Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

 
Tayanch so‘z va iboralar

turistik bozor,
 
turistik xizmat, turistik talab, 
turistik taklif, ommaviy turistik bozor, mashhur turistik bozor, individual 
turistik bozor, ta’sir kiluvchi asosiy omillar. 
 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
 
1.Turistik bozorning funksiyalari va tarkibini ayting. 
2.Turizm bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni sanab bering. 
3.Ommaviy turistik bozorni tushuntiring

4.Individual turistik bozorni tushuntiring. 
5.O‘zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning 
muammolarini tahlil eting. 
IV.Mavzu.Turizmda xizmatlar va ularning xususiyatlari 
Reja: 
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari
4.2.Xizmat ko‘rsatish darajalari (klasslari). 
4.3.Xizmatlar paketi. 
4.4.Xizmat ko‘rsatish dasturi. 
4.5.Xizmat yetkazib beruvchilar. 
4.1.Turistik xizmatlarning xususiyatlari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit sharoiti 
tashqarisida bo‘lib qoldilar, chunki oldin yagona tovar bo‘lib moddiy 
mahsulot, aniqrog‘i uning torgina qismi – xalq iste’moli tovarlari hisoblanar 
edi. Yangi munosabatlar kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. 
kabi bozorning yangi segmentlarini o‘zlashtirishni talab etadi.Chet elda 


356
xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan biri 
hisoblanadi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotida 
xizmatlar ulushi 60 foizdan ham oshadi. O‘zbekistonda turizm bozorini 
o‘rganish va rivojlantirish uchun, avvalo turistik xizmatlarning mohiyatini 
aniqlash zarur. 
Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va 
iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda 
iste’molchi ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi 
hisoblanadi. Bu tushuncha o‘z tarkibiga qo‘yidagilarni qamrab oladi: 
1.
Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri; 
2.
Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, 
ma’lum ishlarni bajarish); 
3.
«Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» 
ko‘rinishidagi ushbu faoliyat natijalari. 
Boshqa istalgan xizmat turlari kabi turistik xizmatlar o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan farqlanadi, buni shartli ravishda «uchta S » bilan 
belgilasak u qo‘yidagi xolatda bo‘ladi: 

Sezilmaslik.
Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib hisoblanmaydi. 
Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki 
iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, 
intelletual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro 
etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash 
mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi 
hisoblanadi (turist); 

Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi
. Xizmatlar iste’molchi va 
ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik 
xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel 
ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tavarlarni ishlab chiqarish, 
uni sotuvidan oldin bo‘ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni 
boshlanadi; 

Saqlanmaslik
. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin 
emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq 
qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik 
xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab 
va taklifni mo‘tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‘lmaganga 
qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas. 

Turistik xizmatlar tarkibida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bilan 


farqlanadi. Turistik korxonalar ko‘rsatadigan asosiy xizmatlarga qo‘yidagilar 
kiradi: 

Tashishni tashkil etish bo‘yicha xizmatlar; 

Joylashtirish; 

Turistlarni ovqatlantirish; 
Turistik korxonalar ko‘rsatadigan qo‘shimcha xizmatlarga qo‘yidagilar 


357
kiradi : 

Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‘yicha xizmatlar; 

Turistlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar; 

Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon
xizmatlari; 

Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan 
joyigacha -mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‘yicha, hamda 
sayohat shartlarida ko‘zda to‘tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan 
joyidan) istalgan boshqa tashishlar bo‘yicha xizmatlar; 

Texnikani ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar; 

Prokat bo‘yicha xizmatlar; 

Valyuta ayirboshlash; 

Telefon xizmati; 

Pochta xizmati; 

Maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatlari; 

Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k. 
Shunday qilib O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va 
rivojlantirish jarayonida, kelgusida turizmni asl mohiyatini belgilovchi 
qo‘yidagi uchta jihatlarni hisobga olishni xozirgi davr talab qilmoqda: 

dam olish va ko‘ngil ochar faoliyat sifatida; 

bevosita turizmga xizmat qiluvchi tarmoqni qamrab oluvchi biznes 
sifatida; 

turizm bozoriga yo‘naltirilgan moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish tarmog‘i korxonasining faoliyati sifatida. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish