Фойдаланилган адабиётлар:
1. Портер М. Э. Конкуренция. М.: «Вильямс» нашриёт уйи,
2001. 207-бет.
3.
Самируха В.И. “Минтақада қишлоқ хўжалик кластерларини
шакллантириш”.
3. Хамзаев Б. “Ўзбекистон Республикасинининг рақамли
трансформасияси стратегияси” Т.-2021.- 90 бет.
Isxakov Abdulaxad Kayumovich
(Toshkent davlat texnika universiteti, dotsent)
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING BOSHQARUV
SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY BOSHQARUV
QARORLARNI QABUL QILISH VA UNDAN SAMARALI
FOYDALANISH YO‘LLARI
Samarali qarorlar ishlab chiqish – bozorda mahsulot raqobatbar-
doshligini ta’minlashga, oqilona tashkiliy tizimning shakllanishi, kadrlar
siyosatini to‘g‘ri amalga oshirish, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tartib-
ga solish, ijobiy imidjni yaratishning asosiy yo‘llanmasi hisoblanadi.
Qaror qabul qilishdagi muammo fundamental tavsifga ega bo‘lib, inso-
niy faoliyat doirasida qaror muhim o‘rin tutadi. Har bir muammoni hal
qilishning muayyan turlari mavjud. Muammolarning turli-tumanligi
qarorlarning turli-tumanligiga hamohang bo‘ladi. Mutaxassislar bosh-
qaruv qarorlarini quyidagi turlarga: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkura-
viy, davlat-huquqiy, strategik va taktik, global va o‘ziga xos, kontseptual
va dasturli, ilmiy asoslangan va empirik, intuitiv, eskilikka xos, qotib
qolgan va ijodiy qarorlarga ajratishadi.
Boshqaruv qarorlari tayyorlash jarayonini turli bosqichlarga
(muammoni izlash, o‘rganish, qaror yo‘llarini belgilash, muqobil qarorl-
ardan eng zarurini tanlash, qarorni bayon qilish va boshqalar) ajratish
mumkin, lekin eng asosiysi ichki va tashqi sharoit haqida ma’lumot
yig‘ish, uni tahlil qilish va ishlov berish jarayoni hisoblanadi. Qarorlar
tayyorlash va qabul qilishda zamonaviy ilmiy-texnik vositalar, hara-
97
katlar tadqiqoti usullari, tizimli tahlil, modellashtirish, axborot-kommu-
nikatsiya texnika va texnologiyalaridan foydalaniladi [1, 37 b].
Boshqaruv qarorlari qabul qilishga bunday yondashuv ushbu
hodisaning turlicha talqin qilinishi bilan bog‘liq. Berilgan ta’riflarga
ko‘ra, boshqaruv qarorlarini qabul qilish:
1) maxsus aqliy va tashkiliy «mahsulot» olishga qaratilgan
harakatlarning muayyan texnologik zanjiri;
2) konkret sub’ektlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarish usuli;
3) maqsadga erishish strategiyasi va taktikasini tuzatishni nazarda
tutadigan ixtiloflarni bartaraf etish usulidir va h.k.
Qabul qilinayotgan qarorlarning jamiyat hayotida amal qilayotgan
qonun va ijtimoiy me’yorlarga mos kelishi. Boshqaruv qarorlari
jamiyatda shakllangan ijtimoiy munosabat me’yorlari hamda normativ
aktlar tizimi doirasidan chetga chiqmasligi zarur. Boshqaruv qarorlari
qabul qilish va ularni amalga oshirish jarayonining ilmiylik, reallik,
aniqlik, muqobillik, amaliy foydalilik, samaralilik kabi talablarga javob
berishi hamda ularni nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi muhim
o‘rin tutadi. Qarorlar qabul qilishda qo‘llaniladigan texnologiya va
mexanizmlar quyidagilarga bevosita bog‘liq:
1) sifat jihatidan muayyan ko‘rinish va shaklga ega jarayonlar;
2) ushbu jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
3) mazkur jarayonlar kechayotgan soha;
4) bu jarayonlarda ishtirok etayotgan sub’ektlar;
5) turg‘un shart-sharoitlar va boshqa omillar.
Qarorlar qabul qilish bosqichidagi texnologik jarayonlar doirasida
quyidagi shaklda ish olib boriladi: vaziyatni tahlil etish yordamida
muammolarni izlab topish; muammolar mavjudligi tan olinishidan
keyingi muddatda boshqaruv organi quyidagi uch muqobillikdan birini
tanlaydi:
1) muammolarga nisbatan o‘z neytral munosabatini belgilash yoki
ularga nisbatan har qanday chora ko‘rish va xatti-harakatlar qilishdan
avval munosabatlarning nuqtai nazarini shakllantirish;
2) qaror qabul jarayonini atayin uzoqroq muddatga cho‘zish;
3) tayyorgarlik bosqichini hal etish uchun faol harakatlarni
boshlash.
Uchinchi holatda boshqaruv organi yoki korxonada xatti-harakat
qilishning bir necha variantlari mavjud: vaziyatni hal etish uchun u hech
98
bir tahlillarsiz o‘z faoliyatini boshlashi mumkin; turli o‘zaro ziddiyat-
larning yuzaga chiqishi, ularni chuqurroq o‘rganish maqsadida, go‘yoki,
xatti-harakatlarni amalga oshirayotgandek, vaqtni cho‘zish mumkin, bu
jarayonlarda muammolar va masalalar ancha ravshanlashib qolganidan
keyin ularni hal etishning foydali va samarali yo‘llarini belgilash;
muammolarni hal etishni boshqa darajalarga (masalan, fuqarolik jami-
yati institutlariga) uzatish. So‘ngra vaziyatni muvofiqlashtirish uchun
tezlik bilan chora-tadbirlar ko‘rish boshlanadi.
Boshqaruvning sifatini oshirish boshqaruv qarorlarini amaliyotga
qo‘llash jarayonida aniqlanadi. Qarorlar qabul qilishning klassik,
ma’muriy va siyosiy modellari farqlanadi. Qarorlar qabul qilishning
klassik modeli iqtisodiy qarashlar va tahlillarga tayanib ish ko‘radi.
Qarorlar qabul qilishning klassik modelida quyidagi qarashlar yotadi:
1)
qaror qabul qiluvchi shaxs oldindan belgilangan maqsadga eiri-
shishga harakat qiladi. Bunda muammolar aniqlashtirilgan va ma’lum
bir shaklga keltirilgan holda bo‘ladi;
2)
qaror qabul qiluvchi shaxs aniqlikka intiladi va barcha zaruriy
axborotlarni to‘plashga harakat qiladi. Qarorlarning barcha variantlari va
ularning ehtimoliy natijalari sinchkovlik bilan hisob-kitob qilinadi;
3)
baholash mezonlari oldindan ishlab chiqilgan bo‘lib, qaror qabul
qiluvchi shaxs korxonaning iqtisodiy manfaati nuqtai nazaridan eng
maqbul variantlarni tanlab oladi;
4)
qaror qabul qiluvchi shaxs korxonaning maqsadlaridan kelib
chiqqan holda, oqilona yo‘l tutadi va ustuvorliklarni belgilab oladi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida
quyidagi tendenstiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maq-
sadli tavsifini kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini
yaratish va boshqaruv apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan,
ortiqcha boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni
boshqarishda jamoalar rolining o‘sishi va ularning yuqori natijalarga
erishishga yo‘naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy sharoitlarining
yaxshilanishi. Bu tendentsiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv
organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo‘nalishlari ham aniqlanib,
ularga avvalo sifat ko‘rsatkichlari asos qilib olingan.
Korporativ boshqaruvning sifat darajasini yakuniy miqdoriy baho-
lash ma’lum ma’noda korxona boshqaruv tizimining unumdorlik va
etuklik kompleksli modeli hisoblanadi. Bu esa korxona etuklikning
99
qaysi darajasida ekanligini va bu korporastiya qiymatiga qanday ta’sir
etishini tushunishga imkon beradi [2, 74 b].
Respublikamizda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini
joriy etish, korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish
bo‘yicha tashabbuskorlik aksariyat hollarda davlat ishtirokidagi aksiya-
dorlik jamiyatlarida kuzatilmoqda. Bu esa, korporativ boshqaruvning
zamonaviy mexanizmlarini joriy etishning davlat siyosati darjasiga
ko‘tarilganligi bilan ham izohlanadi.
Umuman olganda, respublikamiz xo‘jalik jamiyatlarida korporativ
boshqaruvni sifatini oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida
quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Birinchidan, respublikamizda mustaqil direktorlar instituti – Ak-
siyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari assot-
siatsiyasi tashkil etilishi, kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi alohida
sertifikatga ega bo‘lishi, ular uchun doimiy malaka oshirish tizimi
tashkil etilishi kerak.
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashining audit
qo‘mitasi faqatgina mustaqil a’zolardan iborat bo‘lishi qonun normasiga
aylanishi zarur.
Bundan tashqari, mustaqil a’zolar kuzatuv kengashi umumiy
a’zolarining 1/3 qismidan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yilishi zarur.
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv
kodeksi tarkib va mazmun jihatidan tubdan takomillashtirilishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, ijobiy natijaga erishishga yo‘naltirilgan
boshqaruv - sifatli boshqaruv degani. Barqaror yuqori unumdorlikni
ta’minlash barcha boshqaruv vazifalari va biriktiruvchi jarayon kommu-
nikatsiya, qaror qabul qilish va peshqadamlikni ta’minlashga taalluqli.
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi muhim omil - korxonani bosh-
qarish ilmiga ega bo‘lish. Aksiyadorlik jamiyati unumli ishlashi uchun
boshqaruv tizimini takomillashtirish zarur. O‘sib borayotgan raqobat
sharoitida rahbariyat avval maqbul bo‘lgan qarorlar bugun nega to‘g‘ri
kelmasligini bilishi lozim. Shuningdek, boshqaruv ishi yaxshi qo‘yilgan
aksiyadorlik jamiyatila inson omilini hisobga olish, kishilar manfaatiga
e’tibor berish (ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishni bartaraf etish,
xodimlarni qaror qabul qilishga jalb etish, xizmatda ko‘tarilish dasturi
bo‘lishi, har bir ishlovchi farovonligini ta’minlashga intilish) xosdir.
100
Tezkorlik, tashkilotchilik, iqtisodiyot boshqaruvi yuqori samaradorlik-
ning muhim shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |