D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

TANA SKELETI. 
        Tana skeleti umurtqa pog‗onasi, qovurg‗alar va to‗sh suyaklaridan iborat. 
Umurtqa  pog„onasi  yangi  tug‗ilgan  bolada  biroz  egik  yoy  shaklida  bo‗lib, 
kattalarda  S  xarfiga  o‗xshaydi.  Umurtqa  pog‗onasi  33-34  ta  umurtqaning 
qo‗shilishidan  hosil  bo‗lgan,  uzunligi  70-90  sm.  U  tananing  asosiy  o‗qi  hamda 
tayanchi hisoblanadi. Umurtqalar tog‗aylar yordamida birin-ketin segmentlar hosil 


31 
 
qilib  birikadi.  Ular  yuqoridan  pastga  5-bel  umurtqasigacha  yiriklashib  boradi, 
undan  pastga  qarab  yana  maydalashadi.  Dumg‗aza  umurtqalari  yaxlit  dumg‗aza 
suyagini  hosil  qiladi.  Dum  umurtqalari  odamda  rudiment  holda  bo‗ladi.  Umurtqa 
pog‗onasi 7 ta bo‗yin umurtqasi, 12 ta ko‗krak umurtqasi, 5 ta bel umurtqasi, 5 ta 
dumg‗aza umurtqasi va 4-5  ta dum umurtqasidan tuzilgan. 
 
Umurtqa  teshiklari  birlashib,  umurtqa  pog‗onasi  kanalini  hosil  qiladi,  uning 
ichida  orqa  miya  joylashadi.  Umurtqa  pog‗onasining  bo‗yin,  bel  qismlari  oldinga 
biroz bo‗rtib chiqqan bo‗lib, lordoz, ko‗krak va dumg‗aza qismlari orqaga bo‗rtgan 
bo‗lib, kifoz deyiladi. 
 
Bo‗yin  lordozi  bola  1,5-2  oyligida  bo‗ynini  tuta  boshlashi  bilan,  ko‗krak 
kifozi 5 - 6  oylikda bola o‗tirishi bilan hosil bo‗ladi. Bel lordozi 11-12 oylikda bola 
turishi  va  qisman  yura  boshlashi  bilan  shakllanib  boradi.  Bel  lordozi  dumg‗aza 
kifozining vujudga kelishiga sabab bo‗ladi. Ba‘zan, bola partada noto‗g‗ri o‗tirishi, 
kasallanishi,  shikastlanishi  va  mexnat  darslarida  gigiena  qoidalariga  amal 
qilmasligi  natijasida  umurtqa  pog‗onasi  yuqoridagi  tabiiy  egilishlardan  tashqari, 
yon tomonga ham egilishi mumkin. Bunga skolioz deb ataladi. Umurtqa pog‗onasi 
organizmning  o‗q  skeletidir.  Bola  qaddi-qomatining  raso  bo‗lishida,  umurtqa 
pog‗onasining  to‗g‗ri  rivojlanishida  muxim  ahamiyatga  ega.  Umurtqa 
pog‗onasidagi  aloxida  umurtqalarning  tanasi  umurtqalararo  disk  tog‗aylari 
yordamida  bir-biriga  xarakatchan  birikadi.  Umurtqalararo  tog‗aylar  egiluvchan 
bo‗lib,  bel  qismida  qalinroq  tuzilgan.  Umurtqalarning  o‗simtalari  bir-biri  bilan 
bo‗g‗im hosil qilib tutashadi. Bolalarning umurtqa pog‗onasi egiluvchan bo‗ladi. 
        Umurtqa  (vertebra)  suyak  xalqadan  iborat  bo‗lib,  yo‗g‗onlashgan  old  qismi 
uning  tanasi  xisoblanadi.  Orqa  qismi  -  ravog‗i  ingichka  yoysimon  bo‗ladi. 
Umurtqa  tanasi  bilan  yoyi  qo‗shilib,  umurtqa  teshigini  hosil  qiladi.  Umurtqa 
teshiklari  o‗zaro  birlashib,  umurtqa  kanali  yuzaga  keladi.  Umurtqa  kanalida  orqa 
miya joylashadi. 


32 
 
 
5-rasm.  Umurtqa  pog‗onasining  tuzilishi.  A-  oldi  tomonidan  ko‗rinishi.  B-  orqa  tomonidan 
ko‗rinishi, V- Yon tomonidan ko‗rinishi 
 
 
Umurtqa yoyidan 7 ta o‗simta: 1 ta orqa yoki o‗tkir qirrali o‗simta, 2 ta yon 
ko‗ndalang  o‗simta,  2  ta  yuqorigi  va  2  ta  pastki  bo‗g‗im  o‗simtasi  chiqqan. 
Umurtqaning tanasi bilan bo‗g‗im o‗simtalari orasida umurtqa kesigi bor, ularning 
qo‗shilishidan  umurtqalararo  teshiklar  hosil  bo‗ladi.  Ulardan  orqa  miya  nervlari 
chiqadi.  

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish