2. Dars turlari va tuzilishi Nostandart darslar


IV.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana18.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#823666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6 (3)

IV.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari 
Darslarda pedagogning o`quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam 
e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan 
o`quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik
hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch 
beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda o`quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch 
keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. 
Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi.
Ta’lim jarayonida, shuningdek, darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi: 
Asosiy turlari
Rolli o‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar,
musobaqalar, KVN turidagi o‘yinlar, tanlovlar, teatrlashtirilgan
darslar, binar darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”,
auksionlar, dialoglar va b.sh. 
Noan’anaviy dars turlari 


Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan 
ajralib turadi. Ular o`quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy 
munosabatni shakllantirishga yordam beradi.. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan aloqasini 
kuchaytiradi, fanlararo bog‘liqlikni rivojlantiradi. Fan to‘garaklarida o`quvchilarning ishlari 
o`quv jarayonini faollashtiradi, o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi. 
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va 
kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O`quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar 
bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga 
puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab 
chiqishi, o`quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya 
rejasida mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o`quvchilar idrok etish faoliyatlarini 
tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash 
ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o`quvchilarning yoshi, 
ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog‘liq bo‘ladi. 
Maktab o`quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda 
tutadi. Ular o`quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab 
chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar 
ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika fanlarining ayrim sohalari, 
shuningdek, chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi 
kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat 
o`quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. 
Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy 
bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak. 
Odatda o`quvchilarning ma’lum o`quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil 
ishlashlari ularda maslahat (konsultasiya)ga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Maslahatni 
tashkil etish vaqtida asosan o`quvchi savol beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultasiya 
o`quvchilarga o`quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Maslahat 
davomida o‘qituvchi o`quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri tushunishga mustaqil 
keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni 
mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Ta’limning mazkur turi o‘qituvchiga 
o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi 
vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultasiya 
o`quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi. 
O‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.
Ta’limning darsdan tashkari boshqa shakllari. Ta’limning maktabdan tashkari shakllari 
xilma - xil bo‘lib, ular orsida uy vazifalari, ekskursiyalar aloxida o‘rinni egallaydi. Uy ishlari 
Yordamchi turlari
To‘garak; praktikum; seminar; konferensiya; maslahat (konsultatsiya); fakultativ mashg‘ulot; o‘quv 
ekskursiyalari; o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va b.sh. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish