III Международная научно-практическая конференция
219
III International Scientific and Practical Conference
Pumse-rasmiy harakatlar kompleksidan tashkil topgan boʻlib, taekwondo
psixologiyasining mohiyatini va texnik san’at tizimini koʻrsatib beradi. Bu tana va
aqlning mashgʻulotlarida xulq-atvoriga xos shakli boʻlib, pumse bilan barcha
shugʻullanishi mumkin. Har qanday pumse oʻziga xos falsafiy ahamiyat ega
hisoblanadi.
Pumse amaliyoti-bu estetik jihatdan rivojlanishning yuksalish yoʻli va
shuningdek, aql va tafakkurning, tananing diqqatni jamlash, nafas olish va
chidamlilik muvozanati asosida mashgʻulotlar harakatlarini bajarish vositasida
rivojlantiriladi.
Pumseni oʻrganishda murakkab shakllarni va oyoq yordamidagi yuksak
zarbalarni amalga erishishga intiladi,biroq bunga vaqt oʻtishi bilan asta-sekin
erishiladi. Avvalo bazaga tegishli harakatlarni toʻliq oʻrganib olish kerak boʻladi,
keyin doimiy ravishta amaliyotlar asosida tezlikni rivojlantirish maqsadga muvofiq
boʻladi. Rasmiy komplekslar tarkibiga turli xil texnikalarni qamrab oladi, jumladan
qoʻllar yordamida beriluvchi zarbalar, blok qoʻyishlar va oyoq yordamida beriluvchi
zarbalar qayd etiladi. Pumse texnikasidan foydalanish orqali sparingni olib
borish,harakatlarning mazmun-mohiyatiga oʻrganishga intilish va oʻrganish usullarini
ham bilish talab qilinadi.
Shu sababdan sportchilar nafaqat pumseni rasmiy komplekslar amaliyoti har
biri tarkibni tashkil qiluvchi omil hisoblangan barcha elementlarni tushunib yetishni
talab qiladi, ushbu koʻrinishda amaliyotchi yakuniy maqsadga, ya’ni pumseda
takomillashishga erisha oladi.
Bundan tashqari pumse harakatlarining inson salomatligiga kata ta’siri bor.
Aynan bitta harakat miyaning kata yarim sharini, asab tizimini, mushak va nafas
faolligi, qon aylanishi,yurak faolligi, haroratni boshqarish, oqat hazm qilishni nazorat
qilishni nazarda tutadi.
Qon, yurakdan qon tomirlariga qarab va qayta yurakka qarab harakatlanishi
orqali kata siklni amalga oshiradi.
Pumse harakatlarini oʻrganish paytida har bir keskin harakat bir lahzadagi
tezkor kuchga asoslanadi va tipik kislorodsiz va refleksli harakatlar turiga
mansub.Odamning me’yoridagi oʻrtacha pulsi minutiga 70 marta zarba darajasida
boʻladi, shundan kelib chiqqat holda,odam pulsning bundan ancha yuqori darajada
ham oʻz faolligini saqlashi mumkin.Bu holatda, aortadan yurakni qon bilan
ta’mimlanishi barqarorlashadi va yurakning faoliyati ancha jonlanadi.
Kislorod, uzoq muddatli mashgʻulotlar paytida hosil boʻladigan sut kislotasi,
karbonat angidrid va boshqa noorganik birlashmalar kabi mahsulotlarni parchalanishi
vaqtida faol yordam koʻrsatadi.
Nafas olish yordamida organizmning barcha kislorod bilan ta’minlanadi. Nafas
olishning tashqi a’zolari orqali kelib tushadigan kislorod qonga oʻtadi va u orqali
barcha ichki a’zolarga taqsimlanadi va shu tufayli moddalar almashinuvi amalga
oshiriladi.
Qon yordamida kislorod va karbonat angidridning almashinuvi va ularni
kapillyar qon tomirlarning yupqa devorlari orqali aloqasi yetarlich tez oʻtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |