2. Dars turlari va tuzilishi Nostandart darslar


Zamonaviy darslarning yordamchi turlari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana18.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#823666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6 (3)

Zamonaviy darslarning yordamchi turlari 
 
 
 


sinfda bajarilgan ishlarning tabiiy davomi bo‘lib, u o‘kuvchilarda mustakillikni tarbiyalashning 
yetakchi shakli sanaladi.Uy vazifalari o‘kituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning 
ko‘rsatmalariga ko‘ra bajariladigan amaliy va nazariy topshiriklardir. Uy vazialari kuyidagi 
pedagogik talablar asosida tashkil etiladi: 
—o‘kuvchilarda uy vazifalarini bajarishda ishtiyok, xavas, kizikishlarni oshirish. Buning uchun 
uy vazifalarining maksadi, ularning axamiyati tushuntiriladi, sinfda va uyda bajariladigan ishlar 
o‘rtasida vorislik o‘rnatiladi; 
—uy vazifalarini bajarishini nazorat etish, bolalarni ragbatlantirish, eng yaxshi bajarilgan uy 
ishlarini namuna kitshb ko‘rsatish yo‘llari bilan bolalarda uy vazifalarini bajarishga javobgarlik 
xissini tarbiyalanadi; 
—uy vazifalarini asta — sekin murakkablashtirib borish, ularning optimal kiyinligini ta’minlash; 
—uy vazifalari turlarini o‘zgartirib turish; 
—o‘kuvchilarni uy vazifalarini bajarishga tayyorlash. Buning uchun uy vazifasini bajarish 
maksadi tushuntiriladi, zarur ko‘rsatmalar beriladi. 
—uy vazifasini bajarish uchun gigiyenik talablarga javob beradigan sharoit yaratish. 
O‘quvchilarda kuzatish, fakt to‘plash va ularni taxlil qilishga oid ko‘nikmalarni 
rivojlantirishda o‘kuv ekskursiyasining axamiyati katta. Ukuv ekskursiyalari o‘kuv dasturlarida 
ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yoki bu o‘kuv predmeti uchun ajratilgan vakt doirasida o‘tkaziladi. 
Ekskursiya o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda kuzatish, ta’limning xayot, ijtimoiy ishlab 
chikarish bilan boglanishning yetakchi shakli sanaladi. Ekskursiyaning tarbiyaviy axamiyati xam 
katta, uning vositasida bolalarda jamoatchilik, vatanparvarlik, estetik tarbiya amalga oshiriladi. 
O‘quv ekskursiyalari to‘rt tomonlama tasnif etiladi: o‘quv predmetlariga ko‘ra, ta’lim 
jarayonidagi o‘rniga ko‘ra, tarkibiga ko‘ra, ajratilgan vaktga ko‘ra. 
O‘quv predmetlariga ekskursiyaning kuyidagicha turlari farklanadi: ona tilidan lingvestik 
ekskursiya tarixdan tarixiy obidalarga ekskursiya, fizika va ximiyadan zavod va fabrikalarga 
ekskursiya, tabiatshunoslikdan tabiatga ekskursiya. 
Ta’lim jarayoni o‘rniga ko‘ra ekskursiyaning kuyidagi turlari ajratiladi: kirish 
ekskursiyalari - o‘kuv predmetiga oid faktlar to‘planadi, joriy ekskursiya - o‘kuv predmetini, 
uning biror bo‘limini o‘rganish bilan bilan alokador ekskursiya. Ekskursiyaning bu turi o‘kuv 
predmetiga oid ekskursiya. Bunday ekskursiya materiallari googrfiya, biologiya, fizika kabi 
kator o‘kuv predmetlari bo‘yicha to‘planadi. Ajratilgan vaktga ko‘ra ekskursichning ikki turi 
farklanadi: kiska muddatli ekskursiya - M: biologiyadan «gulning tuzilishi» temasini o‘tishdan 
oldin maktab bogiga kiska muddatli ekskursiya o‘tkazish, yerga tushgan gullarni to‘plash, dars 
paytida ulardan jonli material sifatida foydvalaniladi: uzok muddatli ekskursiyalarga bir kun, 
xatgo o‘kuv xaftasi ajratilishi mumkin.
V.Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati. 
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. 
Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o`quvchilar 
imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq 
sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o`quv jarayonini tashkil 
etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir. 
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, 
bashoratlash, loyihalash (rejalashtirish). Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi 
bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak 
mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni 
ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi. 


Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis 
didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. 
Unda o`quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va 
layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o`quv materialining xususiyati, uning 
amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, 
bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan 
mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalash (rejalashtirish) o`quvchilarning o`quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, 
u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va 
aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va 
qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, 
oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha 
qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning 
an’anaviy rejasidan boshqaruv ta’sirning aniq va tushunarli bo‘lishi bilan farqlanadi. 
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy 
qismi sifatida qaraladigan, o`quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Mustaqil uy ishlarining 
asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, 
chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o`quvchilarning individual layoqati, 
iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o`quv dasturi talablari, o`quvchilarning 
qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. 
O`quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda 
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o`quv 
materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini 
shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish 
asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy 
namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o`quv 
qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish