Darsga tayyorgarlik



Download 22,59 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi22,59 Kb.
#834912

Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog’liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.


O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko’zga tashlanadi: tashhislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). SHu bilan birga o’qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o’z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo’lajak mashg’ultning algoritmlari, samaradorligi bog’liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashhis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o’zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi.

Bashoratlash bo’lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.

Loyihalashtirish (rejalashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o’zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so’rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg’ulot keyingi bosqichiga qanday o’tish, oldindan ko’zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo’yicha qayta o’zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta’sir ko’rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.
1-sinfdan boshlab o’quvchilar atrof olam bilan tanishishga bog’liq ijodiy ishlar uchun daftar tutishlari kerak. Bu ularga kuzatuvchanliklarini rivojlantirishga va tabiat to’g’risidagi bilimlarini sistemalashtirishga yordam beradi. Daftarlarda asosiy o’rinni ko’pincha o’quvchilarning uy vazifasi sifatida mustaqil chizgan rasmlari egallaydi.

Rasm chizish yoki savollarga javob tarzida yozuvlar qilish uchun o’quvchilar materialni oldindan o’zlashtirgan bo’lishlari kerak. Birinchi yarim yilida o’quvchilar hech narsa yozmaydilar, faqat rasm chizadilar, o’quv yilining ikkinchi yarmida ular shu rasmlar ostida qisqacha yozuvlar qiladilar. Xat-savodga o’rgatishning alifbe davrida o’quvchilar park va xiyobonlarning daraxtlari bilan tanishish maqsadida o’tkazilgan ekskursiyadan keyin har xil shakldagi barg plastinkalarini qog’oz varag’iga qo’yib, uning atrofini rasm tarzida chizadilar. Keyin ular bargni qarab chiqadilar va uning tishli, oval, kesik qirg’oqlari, bargda tomirlarni joylanishi, bandi rasmlarini chizadilar, chizilgan bargga bo’yoq beradilar. Mustaqil rasm chiza oladigan o’quvchilar bargni qog’oz varag’iga qo’ymasdan rasm chizadilar. Chizilgan rasm yoniga bargning o’zini yopishtirish mumkin. Ikkinchi yarim yilda o’quvchilar rasmlar tagiga «CHinor bargi», «Terak bargi» kabi yozuvlar qiladilar. Yil fasllari to’g’risidagi hikoyalar o’qilgandan keyin o’quvchilar butun suratlarni chizishlari mumkin. Biror o’simlikni kuzatish paytida o’quvchilar e‘tiborini o’simliklarning rivojlanishi bilan bog’liq jarayonga qaratish va ularni kunlar bo’yicha yozdirib borish kerak. Masalan, «20 fevralda o’rik daraxtida kurtaklar paydo bo’ldi», «25 fevralda o’rik gulladi», «Gullash 5 kun davom etdi». Ishni osonlashtirish maqsadida birinchi sinf o’quvchilariga qator topshiriqlar beriladi, topshiriqlarga ko’ra ular faqat o’simlikning rivojlanishini xarakterlovchi kunlarni belgilab boradilar. 2-sinfda o’quvchilar kuzatishlar kundaligi va ijodiy daftarlar bilan ish olib boradilar. 3-sinfdan boshlab tabiatshunoslik sistematik kursini o’rganish bilan bog’liq holda daftarlarida ancha murakkabroq ishlarni olib boradilar. Tabiatshunoslik bo’yicha daftarning mazmuni quyidagilar bo’lishi mumkin:

Tushuntiruvchi yozuvli rasm. Asliga qarab chizish yaxshi. Masalan, amaliy mashg’ulotda «G’o’za» mavzusini o’rganishda o’quvchilar g’o’zaning organlari bilan rasmini chizadilar. Agar darsda vaqt yetarli bo’lmasa, rasm chizish uyda tugallanadi. O’qituvchining doskaga chizganlarini daftarga chizilishi mumkin. Har bir rasm odatda uning ayrim qismlarini ifodalaydigan tegishli yozuvlar ko’rinishidagi tushuntiruvchi matnga ega bo’lishi kerak (masalan, ildiz, poya, barg, gul, meva);

O’qitish oxirida olingan qisqacha ta‘riflar, umumlashtirishlar, tavsiyalar. Masalan, «plan», «masshtab», «kompas» tushunchalarining ta‘rifini yozish, u yoki bu tabiiy zona uchun «Qazilma boyliklarning xususiyatlari» jadvalini tuzish mumkin;

Yangi qiyin atamalar;

Uy vazifasini tayyorlash rejasi yoki javsblar tayyorlash kerak bo’lgan savollar;

Beriladigan savollarga yozma javoblar;

Yozma ishlar, uyda yoki jonli tabiat burchagidagi tajribalarning natijalari. Masalan, o’quvchiga uyda biror o’simlikni qalamchasidan o’stirish topshirig’i berilgan. U daftariga qalamchaning qachon kesilgani va suvga solinganini, qachon ildizchalar hosil bo’lganini yozib borishi, shuningdek rivojlanishning har xil davridagi qalamcha rasmini chizishi kerak.



Daftarda asta-sekin xilma-xil va qiziq material to’planib boradi, u tabiatshunoslikni o’rganishni osonlashtiradi. O’quvchilar daftarlaridagi barcha yozuv va rasmlar muntazam, o’z vaqtida va batartib bajarilishi lozim. Ishning bajarilmasligi javobning bahosini pasayishiga olib keladi.

Daftar muntazam va sinchiklab tekshirib borilishi hamda o’quvchilarning javob berayotganlarida esa naridan-beri qarab chiqilishi lozim. Tekshirishda yozuv va rasmlarning to’g’ri bajarilganligi aniqlanadi. O’quvchilarning daftardagi ishlari albatta baholanadi.
Download 22,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish