МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
69
– pedagogik muloqot madaniyatining tarkibiy qismlarini egallash sohasidagi ishlar.
Pedagog tarbiyachining o’ziga xos kasbiy sifatlarining shakllanishiga xos ijtimoiy
shart-sharoitlarni alohida tahlil etishning maqsadga muvofiqligi, aynan milliy g’oya va
milliy mafkuraning bo’lajak tarbiyachisida shakllanishi bevosita o’ziga xos kasbiy sifatlar
bilan uzviy bog’liqligidan kelib chiqadi.
Ta’lim-tarbiya berish jarayonida o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-
pedagogik munosabatlar aloqadorligining qonuniyati mavjud va u albatta ushbu qonuniyatga
alohida e’tibor qaratildi.
Kasbiy sifatlarga xos qobiliyat pedagog va tarbiyalanuvchining bilimdonligi, topqirligi
hamda hozirjavobligida yaqqol namoyon bo’ldi. Bunda hayajonlanmay, ikkilanmay va
shoshilmay erkin fikrini ayta olishga asosiy e’tibor qaratildi.
Kasbiy sifatlarning shakllanishi bevosita pedagog tarbiyachi va ta’lim oluvchining
o’zaro shaxsiy munosabatlari bilan ham uzviy bog’likdir.
Pedagog tarbiyachi shaxsining kasbiy sifatlari bevosita ikki xil ko’rinishda amalga
oshishi aniqlandi:
1. Tabiyalanuvchining individual (yakka tartibdagi) xususiyatlari bilan bogliq bo’lgan.
2. Kasbiy-madaniy maqsadlarga qaratilgan.
Tarbiyalanuvchining individual (yakka tartibdagi) xususiyatlari avvalo uning xarakteri,
diqqati, xotirasi, irodaviy sifatlari bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. tarbiyachi bundan
tashqari bolaning sog’ligi, ijtimoiy kelib chiqishi va oilaviy shart-sharoitlari bilan bog’liq
bo’lgan xususiyatlarini, albatta, hisobga olish lozim. Yosh tarbiyachilar ayni paytda sinf
rahbari sifatida ham har bir o’quvchiga individual (yakka tartibda) munosabatda bo’lishni
amalga oshiradi.
Bugungi kun talabi tarbiyachilarning zimmasiga pedagoglik kasbi asoslarini to’laqonli
o’zlashtirish, yosh avlodni aqliy, ma’naviy-axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan yetuk
qilib tarbiyalash vazifasi yuklanmoqda. Pedagog tarbiyachilar tomonidan mazkur ijtimoiy
vazifalarning ijobiy hal etilishiga erishish bir necha shartlar asosida faoliyat yuritishni talab
etadi.
Chunonchi:
–
Pedagog tarbiyachilarda kasbiy faoliyatni tashkil etishga nisbatan yangicha, ilg’or,
ijodiy yondashuvning karor topishiga erishish;
–
Pedagog tarbiyachi va bolalar munosabatlarida tub o’zgarishlar (tarbiyachi
faoliyatida yetakchi o’rin tutgan avtoritarlik uslubi o’rnini demokratik boshqaruv
egallashi, ta’lim jarayonida bolalarning mustaqil faoliyat yuritishlari, shunishdek,
erkin fikrlashlari uchun sharoit yaratish, pedagog tarbiyachi tomonidan bola
shaxsining hurmat qilinishi va hokazo holatlarining sodir bo’lishini ta’minlash.
Yuqorida qayd etilgan shartlarning to’la-to’kis bajarilishi ayni vaqtda pedagog
kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muasassalari faoliyati mazmuniga ham sezilarli
o’zgartirishlar kiritish zarurligini ko’rsatmoqda. Bizning nazarimizda, bunday o’zgartirishlar
quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
- bo’lajak pedagog tarbiyachisining kasbiy faoliyatiga nisbatan hurmat va o’ziga xos
muhabbatni qaror toptirish;
- pedagog tarbiyachida o’ziga xos kasbiy sifatlar, xususan, kasbiy-madaniy munosabatni
shakllantirishga alohida e’tibor qaratish;
- pedagogik turkum fanlarini o’qitish jarayonida bo’lajak tarbiyachisiga unda kasbiy-
madaniy munosabatning shakllanishida muhim o’rin tutuvchi pedagogik va psixologik
bilimlar asoslari borasidagi nazariy ma’lumotlarni yetarli darajada berilishiga erishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |