Favqulotda vaziyatlar xizmatlari



Download 367,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi367,51 Kb.
#696889
  1   2
Bog'liq
Favqulotlda vaziyatlar



 
“FAVQULOTDA VAZIYATLAR XIZMATLARI” MAVZUSIDAGI 
MASHG’ULOTNI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH
METODIKASI 
BO’YICHA TAYYORLAGAN BITIRUV LOYIHA ISHI 
 
Ilmiy rahbar: Rahimova Feruza Muhammedjanovna



Mavzu: “Favqulotda vaziyatlar xizmatlari” mavzusidagi
mashg’ulotni tashkil etish va o’tkazish metodikasi.
 
Reja: 
I.Kirish: 
a) Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning negizi sifatida 
b)”Favqulotda vaziyatlar xizmatlari” mavzusidagi mashg’ulotni tashkil etish va 
o’tkazish metodikasi 
II.Asosiy qism. 
a).Favqulotda vaziyatlar xizmatlari va ularni oldini haqida tushuncha. 
b).MTT da “Favqulotda vaziyatlar xizmatlari” mavzusida mashg’ulot tashkil etish 
jarayoni. 
s).”Favqulotda vaziyatlar shoshilinch tezkor harakat xizmatalari” mavzusida katta 
guruhlar uchun faoliyat ishlanmasi. 
III.Yakuniy qism. 
a).Maktabgacha ta’limda ta’lim faoliyatlarini tashkil etilishi 
b).Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola shaxsini shakllantirish va rivojlantirish. 
4.Xulosa . 
5.Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
 
Maktabgacha ta’lim davrining samarali va sifatli o’tishi bolaning boshlang’ich 
sinflardagi muvafaqqiyatini belgilaydi. Ta’lim islohotlari negizida, xususan, Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim 
tizimining birinchi bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Ijodkor, faol, ma’naviy jihatdan 
boy shaxsni shakllantirish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash 
milliy modelning eng muhim tarkibiy qismiga aylandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishning asosiy vazifalari 
bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug’ma 
layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va 
umuminsoniy qadryatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat. 
Ta’lim –tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, barkamol shaxsni shakllantirish 
ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga 
aylandi. Ta’limdagi yangilanish faqat bolalarga yangi bilim, ko’nikma va malakalarni 
berish bilangina chegaralanmasdan , balki jamiyat, davlat, tabiat va mehnatga 
munosabatni o’zgartirishni ham nazarda tutadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 – yil 17 – 
iyul kuni ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan
yig’ilishida ta’lim muassasalari inson resurslarini rivojlantirishning poydevori,
yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviyat asoslarini shakllantiruvchi asosiy
maskan ekanini ta’kidladi. 
Shunday ekan, kelajagimiz poydevori - yosh avlodni har tomonlama 
barkamol yetuk inson qilib tarbiyalamog’imiz kerak. 
A.Favqulotda vaziyatlar xizmatlari haqida tushuncha . 
Fuqorolarning muhofazasi maqsadida Prezidentimiz va Xukumat tomonidan 
bir qator farmon, qonun, buyruq va boshqa hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilingan. 
“Favqulotda vaziyatlar vazirligini tashkil etilishi to’g’risida”gi farmon, “Aholi va 


hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish 
to’g’risida”gi , “Fuqoro muhofazasi to’g’risida”gi qonunlar, “O’zbekiston 
Respublikasi Favqulotda vaziyatlarni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi 
to’g’risida”gi, “Texnogen, tabiiiiy va ekologik tusdagi favqulotda vaziyatlar 
juklasidandir. 
Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar ularni bashorat
qilish o’z vaqtida qanday oldini olish, qay usulda himoyalanish tadbirlarni ishlab
chiqishga chorlaydi. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir guruh 
xonalarida bunday vaziyatlarda tarbiyalanuvchilarni qay tarzda muhofaza qilinishi 
chora tadbirlari tuzilib, chiqish yo’llari, strukturalari tayyorlanib qo’yilgan. 
Favqulotda vaziyatlarning yana biri bo’lmish ekologik tusdagi favqulotda 
vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatalari to’g’risidagima’lumotlar 
nafaqat yoshlarimizni, balki, har bir insonni o’ylantirib qoyadi. Atrof – muhitni
asrab avaylashga undaydi va shu bilan birga ekologik tarbiyani shakllantiradi. 
Favqulotda vaziyat – odamning qurbon bo’lishi, ularning sog’ligiga yoki 
atrof – muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda
odamlar hayot faoliyati sharoitini izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi
miumkin bo’lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy ofatlar natijasida muayyan
hududdda yuzaga kelgan vaziyat hisoblanadi. Har bir favqulotda ro’y berishi, ro’y 
berish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan moddiy zarar va boshqa
xususiyatlari bilan ajaralib turadi. Hozirgi kunning eng muhim vazifalardan biri
favqulotda vaziyatlar, talofatlar, avariyalar, falokatlar va turli – tuman ofatlarning 
hosil bo’lishi va rivojlanishini bashoratlash, oldindan
davlat organlari va aholini yaqinlashib kelayotgan ofatdan ogoh etishdan
iboratdir.
Tabiiy tusdagi favqulotda vaziyatlar: 
1.Xavfli geologik hodisalar; 
2.Gidrometeorologik xavflai hodisalar; 


3.Favqulotda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar. 
Favqulotda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga,
xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirish,
mulkchilik shaklidan va idoraviy bo’ysunishidan qat’iy nazar, iqtisodiyot
tarmoqlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotalar faoliyat ko’rsatishining
barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadi va kompleks ilmiy – texnik
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish chora tadbirlari amalga oshirilib,
favqulotda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Profilaktik tadbirlar davomida aholining barcha qatlamlariga tushuntirish ishlari
olib borilmoqda, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda hamda
xavfsizlik qoidalarini targ’ib etuvchi eslatma, buklet, flayer va yo’riqnomalar
tarqatilmoqda. 
Ma’lumki, rivoji yoki faollashuvi favqulotda vaziyatga olib keladigan
xavfli tabiiy – texnogen jarayon va hodisalarni tizimli holda kuzatib borish,
monitoring va prognozlash asosida tegishli profilaktik tadbirlarni samarali
amalga oshirishga, o’z vaqtida favqulotda vaziyatlarning oldini olishga erishish
mumkin.
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong’in
xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to’g’risidagi
PF – 5706 – sonli farmoni bo’yicha
“O’zbekiston Respublikasida favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf
etish hamda yong’in xavfsizligini ta;minlashning sifat jihatidan yangi tizimini
joriy etish to’g’risida”gi PF – 5706 – sonli farmoni hamda “Favqulotda
vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha tashkiliy
chora –tadbirlar to’g’risida” gi PQ – 4276 – sonli qarorining qabul qilinishi bilan
respublikamiz aholisi va hududlarini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish
hamda yong’in xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan xizmatlar uchun
islohotlarning yangi bosqichi tashkil etildi. 


 B.Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Favqulotda vaziyatlar xizmatlari” mavzusida
mashg’ulotni tashkil etish . 
Maktabgacha yosh davrida bolalar ko’rgan narsalariga qiziquvchan,
taqlidchan va tarbiyachisi aytgan vazifalarni sidqidildan bajaradigan bo’ladilar. 
Maktabgacha ta’lim – uzluksiz ta’limning poydevoridir. Shu sababli har bir yosh 
guruhlarda bolalarni yoshligidanoq “Favqulotda vaziyatlar xizmatlari “ 
mavzusidagi faoliyatlat uchun kerakli jihozlar va tarbiyachilat tomonidan Axborot
kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda bolalarga bilim berishi 
maqsadga muvofiqdir. Chunki, bolalar rivojlanish markazlarida bu jihozlardan
qanday holatlarda , nima uchun va qanday foydalanishga o’rganib boradilar. 
Favqulotda vaziyatlar xizmatlari mashg’ulotini tashkil etish jarayonida syujetli – 
rolli o’yinlar sahnalashtirish va darammalshtirish markazida “O’t o’chiruvchilar”
syujetli – rolli o’yini orqali yong’in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilib va
insonlarni xavf – xatarlardan muhofaza qilayotgan tashkilotlar haqida ma’lumotlar
berib boriladi. Insonlarning hayotlari, mol – mulklari xavf ostida qolishiga nima
sabab bo’lishi haqidagi tushunchalar aytib o’tiladi. O’t o’chirishda zamonaviy
asbob – uskunalari, ularning bevosita vazifalari bilan tanishtiriladi. Hayot
havfsizligi haqidagi tushunchlarini takomillashtirib boriladi. 
Fan va tabiat markazida esa mavzuga oid rasmlar, suv, qum va yong’in
xavfsizligi bo’yicha tarqatma materiallardan foydalangan holda olovni o’chirish
mavzusida amaliy tajriba o’tkazilib bolalar bilimlari mustahkamlanib boriladi. 
Til va nutq markazida esa, “Shifoxonada”, “O’t o’chiruvchilar”,
“Oshxonada” mavzularida bolalarni tarqatma materiallar va syujetli rasmlar asosida 
boalarni qisqa hikoyalar tuzishga, favqulotda vaziyatlar holatlarida nimalar
qilinishi haqida suhbatlar orqali bolalar bilimi mustahkamlanib, tarbiyachi
tomonidan to’ldirilib boriladi. 


Qurish –yasah, matematika va konstruksiyalash markazida tarbiyalanuvchilar
“Tez yordam”, “ O’t o’chiruvchi” , “Favqulotda vaziyatlar” mashinalarini yasashni 
o’rganadilar. Ularni qanday asbob – uskunalar bilan jihozlanishini bilib oladilar va
bu kasb egalari haqida ham bilimga ega bo’ladilar.
San’at markazida favqulotda vaziyatlar xizmatlari kasb egalari, xizmat
mashinalari, asbob – anjomlari rasmlarini chizishni va loy, plastilin, sho’r
xamirdan ularni yasashni o’rganib boradilar. Bu faoliyatlar davomida bolalar
o’yinchoq mashinalarni ko’rib chiqqandan so’ng, o’t o’chiruvchilar hodiminin g
maxsus kiyimi haqida, qalpog’i haqida va shifokorlarni oq halatlari haqida
bilimga ega bo’ladilar, lug’at boylikalari oshib, nutqi rivojlanadi.
Rivojlantiruvchi markazlar mavzuga mos ramlar, tarqatma materiallar, ayrim
asbob –anjomlar va AKT orqali mavzu asosida tayyorlangan taqdimotlat bilan 
jihozlangan bo’lishi kerak .Shuningdek, qum, suv van am salfetkalar albatta 
foydalanish uchun doim tayyor turish kerak . Jihozlar yetarli bo’lganda 
tarbiyalanuvchilar mashg’ulotda qiziqib, faoliyatlar olib boradilar. Mashg’ulotlar
ham sifatli va samarali kechadi. Bolalarga ta’lim – tarbiya berish jarayonida
faoliyatlarini tashkil etish ulardan foydalanish, qolaversa, ota –onalar bilan
hamkorlikda bu ishlarni amalga oshirish ijobiy natijalarga erishish uchun zamin
yaratadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan mana shunday
mashg’ulotlar farzandlarimiz uchun kelajak hayotga tayyorgarlik vazifasini 
o’taydi. Ularning har tomonlama komil inson bo’lib voyaga yetishida muhim


turtki bo’lb xizmat qiladi. Farzand tarbiyasiga ehtiyotkorona munosabatda
bo’lish esa nafaqat ota – ona, balki jamiyatda yashayotgan har bir fuqoroning
burchidir. 
S.”Favqulotda vaziyatlar shoshilinch tezkor harakat xizmatalari” mavzusida katta
guruhlar uchun faoliyat ishlanma. 
Maqsad: Bolalarga hayotda uchraydigan favqulotda vaziyatlarda shoshilinch
ravishda telefondan foydalanishni o’rgatish. “101”, “102”, “103”, “104” kasb 
egalari haqida to’liq tushuncha berish. Hayotda xavf tug’diradigan voqea va
hodisalarga munosabat bildira olishga hamda o’zini himoya qila olishga
o’rgatish. Mashg’ulot davomida hamkorlikda va juftlikda ishlashga o’rgatish.
Shoshilmasdan o’yin jihozlaridan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga
odatlantirib borish. 
Kerakli jihozlar: “101”, “102”, “103”, “104” kasb egalarining rasmlari,
ko’rgazmali qurollar, suratlar, o’ynash uchun zarur bo’lgan buyumlar. 
Markazlar: “Shifoxona”, “Oshxona”, “O’yin va o’yinchoqlar burchaklari”. 
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, bugun sizlar bilan qiziqarli o’yin o’rganamiz. Hozir
biz hamkorlikda ishlash uchun guruhlarga bo’linib olamiz. Buning uchun mana 
bu yerdagi shakllarni olamiz. Ularni qismlarini birlashtiramiz. Hosil bo’lgan
raqamlarni olib, shu raqamlar qo’yilgan stullarga o’tiramiz. Hamma egalladimi? 


Bolalar javobi: Ha. ( Bolalar tayyor qo’yigan stullarga o’tiradilar.) 
Tarbiyachi: Bolalar, guruhlarda ishlash uchun “Oltin qoidalarni” eslab olamiz.
Bolalar javobi:
1.Mashg’ulotda yaxshi o’tiramiz. 
2.Diqqat bilan quloq solamiz. 
3.Savollarga to’g’ri javob beramiz. 
4.Do’stlarimizga ko’maklashamiz. 
5.Mashg’ulotda faol ishtirok etamiz. 
Tarbiyachi:Barakalla bolalar. Qaranglar stolimizda nimalar turibdi? “101” raqmi
nimani anglatadi? – Yong’in xavfsizlik xizmatini. “102” raqmi nimani anglatadi? -
Militsiya xizmatini. “103” raqami nimani anglatadi? - Tez yordam xizmatini.
“104” raqami nimani anglatadi? - Gaz xizmatini.
Tarbiyachi: Ularda qanday kasb egalari ishlaydi? Ular qanday vazifalarni
bajarishadi? ( tarbiyachi bolalar fikrlarini umumlashtiradi va hamkorlikda birga
ishlashning ahamiyatini tushuntiradi.)
Tarbiyachi: Bolalar bugun guruhimizga biz tanishayotgan kasb egalari mehmon
bo’lib kelishgan. Hozir ular bilan suhbat o’tkazamiz. (Navbat bilan kasb egalari
o’z kasblari haqida gapirib beradilar. ) 
Tarbiyachi: bolajonlar, bugun meni juda hursand qildingiz. Buning uchun
sizlarni shirinliklar bilan siylayman. (Bolalarga konfetlar tarqatiladi. 
Tarbiyalanuvchilar konfet qog’ozlariga qarab juftlikka bo’linib oladilar. Har bir
juftlik hayotimiz uchun xavfli bo’lgan buyuumlarni tasvirlab beradi. Tarbiyachi
bolalar tomonidan aytilgan gaplarni tinglab ulardan hayotda to’g’ri foydalanish
qoidalarini tushuntiradi.


Tarbiyachi: ( Bolalarni yarim doira shaklida o’tkazib oladi. ) Bolajonlar endi sizlar
bilan “Men uchun juda qiziq” o’yinini o’ynaymiz. ( Tarbiyachi bolalarga
koptokni otib, “Sizga nima qiziq bo’lib tuyuldi?” - deb navbat bilan so’raydi.
Bolalar javobi umumlashtiriladi. Tarbiyalanuvchilar tarbiyachi tomonidan
rag’batlantirilib, mashg’ulot yakunlanadi).
a).Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalaga har bir yosh guruhlarda
o’quv yilining noyabr oyida yo’l harakat qoidalari , ehtiyotkor piyoda, favqulotda
vaziyatlar xizmatlari mavzular davomida bolalarga bilim va ko’nikmalar berib 
boriladi. Chorraxada svetafor, teatrga sayohat mavzularda esa bolalarni yo’l 
harakat qoidalarini bilishga va unga rioya qilishga o’rganadilar. Yo’l harakat
belgilari, svetafor, piyodalar o’tish chizig’i yo’llari haqida bilim va
ko’nikmalarga ega bo’ladilar.
Bugungi kunning asosiy maqsadlaridan biri, yuqori malakali,
raqobatbardosh , ma’nan barkamol kadrlar tayyorlashdir. Ma’lumki, ta’lim
sifatini ta’minlash o’quv – tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan zamonaviy
pedagogik texnologiyalarga ham bog’liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda
tarbiyachi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifasini yaxshi anglagan
bo’lishi talab qilinadi. Tarbiyachi faoliyatlar davomida tarbiyalanuvchilarga
tayyor haqiqatni, ya’ni topshiriqlarni yechimini emas, balki, ularga bilim olish
uchun turtki berishi, mashg’ulotlar va hayot faoliyatida zarur bo’lgan axborot,
voqea – hodisalarni ongida qayta ishlashiga ko’maklashishi lozim.


Ta’lim jarayonining bunday tashkil etilishi tarbiyalanuvchilarning nafaqat
faoliyatlarni yaxshi anglab o’zlashtirishini ta’minlaydi. Bolalarni nazariy va
amaliy faollik, mustaqil erkin fikrlash , izlanish, biror masalaga ijodiy
yondashish, ma’sulyatni sezish, o’z fikr – mulohazalarini batafsil ifoda etish,
himoya qilish va isbotlash va ijodkorlikka undaydi. Ta’lim - bolalarga bilimni
bolalarga tartibli bayon qilish jarayoni bo’lib, muayyan ko’nikma va
malakalarni singdirish, ularni ongi va xulqiga ta’sir etish, aqli, idroki,
dunyoqarashi, e’tiqodi va bilish faolligini rivojlantirishdir. Ta’lim berish
jarayonida tarbiya va ma’lumot maqsadli amalga oshiriladi. Ta’lim tizimida
ulkan islohotlarning olib borilishi maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishiga ham
sabab bo’ladi. Mazkur jarayonda har bir tarbiyachi o’zining ustida ishlashi va
mahoratini oshirib borishi davlatimizning maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
zimmasiga qo’ygan talablarni samarali amalga oshirishning garovidir. O’z
kasbining mohir ustasi bo’lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim
pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o’quv – tarbiya faoliyatini tashkil qilish
vosita usullarini o’quv – tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va
ularni yechimini to’g’ri hal qila bilishi, innovatsion texnologiya usullaridan
foydalanish, qiyinchiliklarning to’g’ri yechimini topishga yo’naltiradi. Ta’lim
faoliyatini tashkil etishda bolaning bilish qobilyatlarini muntazam – rejali
ravishda rivojlantirib boriladi. Bolalar bog’chasi tarbiya dasturida belgilangan
eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko’nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
b).Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkonlik, ziyraklik,
tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlanishiga yordam beradi. U jismoniy estetik va
mehnat tarbiyasini muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTT da


bolalarga faoliyatlar dadavomida bolalarga ma’daniy - gigiyenik ko’nikmalar,
asosiy harakatlar o’rgatiladi, ular ma’daniy – ahloqiy qoidalarni o’zlashtib
oaladilar va odatlantirib boriladi. 
Bolalarda o’quv faoliyatlari asoslari ta’lim jarayonida hosil qilinadi, ularni
maktabda muvafaqqiyatli o’qishi uchun muhim shart -sharoitlar yaratiladi. 
Ta’limni ikki yo’l bilan amalga oshirishh muvofiqdir.
Birinchi yo’li _ bolalarning bilim, malaka, ko’nikmalarni kattalr bilan
o’zaro munosabatda bo’lish orqali egallab borishdir.
Ikkinchi yo’li - maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o’quv
tashkilotlarida bolalarni kerakli bilim , malaka, ko’nikmalardan rejali ravishda
xabardor qilib borishdir. Bunday yo’l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh
avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda , jamiyatning ijtimoiy – siyosiy, madaniy
hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan
tanishtirishdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bola shaxsini shakllanishida tarbiyachi va
u olib borayotgan mashg’ulotalr muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa har bir bola
kamol topishida javobgar ekani uning ma’sulyatini yanada oshiradi. Shunga
ko’ra, tarbiyachi bolalarga kundalik hayot, o’yin, mashg’ulotlar, birgalikdagi
mehnat faoliyati, ular bilan bo’ladigan muloqotda ibrat, namuna bo’lishi, bolani
har tomonlama diqqat bilan o’rganishi, uning shaxsiy xususiyatlari,
qobilyatlarini bilishi, pedagogic nazokatini namoyon qilishi, xulq - atvori,
erishgan natijalarini haqqoniy baholashi va o’z vaqtida yordam ko’rsata olishi
hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur. Favqulotda vaziyatlar xizmati
mavzusida mashg’uloni tahkil qilinishi va uni o’qitish metodikasida bolalarga


kasb egalarning xatti – harakatlari va bajaradigan vazifalari bolalarga qiziqarli
bo’lishi uchun ko’proq o’yinlardan foydalanib bilim berish yaxshi natija beradi.
Bunda bolalar jamoa bo’lib faoliyat olib borishga, boshlagan ishini sifatli qilib
oxiriga yetkazishga, o’rtoqlarini hurmat qilishga va kelajakda shu kasb egalari
bo;lishga qiziqish uyg’otadi.



Download 367,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish