katta  boldir  suyagining  diafizida  suyakka  aylanish 
nuqtasi  embrion  2  oyligida,  yuqori  epifizida  tug‗ilgandan  so‗ng,  pastki  epifizida 
esa 2 yoshligida hosil bo‗ladi. Bular o‗sa borib, 16-17 yoshda katta boldir suyagi 
shakllanadi. 
 
Yosh bolalar suyagi tarkibida katta odamlarnikiga nisbatan organik moddalar 
ko‗proq. Bolaning Yoshi ortishi bilan suyak tarkibidagi turli tuzlar miqdori ortadi, 
ayniqsa, kalsiy, fosforli tuzlar ko‗proq to‗planadi. Yosh ulg‗ayishi bilan, aksincha, 
mineral  tuzlar  miqdori  ortib  boradi.  Suyakning  tuzilishi,  kimyoviy  tarkibining 
o‗zgarishi bilan fizik xossalari ham o‗zgaradi. Naysimon suyaklarning ilik qismi 7-
10 Yoshgacha sekin o‗sadi. 
 
Yosh  qancha  kichik  bo‗lsa,  suyak  ustligi  suyakka  shuncha  zich  yopishgan 
bo‗ladi. Katta odamlarda esa u biroz ajralib turadi. Bolalarda suyak ustligi tagida 
osteotsit xujayralari hosil bo‗lib, ular hisobiga suyak eniga o‗sib boradi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish