2. Dars turlari va tuzilishi Nostandart darslar


Zamonaviy darslarning asosiy turlari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana18.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#823666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6 (3)

Zamonaviy darslarning asosiy turlari 


Boshlang‘ich sinflarda o`quvchilar yoshlarini hisobga olib o`quv ishlarining turli xillaridan 
foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o‘rganilganni mustahkamlash, takrorlash 
bilan birga olib borishga to‘g‘ri keladi. Hatto, tekshirish darslari ham bu yerda ko‘pincha ishlar 
boshqa turlarini o‘z ichiga oladi: materialni og‘zaki yetkazish. qiziqarli hikoyani o‘qish. 
Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinasiyalashgan) yoki murakkab tuzilishli deb 
ataladi. Aralash darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish (o`quvchilar bilan savol-
javob qilish); yangi materialni o‘rganish; mavzuni o‘zlashtirishni dastlabki tekshirish; mashq 
yordamida yangi bilimlarini mustahkamlash; avval o‘rganilgan bilimlarni suhbat ko‘rinishida 
takrorlash; o`quvchilarning bilimlarini baholash; uyga vazifa berish. Yangi bilimlarni o‘rganish 
(o`quvchilarni yangi materiallar bilan tanishtirish) darsi o`quvchilarni ularga tanish bo‘lmagan 
yangi material mazmuni bilan tanishtirish jarayoni bo‘lib, bunday dars bir nechta savollarni o‘z 
ichiga oladi, ularni o‘rganish uchun ko‘p vaqt talab qiladi. O‘qituvchi darsning mazmuni, aniq 
maqsadi va mustaqil ish shakllariga ko‘ra yangi matyerialni o‘zi bayon etadi. Ayrim hollarda 
o`quvchilar o‘qituvchi rahbarligida mustaqil faoliyat olib boradilar. Ushbu dars quyidagi 
tuzilishga ega: 1) yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash; 
2) o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi; 3) bilimlarni 
tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash; 4) uyga vazifa berish. 
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o`quv ishining asosiy mazmuni ilgari o‘zlashtirilgan 
bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi. 
O`quvchilar bilimlarni yangi manbalar bo‘yicha o‘rganib, chuqurlashtiradilar, o‘zlariga tanish 
qoidaga muvofiq yangi mazmundagi masalalarni yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og‘zaki va 
yozma takrorlaydilar. Bu kabi darslar quyidagi tuzilmaga ega bo‘ladi: 1) uy vazifasini tekshirish; 
2) og‘zaki va yozma mashqlarni bajarish; 3) topshiriq bajarilishini tekshirish; 4) uyga vazifa 
berish. 
Ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish va mustahkamlash darslari bilimlarni 
mustahkamlash darslari bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga 
oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga 
avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o‘qituvchi yordamida va ular topshiriqni 
qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday 
qoida qo‘llanilishini o`quvchilarning o‘zlari belgilaydilar.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari 
o‘tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, 
o`quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to‘ldiriladigan va o‘rganilayotgan kursning muhim
g‘oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo‘lim va 
o`quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi 
hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o‘zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o‘qib 
berish yoki o‘qituvchining o`quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o‘tkazilishi mumkin. 
Tekshirish (nazorat) darslari o‘qituvchiga o`quvchilarning ma’lum sohadagi bilim
malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o`quv materialini egallashdagi kamchiliklarni 
aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam 
beradi. Tekshirish darslari o`quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va 
malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og‘zaki hamda yozma shaklda ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning 
yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy, tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini 


topishga imkon beradi. Darsning ta’limiy vazifasi har bir darsning ta’lim vazifalarini belgilash, 
darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish, dars mazmunini 
optimallashtirish, idrok etishning ilg‘or texnologiyalarini kiritish, turli shakl, metod va 
vositalaridan o‘rinli foydalanish, dars tuzilishiga ijodiy yondashish, ta’lim berishda jamoaviy, 
guruhli va individual shakllarini qo‘llash, operativ qayta aloqani ta’minlash, nazorat va 
boshqaruvni tashkil etish, darsning samarali kechishini ta’minlashdan iborat. 
Darsga qo‘yiladigan talablarning tarbiyaviy xarakterini o`quv materialining tarbiyaviy 
imkoniyatlarini aniqlash, ta’limiy faoliyat jarayonida erishish zarur bo‘lgan tarbiyaviy 
maqsadlarni shakllantirish (qo‘yish), o`quv ishlari maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, 
tarbiyaviy masalalarni belgilash, o`quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalash, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, 
intizomlilik, mustaqillik, qobiliyatlilik, halollik, mehnatsevarlik, tirishqoqlik va boshqalar)ni 
shakllantirish, o`quvchilarga pedagogik talablarni qo‘yish, ular bilan hamkorlikka erishish, 
ularning yutuqlaridan quvonish kabi holatlar tashkil etadi. 
Ta’lim jarayonida qo‘yiladigan pedagogik talablarning o`quvchi shaxsini rivojlantirish 
imkoniyati o`quvchilarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik kabi sifatlarni tarbiyalashda 
ko‘rinadi. Bunda o`quv materiallarining o`quvchilar idroki imkoniyatlari darajasini o‘rganish, 
hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o`quv 
mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, 
o`quvchilarning intellektual, emosional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan 
ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o`quv mashg‘ulotlarini operativ 
qayta qurish kabilar kiradi. 
Noan’anaviy darslar. XX asrning 70-yillarida o`quvchilarning darslarga qiziqishlarining 
pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga 
e’tibor qaratildi. Noan’anaviy darsning ko‘plab turlari bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish