Elektron karmon, ularni to‘Idirish va ulardan pul yechish
•Elektron karmon - bu elektron pullami saqlash uchun
mo ‘ Ij allangan vosita.
•Elektron karmonni to'ldirish va ulardan pul yechish quyidagi
usullar bilan amalga oshirish mumkin:
- Tijorat banklarida naqd pul bilan
- Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida
- Pochta orqali
- Internet-banking yordamida
- Pul o'tqazmalar tizimlari yordamida
- Mobil aloqa yordamida
VISA va MasterCard kartalari
•VISA kartalari bo‘yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion
AQSH dollarini tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan
ortiq mamlakatlarida qabul qilinadi. Dunyoda to‘lov kartalarining
57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari
MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi.
•MasterCard Worldwide — dunyoning 210 mamlakatlaridagi
22 ming moliyaviy tashkilotlami birlashtirgan xalqaro to‘lov tizimi
hisoblanadi. Bosh ofisi AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan.
•VISA va MasterCard kartalari - Intemetda to‘lov operat-
siyalarini amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
O‘zbekiston global savdo tizimi
286
Shaxsiy kompyuteringizdan ham, UzEx savdo maydon-
chalaridan ham savdo qilish imkoniyatini beruvchi global milliy
savdo maydonchasi.
Ushbu savdo tizimi, iPAY tizimi foydalanuvchilariga,
maksimal qulayliklar bilan osongina o‘z tovarlarini sotish va
kerakli tovarlami xarid qilish imkonini beradi.
0 ‘zbekiston global savdo tizimi manzili - www.uzbex.com
6.20.Masofaviy ta’lim texnologiyalari
Kadrlar tayorlash sifatini yanada yaxshilash, ta’lim to‘g‘ri-
sidagi qonunni to‘la amalga oshirish uchun ta’limning turli
shakllaridan foydalanish zarur bo ‘ lib kelyapti.
Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘p ishlar olib
borilmoqda.
Bularga Respublikamizda yangi
rivojlangan,
"masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turini misol qilishimiz
mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha ma\jud bo‘lgan ta’lim
turlaridan o‘zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.
Bu ta’lim turini paydo bo‘lishiga asosiy sabab deb axborot va
kommunikatsion texnologiyalaming tezkor rivojlanishi va ular
asosida prinsipial yangi ta’lim texnologiyalar (internet texnolo
giyalar) yaratilishini hisoblash mumkin. Internet texnologiyalardan
foydalanish bizga o‘quv materiallami cheksiz va juda arzon
tarqatish va ko‘paytirish hamda uni o‘quvchilarga tezkor va aniq
yetkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim
interaktiv bo‘lganligi sababli, o‘quvchining o‘z ustidan mustaqil
ishlashning o‘mi juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Masofaviy ta’lim modellari.
Masofaviy ta’lim (MT) - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri
bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot
texnologiyalardan foydalanilgan ta’lim turi. Bu ta’lim turini bir
necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilimshiga
sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar
(mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan
regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va axborot-
lashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish
darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxassislar mavjudligi, ta’lim
sohasida
axborot
va
kommunikatsion
texnologiyalardan
foydalanish darajasi, mamlakatning ta’Iim sohasidagi odatlari.
1) Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o‘quvchilar
bilan ishlash uchun yaratiladi. Ulaming har bittasi virtual
o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy
nazoratlarm topshirish uchun esa regional bo‘limlar bo‘lishi shart.
Shunday o ‘quv kurslarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv
shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar
beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq
universitetidagi (http://www.ou.ukl ta’limni olish mumkin.
2)
Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi
ta’lim o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir
xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, imtihonlar va ulami baholash
mezonlari mavjud. Shunday o‘quv muassasalarda kunduzgi
kurslaming soni masofaviylarga qaraganda ko‘p. Ushbu masofaviy
kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo‘nalishlami izlanish-
larida qo‘llaniladi. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va
Avstraliya universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish
mumkin.
3)
Aralash model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi
ta’lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. 0 ‘quvchilar
o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa
masofadan o'qiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar,
taqdimotlar va ma’ruzalar o‘tkazish ham kiradi. Bu modelga misol
qilib
Yangi
Zelandiyadagi
Massey
universitetidagi
(http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin.
4) Konsorsium. Ushbu model ikkita universitetlami bir-biri
bilan birlashishini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv
kurslami tashkil qilib ishini ta’minlasa, ikkinchisi esa ulami
tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilami ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu
jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi
yoki universitet o‘mida ta’lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham
qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslami doimiy
ravishda nazorat qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur
288
bo‘ladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq 0 ‘quv
Agentligidagi flittp://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin.
5) Franchayzing. Ushbu model ikkita universitet yaratgan
o‘quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim sohasida
yetakchi bo'lgan o‘quv muassasa bu sohada ilk qadam qo‘yadigan
muassasaga o‘zining o‘quv kurslarni taqdim qiladi. Ushbu modelda
ikkala muassasa o‘quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi.
Bu modelga misol qilib Ochiq universitet Biznes maktabi va
Sharqiy Yevropa universitetlari bilan bo‘lgan hamkorligi bo‘lishi
mumkin.
6) Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan
bo'lgan munosabatlariga o‘xshash. Bu modelda bitta universitet
o'quv kurs diplomlarlami kafolatlasa, qolgan bir nechta univer-
sitetlar o‘quvchilami ta’minlaydi.
7) Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda axborot va
kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o‘quv
muassasada bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslar videokonferensiyalar,
radiotranslatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron
teleko‘rsatuvlar ko‘rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi.
Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o‘quvchilar
kunduzgi ta’limda qatnashmaydi. Bu modelga misol qilib
| AQSHning Viskonsing universitetidagi va Xitoyning markaziy
radio va televideniye universitetidagi ta’limni olish mumkin.
8) Loyihalar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish
гпяд<;ягИНя£! dasturlami bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish
masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to'plangan ilmiy-
metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar
aholining katta qismiga namoyish qilinib o‘z vazifasim
bajargandan keyin to‘xtatiIadi. Bu modelga misol qilib Afrika,
Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida
o'tkazilgan qishloq xo‘jaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi
o‘tkazilgan har xil kurslar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |