МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
66
Ma’lumki, bugungi kunda pedagogika oliy ta’lim muassasalari o’ziga xos
xususiyatlaridan
kelib chiqib, talabalarni zamon talablariga mos ravishda shakllantirish
uchun aniq manzilli loyihalar, dasturlarni hayotga tatbiq etmoqda. Mutlaqo yangicha talab
va yondashuv asosida olib borilayotgan ishlar mavjud pedagogik resurs va imkoniyatlaridan
oqilona foydalanish bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy barqarorlikni shakllantirish maqsadini
ko’zlaydi.Shu sababli prezidentimizning qarori bilan oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash
va ularning qo’nimligini ta’minlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, bo’lajak
o’qituvchilarning o’zlari tanlagan ixtisoslik yo’nalishlariga oid joriy etilayotgan
dasturlarning
talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni kompleks
taraqqiy toptirish istiqbollarini inobatga olgan holda kasbiy barqarorlikni shakllantirish
tizimni yanada takomillashtirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Zamonaviy ta’lim tizimida o’zgarishlar tez – tez ko’zga tashlanib turmoqda. Bunday
o’zgarishlar qatoriga ta’lim sifatiga qo’yilayotgan talablar, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor,
o’qitish shakllarining o’zgarishlari, ta’lim tizimiga yangi lavozimlarning joriy etilishini
misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Bunday o’zgarishlar bo’lajak o’qituvchilarga o’ziga
xos imkoniyachtlar va talablarni qo’ymoqda. Bugungi kunda ta’lim siyosatidagi bosh
masala
malakali, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalash, bo’lajak o’qituvchilarni
zamonaviy talablar doirasida mehnat bozoriga tayyorlashdir. Ta’limning kasbiy jihatdan
ahamiyati bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi bilan aniqlanadi. Pedagogika oliy
ta’lim muassasalarida o’qiyotgan bo’lajak o’qituvchilar o’z yo’nalishlariga mos fanlarni
bilishlari bilan bir qatorda chet tillarini, axborot texnologiyalarini mukammal egallab borish
jarayonlarida, pedagogik tendensiyalar inobatga olgan holda pedagogik faoliyatga tayyor
bo’lishi kerak.
Yosh avlodlarning insonning kasbiy rivojlanishi zamonaviy sharoitda boshqacha
ko’rinishda amalga oshirilmoqda. Bo’lajak o’qituvchilar o’z kasbida barqaror faoliyat olib
borishlari uchun kasbni tushunish, uning maqsadlari, vositalari va usullari bilan bog’liq.
Shuning uchun ham bugungi kundabo’lajak o’qituvchilarda tarbiyalanishi kerak bo’lgan
turli xil kasbiy qadriyatlar to’plami shakllantirilmoqda .
Bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash
jarayonlarida bu kasbning
jamiyatda tutgan o’rni hakida tizimli tushuntirish ishlarini olib borildi. Bunda talabalarga
pedagogik faoliyatda vaziyatni to’g’ri baholay olmaslik, pedagogik jihatdan to’g’ri qaror
qabul qila olmaslik, mas’uliyatni o’z zimmasiga olishni istamaslik ertangi kunda kasbda
barqaror faoliyat olib borishiga to’sqinlik qilishini tushuntirilib borildi.
Bugungi kunda pedagogika institutlari va universitetlarida tahsil olayotgan bo’lajak
o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda quyidagilarga e’tibor qaratilsa maqsadga
muoffiq bo’lar edi. Bular:
–
bo’lajak o’qituvchilarni umumta’lim maktablarida o’qiyotgan
davrlaridan boshlab
tanlanishi.
– maqsadli ta’lim byudjet grantini to’laqonli yo’lga qo’yilishi.
–
fanlarni yaxshi o’zlashtirmagan talabalar bilan ishlash tizimini tubdan o’zgartirish
–
ma’ruzaga kirayotgan talabar soni 50 nafardan oshmaslik
– guruhlarni 20 nafardan ko’p bo’lmagan tarzda shakllantirish.
– guruhlarni turli bilim darajasidagi talabalar bilan shakllantirimaslik.
– baholash tizimini tubdan isloh etish.
Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy barqarorlikni shakllantirib borish bo’lajak o’qituvchi
shaxsinihar tomonlama yetuk mutaxassis sifatida rivojlanishinitalab qiladi. Shuning
uchun ham pedagogik tizimning har bir qismini alohida amalga oshirish uncha natija
bermasligini e’tirof etgan holda yaxlit tizimda ishlash samarali bo’ladi. Demak, bo’lajak