24
25
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash.
Neft tarkibidagi ugle-
vodorodlar turli xil fizikaviy va
kimyoviy xususiyatlarga ega
va, shu bilan birga, ularning qaynash harorati ham turlichadir.
Neftga dastlabki ishlov berish jarayoni ulevodorodlarning
qaynash haroratlari turlicha ekanligiga asoslangan. Neft
maxsus pechlarda qizdirilganida avval undan qaynash harorati
pastroq bo‘lgan uglevodorodlar, harorat ko‘tarilganidan
keyin esa qaynash harorati yuqoriroq bo‘lgan
uglevodorodlar
bug‘lanadi. Bunda ajralib chiqqan bug‘lar sovitiladi, suyuqlikka
aylantiriladi va
distillatlar
(qaynash haroratlari yaqin bo‘lgan
fraksiyalar) yig‘iladi.
Neftni haydash jarayoni uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda
bajariladi (1.1 - rasm). Bu qurilmalar umumiy texnologik
jarayonda neftning bug‘lanishi va distillatlarning fraksiyalarga
ajratilishini ta’minlaydi. Neftni haydash natijasida yonilg‘i
distillatlari va mazut olinadi.
Mazut keyinchalik kimyoviy
qayta ishlash yoki moylash materiallari olish uchun ishlatiladi.
Neft nasos
7
yordamida 1 MPa bosim bilan distillatlar
issiqlik almashtirgichlari
6
orqali (bu yerda 160–180°C
gacha qiziydi) bug‘lanish kolonasi
8
ga uzatiladi.
U yerdan
neftning yengil qay naydigan qismi balandligi 15–30 metrli
rektifikatsion kolonna
2
ga o‘tadi va asosiy qismi quvurli pech
1
ga yuboriladi. Neft bu burama pech quvurlaridan o‘tib,
330–350°C gacha qiziydi va bug‘lanadi. Burama quvurlardan
o‘tish jarayonida neftning tezligi uzluksiz oshi b boradi (agar
kirishda 1–2 m/s bo‘lsa, oxirida 60–80 m/s gacha yetadi),
bu esa neftning bir joyda nihoyatda qizib ketib fraksiyalarga
ajralib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Neftning bug‘langan va
bug‘lanmagan qismlari quvurli pechning burama quvurlaridan
rektifikatsion kolonnasiga o‘tadi. Bu vaqtda uning tezligi keskin
osha di, bosim pasayadi va qoldiq yengil fraksiyalar bug‘lanadi.
Neft bug‘lari kolonnaning yuqorisidagi
metall likobchalar
bilan ajratilgan qismiga ko‘tariladi. Kolonnaning tepasidan
(likobchalar ustiga) yengil qaynovchi fraksiyalar purkab
turiladi. Kolonnaning yuqori qismiga ko‘tarilgan neft bug‘i
va purkalgan yengil fraksiyadan iborat aralashma kolonnadan
kondensator gaz ajratgich 4 ga uzatiladi.
Bunda aralashmaning
bir qismi suyuq holatga o‘tadi, ikkinchi qismi esa gaz holatida
qoladi. Og‘irroq yonilg‘i fraksiyalari rektifikatsion kolonnadan
sovutgichlarga 3 uzatilib, ulardan yonilg‘i distillatlarining asosiy
fraksiyalari olinadi: benzinli yonilg‘i uchun 40–200°C; ligroinli
yonilg‘i uchun 120–240°C; reaktiv yonilg‘i uchun 150–360°C;
gazoyl uchun 230–360°C; kerosinli yonilg‘i uchun 150–315°C;
dizel yonilg‘isi uchun 150–360°C va solyarali yonilg‘i uchun
300–400°C. Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda 10–12 foiz
benzin, 15–20 foiz reaktiv yonilg‘i yoki kerosin, 15–20 foiz
dizel yonilg‘isi va 50 foizgacha mazut olinadi. Neft to‘g‘ridan
to‘g‘ri haydash qoldig‘i, ya’ni
mazut moylash materiallari
distillatlarini olish uchun asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Mazut quvurli vakuum isitgich
9
orqali rektifikatsion kolonna
5
ga uzatiladi. Vakuum isitgichda moyli uglevodlarni parchalanib
1. 1 - rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: