Ushbu tiining nomi Personal Home Page Tools so‘zlarining
qisqartmasidan olingan. PHP da С va
Perl tillarida uchragan bir
qator muammolar hal etilgan, bundan tashqari, PHP ma’lumotlar
bazasi bilan ishlash uchun juda qulay vositadir. Umuman olganda,
Perl, PHP - ochiq tizimli tillar hisoblanadi.
JSP
JSP (JavaServerPage) texnologiyasi o‘zining
funksional
imkoniyatlariga ko‘ra ASP ga o‘xshashdir. Asosiy farqi shundaki,
bunda VBScript va JavaScript bilan birga Java tili ham qo‘llanila
oladi. Shunga qaramay JSP Java dan oldinroq qoilanilgan va ushbu
texnologiya mukammal Web-ilovalar yaratish uchun yetarli
imkoniyatga ega.
SSI
SSI (Server Side Include) vositasi dastlab HTML-faylni dastlab
serverda qayta ishlaydi va undan so‘ng uni kliyentga uzatadi.
Dastlabki qayta ishlash vaqtida hujjatga
dinamik generatsiya
qilingan ma’lumotlar qo‘shiladi, masalan joriy vaqt haqidagi
ma’lumot. Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning
tarkibiga qo‘shimcha qo‘llanmalar qo‘shishga mo‘ljallangan,
HTMLning qismi hisoblanadi.
PHPasosIari.
Ko‘pgina boshqa dasturlash
tillaridan farqli ravishda, PHP
qandaydir tashkilot yoki kuchli dasturchi tomonidan yaratilgan
emas. Uni oddiy foydalanuvchi Rasmus Lerdorf 1994-yili o‘zining
bosh sahifasini interaktiv uslubda ko‘rsatish uchun yaratgan. Unga
Personal Home Page (PHP - shaxsiy bosh sahifa) deb nom bergan.
1995-yili Rasmus PHPni o‘zining HTML formalari bilan
ishlaydigan boshqa dastur bilan umumlashtirib PHP/FI Version 2
("Form Interpretator") dasturini yaratdi. 1997-yiIga borib PHP dan
foydalanuvchi saytlar 50 mingdan oshdi. 1999-yiIga
kelib PHP
asosida qurilgan saytlar milliondan oshib ketdi. 2000-yilda esa
yangi ko‘pgina funksiyalarni qo‘shish natijasida PHP4 yaratildi.
PHP - veb-texnologiya tili. PHPni o‘rganish uchun aw al
HTML va dasturlash tilidan xabardor bo‘lish talab qilinadi.
HTML/CSS va JavaScript larni mukammal biluvchilar uchun
PHPni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
PHPning vazifasi
297
HTML faylini yaratib berish. JavaScript yordamida bajariladigan
ko‘pgina operatsiyalami PHP orqali ham amalga oshirish mumkin,
ammo e’tibor qilish lozimki, PHP
- serverda; JavaScript - kliyent
tomonda bajariladi. PHPda yozilgan kod serveming o'zida
bajarilib, kliyentga HTML shaklida yetib boradi. Bu xavfsizlik
jihatdan ancha maqsadga muvofiq.
JavaScript yordamida kod
yozish, ma’lumot uzatish va qabul qilishni biroz tezlashtirsa-da,
kodni kliyent ko‘rish imkoniyatiga ega bolladi.
PHP imkoniyatlari
Birinchi
navbatda PHP tili server tomonidan bajariladigan
skriptlar yaratish uchun foydalaniladi
va aynan shuning uchun u
yaratilgan. PHP tili ixtiyoriy CGI-skriptlari masalalarini yechishga
va bundan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: