D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

 A                                
  B      
        
4-rasm.Odam skeletining umumiy ko‗rinishi. A. oldidan  B. orqadan ko‗rininishi 
 
Odam  tug‗ilganda  bu  kovak  qizil  ilik  (biriktiruvchi  tuqimaning  alohida  turi) 
bilan  to‗lgan,  organizm  o‗sgan  sari  bu  qizil  ilik  o‗rniga  yog‗  to‗qimasidan  iborat 
sariq ilik hosil bo‗ladi. Suyaklarning nayga o‗xshash tuzilganligi organizm uchun 
zarur  bo‗lgan  mustaxkamlikni  ta‘minlaydi.  Kalta  va  yassi  suyaklarning, 
shuningdek,  uzun  suyaklarning  uchi  kovak  bo‗lmaydi.  Bu  suyaklarning  qattiq 
modda  qavati ostida g‗ovak  modda  (ko‗mik) bor,  g‗ovak  modda  ichida  esa  odam 
umrining  oxirigacha  saqlanadigan  qizil  ilik  bo‗ladi.  G‗ovak  modda  ko‗pdan-ko‗p 
suyak  hovonlardan  iborat.  Bu  hovonlar  yuk  bosimiga  va  suyakka  birikkan 
muskullarning  tortilishiga  bardosh  beradigan  yo‗nalishda  joylashgan.  Bu  suyakni 
yengil  va  shu  bilan  birga,  mustaxkam  qiladi.  Suyakning  asosiy  qismini  suyak 
to‘qimasi tashkil etadi. 
Suyaklarning  kimyoviy  tarkibi.  Suyak  hujayralari  uzoq  davom  etadigan 
jarayonlar  orqali  bir-biri  bilan  bog‗langan.  Ular  hamma  tomondan  tarkibi  va 
joylashishi  noodatiy  bo‗lgan  suyak  atrofidagi(hujayralararo  matriks)  moddalar 
bilan  o‗ralgan.  Hujayralararo  matriks  kollagen  tolalarga  juda  boy  bo‗lib,  ular 
mineral  tuzlar  (kalsiy  tuzlari,  ayniqsa  kalsiy  fosat  va  kalsiy  karbonat)  bilan 


25 
 
boyitilgan  bo‗ladi.  Suyaklarda  suv  (22%  gacha),  organik  moddalar  (25-30%)  va 
anorganik  moddalar  (50%)  bo‗ladi.  Minerallar  kristall  shaklida  to‗planadi  va 
suyakka  o‗ziga  xos  fiziologik  qattiqlik  beradi.  U  metabolitik  jarayonlarni 
osonlashtiradigan o‗ziga xos qon-tomir tizimiga ega bo‗lib, bu suyaklarga biologik 
o‗zgaruvchanlik xususiyatini beradi. Bukilmaydigan juda qattiq suyak materiallari 
yashovchan bo‗lib, tanada stress kechayotgan paytdagi o‗zgarishlarga osonlik bilan 
moslasha  oladi.  Anorganik  va  organik  moddalar  aralashib  ketgan  va  ularni 
faqatgina mikroskopik tekshiruvlar natijasida farqlash mumkin. 
Agar  suyak  kuydirilsa,  faqatgina  anorganik  mineral  skeletonlar  qoladi  va 
suyak  mo‗rt  bo‗lib  qoladi.  Agar  suyak  kislotaga  botirilsa,  unda  faqatgina  organik 
moddalar qoladi va suyak rezinadek egiluvchan bo‗lib qoladi.
4
 
Organizmdagi  tirik  suyakning  xossalari  undagi  organik  va  mineral  moddalar 
miqdoriga  boglik;  Katta  odam  suyagida  ikki  xissa  tuz  va  bir  (2/3,  1/3)  xissa 
organik  modda  bo‗ladi.  Ana  shunday  tarkibdagi  suyak  eng  baquvvat,  shu  bilan 
birga, ma‘lum darajada elastik buladi. Odam qancha Yosh bo‗lsa, uning suyagida 
organik  modda  shuncha  ko‗p  bo‗ladi,  shu  sababdan  bolalarning  suyagi  juda 
egiluvchan  bo‗lsada,  ammo  uncha  qattiq  va  baquvvat  bo‗lmaydi.  Odam  keksayib 
borgan  sari  suyakda  tuzning  miqdori  ortib,  suyaklar  mo‗rt  (sinuvchan)  bo‗lib 
koladi. 
 
Suyaklarni  normal  rivojlantirish  va  qing‗ir-qiyshiq  bo‗lib  qolishining  oldini 
olish uchun bolalar og‗ir yuk ko‗tarmasliklari kerak. Bolalar har- xil narsalarni bir 
joydan  ikkinchi  joyga  olib  borishda  bu  narsalar  og‗irligi  ikkala  qo‗lga  baravar 
tushadigan qilib ko‗tarishlari kerak. Bolalarning partada qanday o‗tirishi ham katta 
ahamiyatga  ega,  chunki  bu  vaqtda  skeletga  zo‗riqish  tushadi.  Partada  bemalol, 
zo‗riqmay va parta suyanchig‗iga suyanib va ko‗krakni partaga tiramay o‗tirishlari 
kerak, bilaklar parta
 
ustida bo‗lishi, ikkala yelka baravar turishi, oyoqlar esa polga 
qo‗yilishi  va  tizzalar  to‗g‗ri  burchak  hosil  qilib  bukilgan  bo‗lishi  kerak.  Bu 
                                                           
4

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish