463
etuvchi tashkilotlar (mehmonxona, turbaza, motellar va h.k.). Umumiy ovqatlanish
korxonalari (restoran, kafe, oshxona va h.k.). Ekskursion tashkilotlar, tran
sport
kompaniyalari, shou, kino va video va h.k. Shunga o‘xshash tashkilotlar, sport
tashkilotlari, rekreatsion tashkilotlar. Maishiy xizmat firmalar, savdo va h.k. turli
tashkilotlar. Tur davomida turistlarga kompleks xizmat ko‘rsatishda ishtirok
etuvchi barcha korxona va tashkilotlarni turizm amaliyotida
xizmatlar yetkazib
beruvchilar deb nomlash qabul qilingan.
Turistik mahsulotni yaratish va sotishdagi turoperatorning roli haqida so‘z
ketganda xizmatlar yetkazib beruvchilarining asosiy ekanligini ham unutmaslik
lozim. Chunki, turist tomonidan mahsulotni sifatli deb tan olinishi har bir alohida
xizmatning hususiyatlariga bog‘liq.
Shuning uchun turdasturlarini tuzishida xizmatlar yetkazib beruvchilariga
alohida e’tibor beriladi va xizmatlar yetkzib beruvchilar bilan ishlashda:
•
hamkor tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning
sifatiga jiddiy
yondashuv. Shuningdek ushbu firmaning bozordagi obro‘yini inobatga
olish;
•
mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, transport xizmatlari
turi va darajasining konkret tur mo‘ljallangan
turizm turi va
iste’molchilarning ijtimoiy bo‘g‘iniga muofiqligi;
•
hamkorlik bo‘yicha shartnomaviy hujjatlashtirishga jiddiy va e’tiborli
yondashuv chunki bu kelajakda firma obro‘ysiga ta’sir ko‘rsatish
mumkin.
Istqbolli hamkorni topish uchun u yoki bu mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan
ko‘p sonli firmalar ichidan siz bilan hamkorlik qilishga qiziqayotgan va sizning bu
boradagi talablaringizga javob bera oladigan firmani tanlashingiz lozim. Qidiruvda
siz turli ma’lumotnomalar, internet va h.k. kommunikatsiya vositalaridan
foydalanishingiz mumkin. Xizmatlar yetkazib beruvchilari bilan maxsus
ko‘rgazma, yarmarka va h.k. aloqa o‘rnatish odatiy usullardan biridir. Xizmatlar
yetkazib beruvchilar hududiy
qiziqish, turizm turi, dasturning tarkibi, shuningdek
iste’molchilarning yoshi ijtimoiy va iqtisodiy segmentlari bo‘yicha tanlanadi.
Undan tashqari firmaning obro‘yi va kasbiy sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Taklif etilayotgan xizmatlar paketining joriysi uchun qo‘yidagi xizmatlar
yetkazib beruvchilar zarur:
-
Yuqori darajali mehmonxona, qo‘lay avtobuslar va turistlarga ijaraga berish
uchun mashinalarga ega transport kompaniyalari. Yuqori darajali, taomni
xonaga yetkazib berish va menyuni turistlar bilan
kelishish imkoniyatini
beruvchi restoran;
-
guruhli va individual ekskursiyalarni tashkil etuvchi va yuqori darajadi
gidlarni taqdim eta oladigan ekskursion tashkilotlar;
-
teatr-manzarali tashkilotlar, tungi klublar,
akvapark, tabiiy va tematik
parklar, baliq ovlash xo‘jaliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: