O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV nomidagi TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
". Kasbiy va iqtisodiy fanlar" kafedrasi
".Metrologiya va standartlashtirish " fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi. Rasulov .R
Tekshirdi.
Olmaliq 2020
Mavzu: Sertifikatlashtirish sxemalarini qo’llanishi.
Reja:
1. Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi va uning mohiyati.
2. Sеrtifikаtlаshtirish sxеmаlаri.
3. O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish bo’yicha amalga
oshirilgan ishlar.
Sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi va uning mohiyati.
Hozirgi vaqtda sertifikat degan atamani tez-tez uchratib turamiz. Bu qanday atama deb so’rasangiz turlicha talqin olishingiz mumkin: kimdir biror malaka olganlik to’g’risidagi tasdiqlovchi hujjat desa, yana kimdir, mahsulotni sifati to’g’risidagi hujjat, ba’zi birovlar esa mahsulotni hududimizga olib kirish yoki olib ketish uchun bojxonaga ko’rsatilishi lozim bo’lgan hujjat deb ta’rif beradi. O’ylaymizki, darsligimizning ushbu bo’limlarini o’qib va o’rganib chiqib shu bilan birga ma’lum ko’nikmaga ega bo’lganingizdan so’ng ushbu atamaga albatta aniq va mukammal javob topamiz.
Sertifikat so’zining ma’nosini keltirishdan oldin mavzudan biroz chetga chiqamiz.
M a’lumki, Sharq, jumladan O’zbekistonimiz chet ellarda nafaqat go’zal tabiati va mehnatsevar xalqi bilan, balki o’zining ko’zni qamashtiradigan, rangbarang meva, sabzavot va turli mahsulotlarga serob bozorlari bilan ham mashhurdir. Bundan tashqari, bizning bozorlardagi yana bir o’zgachalik ham bor. Agar rastalar oralab yuradigan bo’lsangiz, sotuvchilar, dehqonlar mevachevalardan uzatib, totib ko’rishni taklif etishlarini guvohi bo’lasiz (albatta, totib ko’rganlik uchun haq so’ralmaydi). Buni tagida bir ma’no yotadiki, u ham bo’lsa, mahsulotning sifatiga xaridorning o’zi baho bersin, ya’ni, taklif qilinayotgan mahsulot sifati va unga so’ralayotgan narx mutanosib ravishda belgilanayotganligiga o’zi ishonch hosil qilsin.
Qadimdan bizda bir tushuncha bor. Xarid paytida savdo mukammal va to’liq bo’lishi uchun uchta tomon ishtirok etishi kerak. Birinchi tomon – oluvchi (xaridor), ikkinchi tomon – sotuvchi (tayyorlovchi) va uchinchi – xolis tomon. Uchinchi tomon sotilayotgan buyum yoki mahsulotga qo’yilgan narx ushbu mahsulot ega bo’lgan sifat ko’rsatkichlariga mutanosib ekanligi to’g’risida kafolat bergan. Bunda uchinchi tomon albatta mahsulot to’g’risida o’zining xolisona fikrini haqqoniy bildira olishi, juda ko’p vaqtdan buyon shu faoliyat bilan shug’ullanayotganligi sababli sotilayotgan mahsulotning shu vaqtda va shu bozordagi narxi bir-biriga mos tushushini belgilay oladigan mutaxassis bo’lishi talab etiladi. Savdoning bu turi asosan kata miqdordagi yoki qimmatbaho xarid paytida qo’llanilgan bo’lib, bu holatni hozir ham qoramol, qo’y yoki ot savdolarida uchratishimiz mumkin. O’rtada turuvchi xolis tomon (ularni dallollar deb yuritilgan) savdoni bir muqim bo’lishiga yordam berib, savdo obyektiga xos bo’lgan sifat ko’rsatkichlariga tavsif beradi va xolisona baho beradi. Bu shaxsni hozirda ko’p qo’llanilayotgan broker bilan tenglashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki broker sotilayotgan yoki olinayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari to’g’risida yetarli baho bera oladigan shaxs sifatida emas, balki sotuvchi tomondan belgilangan narxda mahsulotni sotish yoki sotib olish bilan shug’ullanadi. Biz sertifikatlashtirishni tushuntirish maqsadida tanlagan misolimizda savdo tugagandan so’ng sotuvchi tomon o’z savdosidan, oluvchi tomon esa xarididan va savdo obyektining mavjud sifat ko’rsatkichlaridan ishonch hosil qilib, qoniqish hissiga ega bo’ladi. Bu savdoning yana bir muhim xususiyati – uchinchi xolis tomon sifatida alohida ishonchga va nufuzga ega bo lgan, rostgo’y shaxslargina ishtirok etishi mumkin. Bizdagi mana shu savdo turi bir necha yuz yillardan beri mavjud bo’lib, chet davlatlarda sertifikatlashtirish deb ataluvchi faoliyatga aynan shu asos solgan bo’lsa ham ajab emas.
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo’llanmasida "sertifikatlashtirish" atamasining faqatgina izohlari berilgan:
Sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish, tashkilotning sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini sertifikatlashtirish bo’yicha yangi dolzarb yo’nalishni keltirib chiqardiki, ushbu yo’nalish bugungi
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlashtirishda, muvofiqlikni tasdiqlashda, uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baho berishi tushuniladi.
kunda keng qo’llanilib, bozor iqtisodiyotidagi raqobatbardoshlik, o’zaro savdosotiqning samarasi va istiqbolilik darajalarini belgilab beradigan omillardan asosiysi sifatida saxnaga chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |