Hamkorlik ta’limining
mohiyati o‘qituvchi va o`quvchilarning ta’lim jarayonida
birgalikda ishlashlari, bir-birlarini chuqur tushuna olishlari, bir-birlariga nisbatan yaqinlikni his
qilishlari, ta’lim maqsadiga erishganlik natijalarini hamkorlikda tahlil qilishidan iborat.
Individual ta’lim
o‘qitishning eng qadimgi turi hisoblanadi. Hayotiy tajribalarni
ajdodlardan avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatda yuzaga kelgan. Yozuv paydo bo‘lishi bilan
qavm boshlig‘i turli belgilar yordamida o‘zining tajribalarini yoshlarga o‘rgatgan. O‘qituvchi va
o`quvchining bevosita va individual aloqasiga misol sifatida repetitorlikni ko‘rsatish mumkin.
O‘qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o‘rta asrlarda yagona usul bo‘lgan,
undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.
Faol o‘qitish (
yoki interfaol ta’lim) ta’lim tizimida tobora ommalashayotgan ta’lim turi
sanaladi. U ta’lim subyektlari – o‘qituvchi, o`quvchi va o`quvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga
keluvchi hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida
tashkil etiladi. Shuningdek, o`quvchilarda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini erkin ifodalash,
muammoli vaziyatlar yechimlarini birgalikda izlash ko‘nikma, malakalarini shakllantiradi.
Interfaol ta’lim jarayonida bahs-munozara, muammoli vaziyat, trening, debat, intervyu, taqdimot
namoyish va o‘yin texnologiyalaridan maqsadli foydalanish kutilgan natijani beradi.
Muammoli ta’lim
zamonaviy ta’lim mohiyatini aks ettiruvchi ilg‘or PT hisoblanadi.
Undan ta’lim amaliyotida foydalanish talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga
oshirish, ilmiy farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash va ma’lum xulosalarga kelish kabi
ko‘nikma, malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Talabalarga pedagogik faoliyatni tashkil
etishga oid topshiriq va masalalarni tavsiya etish ularda bilish faolligi va ijodiy qobiliyatni
shakllantiradi. Ta’limning bu turida muammoli topshiriqlar, shuningdek, muammoli pedagogik
vaziyatlarni hal qilish metodi faol qo‘llaniladi.
Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan o‘qitish) harakat (operasiya)lar ketma-ketligi tizimini
ifodalovchi, ularni bajarish ilgaridan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan
kelib chiqadi. Ushbu ta’lim turining maqsadi o`quv jarayonini boshqarishni yaxshilashdan iborat.
Unga ko‘ra o‘qitish murakkab dinamik tizim sifatida qaraladi. Dasturiy ta’lim yangi didaktik,
psixologik va kibernetik g‘oyalar asosida XX asrning 60-yillari boshlarida yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |