Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 30 октярдаги
“Соғлом турмуш тарзини кенг татбиқ этиш ва оммавий спортни янада
ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ-6099-сонли Фармони
III Международная научно-практическая конференция
218
III International Scientific and Practical Conference
2.
“Жисмоний тарбия ва спорт соҳасини ривожлантириш истиқболлари:
муаммова ечимлар” Республика илмий-амалий конференция мақолалари
тўплами
3.
Lex.uz
4.
Ziyonet.uz
INSON KAMOLOTIDA TAEKWONODO (PUMSENING) OʻRNI
Arzibayev Q.O., Abduraximova S.S.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
Ma`lumki, Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi
dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham aholining sogʻligʻi, jismonan
salomatligi, sogʻlom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini koʻrsatdi.
Barchani larzaga solgan COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo yurak-qon
tomir va nafas olish yoʻllari hamda semizlik (ortiqcha vazn) kasalligiga chalingan
fuqarolarimizning sogʻligʻiga salbiy ta’sir koʻrsatdi. Natijada, bugungi pandemiya
oramizdan koʻplab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan koʻz yumishiga sabab boʻldi.
Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib,
ommaviy sport bilan doimiy shugʻullanish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya
qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom
va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni, bir soʻz
bilan aytganda, sogʻlom turmush tarzini kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur
ekanligini bugungi davrning oʻzi taqozo etmoqda [1].
Taekwondo yakkakurash sport turi Janubiy koreaning milliy sport turi
hisoblanib, butun dunyoga ommalashib ulgurgan. Bu sport turiga qiziquvchilar soni
tobora yidan yilga oshib bormoqda.Shu jumladan Oʻzbekistonda ham bu sport turi
ommalashib ulgurgan.
Barchamizga yaxshi ma’lumki odam oʻzining kundalik hayotida umumiy
kuchining taxminan 10-15% qismidan foydalanadi.
Taekwondo sport turini oʻrganish bu mashq qiluvchilarning bilim,malaka va
koʻnikmalarini egallashlariga yoʻnaltirilgan, jismoniy va aqliy,shuningdek, ma’naviy-
axloqiy jihatdan takomillashtirishini koʻzda tutuvchi pedagogik jarayon hisoblanadi.
Taekwondoni oʻrganish tarbiyaviy tavsifga ega jarayon hisoblanadi.Bu jarayon
shaxsning shakllanishi (dunyoqarash, axloqiy-ma’naviy, xulq-atvorni, iroda, odatlar
va did, jismoniy sifatlar rivojlanishi) jarayoni bilan chambarchas bogʻliq.
Taekwondo sport turi kyorogi (sparing) va pumse yoʻnalishiga boʻlinadi.
Asosan taekwondoning kyorogi (sparing ) yoʻnalishi rivojlangan va olimpiada
oʻyinlariga kiritilgan.
Biroq pumse yoʻnalishining koʻpgina avzalliklari majvud. Pumsening yuqorida
qays etib oʻtilganidek pademiyaga chalingan insonlar uchun ham ruhan ham
jismonan foydali jihatlari koʻpligi oʻz isbotini topgan. Avvalo pumse haqida gapirib
oʻtadigan boʻlsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |