katalitik kreking
deyiladi.
Termik kreking jarayoni quyidagi omillarga bog‘liq: harorat,
bosim, jarayonning davomiyligi va xomashyo tarkibi. Masalan,
400°C haroratda mazutdan 30 foiz benzin ajratib olish uchun
12 soat talab etilsa, harorat 500°C gacha yetkazilganida esa
atigi 30 soniya vaqt talab etiladi.
Kreking jarayonda olingan benzinlar tarkibida ko‘p miqdorda
to‘yinmagan uglevodorodlar mavjud bo‘lib, ular neft to‘g‘ridan
to‘g‘ri haydab olingan benzinlarda bo‘lmaydi. Shuning
uchun ham kreking benzinlar saqlashda unchalik turg‘unlik
xususiyatiga ega emas va detonatsiyaga chidamliligi past.
Ularning turg‘unligi ni oshirish maqsadida ularga oz miqdorda
(foizning yuzdan yoki mingdan bir ulushi miqdorida) maxsus
antioksidlovchi suyuqliklar, ya’ni
stabilizatorlar
aralashtiriladi.
Antioksidlovchi sifatida naftol, smolalarning fenolli fraksiyalari
(240–310°C) va paraoksidifeni laminlar ishlatiladi.
Agar kreking jarayon 2–5 MPa bosim ostida va 480–500°C
haroratda amalga oshirilsa, bu jarayon
suyuq fazali kreking
deyi ladi, bosim 0,2–0,6 MPa hamda harorat 520–550°C
va undan ortiq bo‘lganida esa
bug‘ fazali kreking
deyiladi.
Bug‘ fazali jarayonda olingan benzin tarkibida to‘yinmagan
uglevodorodlar nisbatan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun suyuq
yonilg‘i (suyuq fazali jarayonga nisbatan) kam olinadi.
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekinga nisbatan
takomillashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘yinmagan
uglevodorodlar ning bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o‘tadi.
Buning natijasida kata litik kreking natijasida olingan benzinning
sifati yuqori bo‘ladi.
Katalitik kreking 450–590°C haroratda va 0,1–0,2 MPa
bosimda katalizatorlar (alumaslikatlar va boshqa moddalar)
ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan
bir marta o‘tkazishda 40–50 foiz benzin, 30–40 foiz dizel va
10–15 foiz qaz fraksiyalari olinadi.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida
ularning tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasini
pasaytirsh kreking jarayoni
reforming
(bu usul asosida ÀÈ–93
benzini olinadi) deb ataladi. Bu jarayon 460–520 °C harorat va
0,98–1,47 MPa bosimda bajariladi, bunda 70–95 foiz benzin
ajralib chiqadi. Yuqori sifatli yonilg‘ilarni olish uchun yana
bir qancha ikkilamchi jara yonlar o‘tkazilishi zarur. Buning
natijasida uglevodorodlarning tuzilishi biroz o‘zgaradi. Proliz
(aromatlash), gidroforminq, alkillash, izomenzatsiyalash va
boshqalar ikkilamchi jarayonlar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |