МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
64
muammolari bilan bir qator pedagogik olimlar shug’ullanganlar. Bulardan p.f.d. professorlar
S.Nishonova., O.Musurmonova., R.Mavlonova., J.Hasanboyev, O.Hasanboyeva hamda
t.f.d. xalqaro pedagogika fanlar akademiyasi akademigi X.To’raqulov, p.f.n. N.Kushvaktov
va boshqalarni misol tariqasida keltirib o’tishimiz mumkin.
Bizga ma’lumki ta’lim-tarbiya jarayonida talabalar ongiga va qalbiga milliy–
ma’naviy qadriyatlarni singdirish muhim tizim hisoblanadi. Milliy–ma’naviy qadriyatlarni
boshlang’ich sinf talabalari ongi va qalbiga singdirishda odobnoma va o’qish darslaridan
keng foydalanib insoniy fazilatlarni shakllantirishga harakat qilinadi. Professional ta’lim
tizimida talabalarini dars jarayonlarida milliy-ma’naviy qadriyatlarga o’rgatib borish
bugungi kunning asosiy talabidir. Talabalar ongiga va qalbiga milliy – ma’naviy qadriyatlarni
singdirish orqali, pok qalblarda insoniy fazilatlarni tarkib toptiriladi. Bugungi kundagi ta’lim
– tarbiya jarayoni oldida turgan bosh masalalardan biri ham aynan shu bilan belgilanadi.
Milliy-ma’naviy qadriyatlarni professional ta’limda talabalari hayotida aks ettirish lozim.
Talabalarga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’rgatishda pedagogik va psixologik tadqiqot
natijalari asosida tavsiya yetilgan usullarga, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga amal
qilish zarur. Bu o’qituvchining talabalar bilan faol ish olib borishiga yordam beradi.
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati,
tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.
Milliy qadriyatlar – muayyan biror bir xalqqa taalluqli bo’lgan urf-odatlar va an’analar,
barcha xalqqa tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklar majmuidir. Talabalarning milliy
qadriyatlar to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish quyidagi ketma-ketlikda bosqichma-
bosqich olib boriladi:
■ milliy qadriyatlar to’g’risida tushuncha;
■ xalq og’zaki ijodi natijalari;
■ urf-odatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyatlari;
■
oilani ma’naviy boyitishga zamin tayyorlash va shu kabilarga qat’iy e’tibor
beriladi.
Milliy qadiriyatlar o’rganish o’zlikni anglashning asosiy bosqichlaridan biri bo’lib,
ularni o’rganishning bir qancha uslublari mavjud. Jumladan: oila tarbiyasi – yo’nalishida
halqimizning boy tajribasi o’rganilgan. Vatanparvarlik yo’nalishida halqimizning buyuk
siymolari faoliyati, ularning yel oldidagi xizmatlari ko’rsatilgan va shunga o’xshsh
milliy qadriyatlar o’rganib chiqilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiyada yesa KTMD da qayd
yetilganidek «O’quv uslubiy majmualarining ham ta’lim jarayoni didaktik va axborat
ta’limotining Yangi avlodini ishlab chiqi shva joriy yetish », axborat bazasini yaratish va
ular orasida ta’lim berish dolzarb muammodi. Ma’lumki XXI asr intellektual salohiyatni
yuksaltirish asri bo’lib, u halq ho’jaligi tarmog’ining barcha sohalariga o’z informasion
texnologiyalari bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan ta’lim sohasida ham yangi zamonaviy
axborot va telekomunikasion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Inson tafakkuri har
ishga qodir. Shuning uchun ham yeng asosiy muammolarni ijodkor o’z tafakkuri orqali
yechishga harak qiladi va bunda kompyuterlar qo’yilgan maqsadga tezroq va qulayroq usul
bilan yetib olishga imkoniyat yaratadi.
Xulosa qilib aytgan, yangi turdagi professional ta’lim tizimida talabalarini ma’naviy
jihatdan tarbiyalanish pedagogning mahoratiga bog’liq bo’ladi. Buning uchun talabalar
ongiga Prezidentimizning yuqorida bayon qilgan ma’naviy tarbiyaning mohiyatini singdirish
lozim. Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirishda, ayniqsa boshlang’ich
ta’limda har tomonlama qiziqarli usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bizlarga
berilgan keng imkoniyatlardan to’g’ri foydalanib, yoshlarni barkomol avlod darajasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |