O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

Sug„orish usullari va texnikasi
.
Hozirgi vaqtda egatlab, yomg„irlatib va 
tuproq ostidan sug„orish usullari mavjud. 
G‘o‘zani egatlar orqali sug‘orish. 
Fermer xo„jaliklarida suvni egatlardan 
jildiratib oqizib, shimdirib sug„orish usuli keng qo„llanilmoqda.
 
Egat orqali sug„orishni amalga oshirish uchun chigit ekish tugashi bilan har 
bir 
dalada 
o„qariqlar olinadi. 
Sug„oriladigan 
maydonlarning 
yuqori va pastki qismlarini bir tekis 
namlanishiga erishish uchun erning 
qiyaligi past-balandligi va tuproq 
tipini e‟tiborga olgan holda egatlar 
uzunligini to„g„ri belgilash katta ahamiyatga ega. 60 sm lik qator oralig„idagi 
maydonlarda o„qariqlar orasi 80-90 metr, 90 sm lik qator orasida esa 100-120 
metrdan oshmasligi kerak. O„qariqlar olingandan so„ng katta kesaklar maydalanib, 
uning chetlariga chigit ekiladi, shunda to„liq gektar hosil qilinadi va maqbul 
ko„chat qalinligiga erishilib, erdan unumli foydalaniladi. 
Asosiy o„qariq g„o„za egatlariga ko„ndalang ravishda olinib, uning shox 
arig„idan 8-10 ta egatga suv taraladigan qo„shimcha ariqlar olinadi va egatlarga bir 


94 
xilda suv taqsimlanishiga erishiladi. Qiyaligi kichik bo„lgan maydonlarda 
egatlarning pastki qismi bir-biri bilan tutashtirilib, oqovasi chiqib ketmaydigan va 
egatlar chuqur (18-20 sm gacha) olingan holda sug„orilishi kerak.Bunda 
quyiladigan suv egat bag„rining uchdan ikki qismidan ortmasligi hamda taralgan 
suv miqdori tuproqning suv o„tkazuvchanligiga qarab o„zgartirilishi lozim.
Qiyaligi o„rtacha bo„lgan maydonlar egatlarning pastki qismidan oqova suvi 
chiqib ketadigan qilib sug„oriladi. Egatlarning uzunligi va har bir egatga 
taraladigan suv miqdori tuproqning suv o„tkazuvchanligiga va maydonning 
qiyaligiga qarab belgilanib, suv, egatning ¾ qismiga etguncha 60 sm lik qator 
orasida 0,35-0,40 l/sek, 90 sm lik qator orasida esa 0,45 -0,50 l/sek, egatlarning 
qolgan qismini sug„orish uchun 0,15-0,25 l/sek atrofida tanlanadi. Suv egat oxiriga 
etgach 0,08-0,10 l/sek gacha kamaytirilib, shu miqdorda oqib turishini ta‟minlash 
kerak. Oqovaga chiqayotgan suvni imkon qadar kamaytirish hamda uning 
miqdorini quyilayotgan suvning 10-15 foizidan oshmasligiga erishish darkor. 
G„o„zani to„g„ri va sifatli sug„orilishi ustidan doimiy nazorat o„rnatilganda, 
maydon boshidan oxirigacha bir tekis va yaxshi namlanadi. 
Tajribalardan ma‟lumki, har bir egatga suv tarab sug„orishga nisbatan egat 
oralatib sug„orish texnologiyasi ancha afzal. G„o„za egat oralatib sug„orilganda 
ko„saklarning ochilishi tezlashadi, hosildorlik oshadi, tola va chititning sifati 
yaxshilanadi. Egat oralatib sug„orishda suvni iqtisod qilish maqsadida egatlar 
o„rnini almashtirish, ya‟ni navbatlab sug„orishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu 
texnologiyaning afzalligi shundaki, har bir suvdan keyin kultivator bir vaqtda suv 
yurgan qatorni yumshatib, suv yurmagan qatorda egat olib (keyingi suvga 
tayyorlab) ketadi. Kultivatorga yumshatkich va egat ochkich o„rnatiladi. Ularning 
o„rni har suvdan keyin o„zgartiriladi. 
Tuproqqa kombinatsiyalashtirilgan ishlov berishda odatdagi texnologiyaga 
nisbatan ishlov berish soni kamayadi. Bunda yoqilgi kam sarf bo„lib, tuproq kam 
zichlashadi, traktorning va kultivatorning ishlash muddati uzayadi. 
Suv tanqisligi sharoitida mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish 
maqsadida egat orqali sug„orishning resurstejovchi texnologiyasi ishlab chiqilgan. 


95 
Bu texnologiyada g„o„za qator oralari qora polietilen plyonka bilan mulchalanib 
sug„oriladi. Bunda plyonka dala uzunligi bo„ylab egat oralatib to„shalib, har 1,0-
1,2 metr masofada diametri 6 mm ga teng sug„orish teshikchalari ochiladi. Suv 
ham egat oralatib oqiziladi. Mazkur texnologiyani qo„llash natijasida egatlar bir 
tekisda namlanadi, tuproq namligining bug„lanishi kamayadi, plyonka ostiga 
quyosh nuri tushmasligi sababli begona o„tlar nobud bo„ladi, tuproq unumdor
(0-50 sm) qatlamining sifatli namlanishi hisobiga ildiz tizimi jadal rivojlanadi, 
sug„orish suvi 35 foizgacha tejaladi, paxta hosildorligi 20 foizgacha oshadi. 
G‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish.
 
YOmg„irlatib sug„orish maxsus injenerlik 
qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur qurilmalar borib-kelib 
sug„oruvchi, o„z o„qi atrofida aylanuvchi, dalaga muqim o„rnatiluvchi kabi 
ko„rinishlarda bo„ladi (5.6.2-rasm). 
XX-asrning 50-70 yillarida DDA-100 M tipidagi yomg„irlatish mashinalari 
keng qo„llanilgan. Ilgarilanma harakatlanuvchi “Voljanka” (Qashqadaryo 
viloyatida) va aylanma harakatlanuvchi “Fregat” (Jizzax viloyati Arnasoy 
tumanida) yomg„irlatish mashinalari amalda sinab ko„rilgan. Keyinchalik Toshkent 
va Sirdaryo viloyatlarida keng elkali “Kuban” yomg„irlatib sug„orish 
mashinalaridan foydalanilgan. Tajribalarda bunday mashinalar 60-80 gektardan 
kam bo„lmagan to„rtburchak shakldagi paxta maydonlaridagina yaxshi samara 
berishi isbotlangan. 
Olimlar tomonidan mamlakatimiz sharoitida 350 ming gektarga yaqin 
maydonda yomg„irlatib sug„orish usulini qo„llash mumkinligi aniqlangan hamda 
keng elkali va statsionar tipdagi uskunalardan foydalanish tavsiya qilingan. 
YOmg„irlatib sug„orish usulini keng qo„llasa bo„ladigan hududlar sifatida Jizzax, 
Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi maydonlar ajratib ko„rsatilgan.
G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish.
 
Suv tejovchi texnologiyalar orasida 
tomchilatib sug„orish usuli suvni kam ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi. Bu 
usulda suv shlanglar yordamida bevosita ekinning ildiz qatlami yaqinida 
joylashgan tomizgichlarga ma‟lum bosim ostida etkazib beriladi. Bunday 
sharoitda suv ham, oziqa moddalar ham behudaga sarf bo„lmaydi (5.6.3-rasm). 


96 
Tomchilatib sug„orilganda dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda 
namlanadi, tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi, ildiz qatlamining namligi 
bir xilda ushlab turiladi va ekin o„z energiyasini hosil to„plashga sarflaydi. Bu usul 
boshqa sug„orish usullariga nisbatan hosildorlikni ortishi va hosil sifatini 
yaxshilanishi, suv, mehnat va boshqa resurslar sarfi kamligi bilan ahamiyatlidir. 
Tomchilatib sug„orishda suvning tuproqqa shimilib isrof bo„lishi, dalaning oxirida 
oqovaga tashlanishi bartaraf qilinadi. Natijada 20-50% suv tejaladi. 
Tomchilatib sug„orilganda tuproq qotmaydi va kultivatsiya qilinmaydi
o„g„itlar suv bilan birga berilganligi bois mavsum davomida dalaga texnika kam 
kiradi. Tomchilatib sug„orishni quyidagi holatlarda ham bemalol qo„llash mumkin: 
murakkab relefli va nishabligi katta uchastkalarda; suv resurslari o„ta taqchil 
bo„lgan hududlarda; tuproq qatlami yupqa va suv shimilishi yuqori bo„lgan 
maydonlarda; suvni etkazib berish qimmatga tushadigan (suv nasoslar yordamida 
etkazib beriladigan) hududlarda; kam debetli suv manbalaridan (quduq va 
buloqlardan) sug„oriladigan hududlarda; ekinlarni sug„orish uchun tozalangan 
chiqit suvlarini ishlatish rejalashtiriladigan sharoitlarda. 
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan 
olib borilgan tadqiqotlar natijalarini ko„rsatishicha, turli xil ekinlarni (paxta, meva, 
sabzavot) etishtirishda tomchilatib sug„orish usuli qo„llanilganda xuddi shu 
dalalarni odatdagi egatlab sug„orishga nisbatan 30-50 % gacha kam miqdorda suv 
ishlatilgan. SHuningdek mazkur dalalarda hosil etishtirish uchun sarflangan o„g„it 
(30-40 %), mehnat va moddiy resurslar (30-40 %) xarajatlarini ham tejalishiga 
erishilgan. 
АҚШ Туркия Ўзбекистон 
5.6.3-расм. Томчилатиб суғориш ускуналари ѐрдамида суғорилган пахта далаларининг 
кўриниши 


97 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish