464
Tayanch so‘z va iboralar
:
turistik xizmatlar, xizmat ko‘rsatish darajasi,
xizmatlar paketi, buyurtmali turlar, inklyuziv turlar, xizmat ko‘rsatish dasturi.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Turistik xizmatlarning xususiyatlarini aytib o‘ting?
2. Xizmat ko‘rsatish darajalarini aytib o‘ting?
3. Xizmatlar paketini xususiyatlari nimada?
4. Xizmat ko‘rsatish dasturi deganda nimani tushunasiz?
5.Xizmat ko‘rsatish dasturini tuzish tartibi haqida so‘zlab bering?
6. Turlarni tashkil qilish texnologiyasi nima bilan aniqlanadi?
7. Optimal xizmat ko‘rsatish dasturi deganda nimani tushunasiz?
V.Mavzu.Turistlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
Reja:
5.1. Turxizmatlarni loyihalash.
5.2. Xizmat ko‘rsatish strategiyasi va menejmenti.
5.3. Xizmat ko‘rsatish animatsiyasi.
5.4. Xizmat ko‘rsatish sifati va uni boshqarish yo‘llari.
5.1.Turxizmatlarni loyihalash.
Xizmatlarni loyihalash uchun asos bo‘lib uning qisqacha ta’rifi
xizmatlar
bozorini tadqiq qilish natijasida olingan va xizmatlar ijrochisining imkoniyatlarini
inobatga olgan holda buyurtmachi bilan kelishilgan talablar to‘plami hisoblanadi.
Xizmatlar tavsifi tegishli xizmat turiga bo‘lgan davlat standarti talablaridan past
bo‘lmasligi lozim. Loyihaga xizmatlar iste’molchilari va ularning mulklariga
bo‘lgan xavf xatarni kamaytirish, ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha konkret
talablarni kiritish lozim.
Har qanday xizmatlarga bo‘lgan turistlar talabining ifodalovchi hujjatlar
o‘zida qo‘yidagilarni saqlashi lozim:
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish usullari, shakllari va jarayonlarining bayoni;
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tavsifi;
•
zarur xodimlar soni va ularning kasbiy tayyorgarligi;
•
xizmat ko‘rsatishni ta’minlashning
kafolati;
•
rekreatsion resurslar mulkdorlari, sanitar-epidemiologik nazorat
organlari, yong‘in nazorati va h.k. lar bilan kelishuv.
Xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalash xizmatlarni taqdim etishning alohida
bosqichlari va ularning har biri uchun alohida texnologik haritalarni tuzish bo‘yicha
amalga oshiriladi.
Turni loyihalashning natijasi bo‘lib, texnologik hujjatlashtirish hisoblanadi.
(texnologik haritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va h.k.)
“Turistik sayohat” xizmatini loyihalash 2 bosqichni ko‘zda to‘tadi.
1) Turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq “turistik sayohat”
xizmatiga kiruvchi har bir turni loyihalash.
2) “Turistik sayohat” xizmatini umumiy ravishda loyihalash.
Turist talablariga binoan xizmatlarni loyihalashda xizmatni ijro etuvchi
465
tashkilotlarning imkoniyatlari inobatga olinishi lozim. “Turistik sayohat”
xizmatining qisqacha tavsifi ma’lum hududdagi
rekreatsion resurslar
imkoniyatlarini o‘rganish, aholi ehtiyojlari va to‘lov qobiliyatini, hamda turistik
sayohatlar turiga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida tuziladi. Tavsif turistlarga
xizmat ko‘rsatish dasturi loyihasida aniqlashtiriladi. Xizmat ko‘rsatish
dasturini
ishlab chiqishda qo‘yidagilar aniqlab olinadi:
•
sayohat marshruti;
•
xizmatlar ijrochilari-turistik tashkilotlar ruyxati;
•
har bir xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xizmatlarni taqdim etish davri;
•
ekskursiyalar va diqqatga sazovar ob’ektlar tarkibi;
•
bo‘sh vaqt tadbirlari kompleksi;
•
marshrut har bir punktiga tashrifning davomiyligi;
•
sayohatda ishtirok etuvchi turistlar soni;
•
ichki tashuvlarga mo‘ljallangan transport turlari;
•
gidlar, ekskursiyachilar, chet ellik vakillar yo‘riqchilar, tarjimonlar
shuningdek ularning tayyorgarligiga bo‘lgan talab;
•
transport vositalarining zaruriy miqdori;
•
reklama axborot vositalarini tayyorlash tartibi.
Turni loyihalashning natijalari bo‘lib:
•
turistik sayohatning texnologik haritasi;
•
tashkilotning yuklanish grafigi;
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi.
Turistik xizmatlarga bo‘lgan talablar:
Majburiy xayot va sog‘liq, mol-mulk xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi;
Tavsiya etiladigan vazifaga muvofiqlik, bajarishda
tezkorlik va aniqlik,
komplekslik xizmat ko‘rsatuvchi persanalning aholi qo‘laylik erganomlik,
estetiklik.
Vazifaga muvofiqlik.
Turistik xizmatlar ular yo‘naltirilgan iste’molchilarning
jismoniy imkoniyatlari va umidlariga muvofiq kelishi lozim.
Bajarishda tezkorlik va aniqlik. Taqdim etilayotgan xizmatlar xajmi, muddati
va xizmat ko‘rsatish shartlari yo‘llanma chipta, kvitansiya va h.k. ko‘rsatilganlarga
muvofiq bo‘lishi kerak.
Komplekslik.
Xizmatlarni taqdim etish turistlarning normal xayot kechirish
uchun qo‘shimcha xizmatlar (maishiy, aloqa, savdo va h.k.) olish imkonini
ta’minlash lozim.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ahloqi. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xulq
atvorning ahloqiy normalariga rioya qilish lozim. Iste’molchiga xizmat ko‘rsatish
xodimning xushmuomila, do‘stona va kommunikabellik
munosabatlari
kafolatlanishi lozim.
Qulaylik.
Turistik xizmatlar iste’molchilar uchun yaratilgan qo‘lay
sharoitlarda taqdim etilishi lozim.
Estetiklik turistik tashkilotlar xududi, turistik maqsadlarda foydalaniladigan
ob’ektlar, binolarning ko‘rkamligi dizaynining mukammalligi. Xizmat ko‘rsatuvchi
binolar intererining ko‘rkamligi, hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimning tashqi
ko‘rinishi va muomala madaniyati estetik talablarga javob berish lozim.
Erganomiklik xizmat ko‘rsatish davomiylik
turistik va ekskursion
marshrutlarning murakkabligi, turistlarga taqdim etiladigan asbob-anjomlar,
466
foydalaniladigan transport vositalari, mebel va h.k.
turistlarning fiziologik va
psixologik imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. Xizmatlarni loyihalashda
turistlarga xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish usullarini inobatga olish lozim.
Sifat nazoratini loyihalash o‘z ichiga
:
•
xizmatlar tavsifining xatolarini tuzatish usullarini aniqlash,
•
nazorat qilinayotgan tavsiflarni baholash usullarini aniqlash,
•
nazorat usullari: vizual (marshrutlar va ob’ektlarni ko‘zdan kechirish);
analitik (hujjatlar tahlili); ijtimoiy (turistlar so‘rovi) va h.k.
Xizmatni loyihalashning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, loyihani tahlil qilish va
buning natijasida xatolarni topish va bartaraf etish hisoblanadi.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni va loyihalangan turistik xizmatlar
hujjatlarini turistik tashkilot rahbari buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
Loyihada o‘zgarishlar faqat buyurtmachi bilan kelishilgan holda va faqat
asoslangan hollardagina tur tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: