477
- mehmonxona nomerlari;
- hayot xavfsizligini ta’minlash tizimi;
- qulaylik darajasi;
- asosiy, qo‘shimcha va yordamchi xizmatlar;
- personallar malakasi va boshqalar.
Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy
belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar
barcha zaruriy
xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona (nomer)
va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay talab
qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari
mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va
maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish keng tarqalgan. Bu
klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel
kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir
mehmonxonaga razryad berildi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer
fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti,
shuningdek shinamlik darajasi, asosiy
assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis
madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar
tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida
erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat
ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga
imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat
investitsiyalari va soliq
miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi
sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi.
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi
butun jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida
bunday turdagi klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispaniyada
mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib
chiqish predmeti
bo‘lib hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar (jumladan Shveysariya)da ular rasmiy
harakterga ega emas, balki mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib
olinadi. Bundan tashqari ko‘pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va
ittifoqlar o‘z klassifikatsiyalariga ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‘p. Shu
jumladan, yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), harflar tizimi (A-V-S-O), «toj» yoki
«kalitlar», ballar va boshqalar. Ularni faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari,
balki xizmat ko‘rsatish standartlari bilan ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning
tarixiy madaniy xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan
uzviy bog‘liqdir.
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi.
Ular yil davomida
70-90 % yuklanishni ta’minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab
va servis darajasini belgilaydilar.
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi,
boshqa
binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi
uchun jihozlangan binolar borligi, ularga xizmat ko‘rsatish qanday yo‘lga
qo‘yilganiga qarab otellar yulduzli klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi.
Mehmonxona korxonalarini yulduz bilan ajratish eng ko‘p tarqalgan lekin u ham
universal emas. Misol uchun, Ispaniyada birdan besh
yulduzagacha mehmonxona
kategoriyalari belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlisi
alohida ajratilgan. Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada ham amal qilinadi:
478
yulduzsiz, birdan to‘rt yulduzgacha va to‘rt yulduz «lyuks». Vengriyada otellar esa
besh razryadga ega bo‘lib u birdan besh yulduzgachadir.
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning
ekspluatatsiya holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar
klassifikatsiyasi harakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi
tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Mehmonxonalar o‘rtasida jihozlanishi va ko‘rsatayotgan xizmatlari
xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. Ya’ni ular
apart-otel (kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan
birga va boshqalar.
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort)
klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq
bo‘ylarida joylashgan. Tropik bog‘lar va parklar ko‘rinishidagi
yam-yashil
daraxtlarga burkangan «risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi
otellarga tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi.
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish
(«shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish,
shuningdek samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va
uncha qimmat bo‘lmagan dam olish a’lo darajada transport xizmati ko‘rsatish bilan
uyg‘unlashib ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin.
Shuningdek boshqa qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‘rta xol
sayyohlar uchun yanada jozibador qiladi.
Mulkchilikka munosabat o‘zgarishi kondominium tizimida o‘z aksini
topgan. Ya’ni bir necha shaxs birgalikda bitta mulkni egallaydi. Bu g‘arbda keng
tarqalgan va mamlakat turistik bozoriga taymsher ko‘rinishida kirib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: