Turizmda axborot texnologiyalari


Elektron karmon, ularni to‘Idirish va ulardan pul yechish



Download 88,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet177/183
Sana18.07.2022
Hajmi88,63 Kb.
#820582
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183
Bog'liq
Turizmda axborot texnologiyalari. Zaynalov N.R

Elektron karmon, ularni to‘Idirish va ulardan pul yechish
•Elektron karmon - bu elektron pullami saqlash uchun
mo ‘ Ij allangan vosita.
•Elektron karmonni to'ldirish va ulardan pul yechish quyidagi 
usullar bilan amalga oshirish mumkin:
- Tijorat banklarida naqd pul bilan
- Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida
- Pochta orqali
- Internet-banking yordamida
- Pul o'tqazmalar tizimlari yordamida
- Mobil aloqa yordamida
VISA va MasterCard kartalari
•VISA kartalari bo‘yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion 
AQSH dollarini tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan 
ortiq mamlakatlarida qabul qilinadi. Dunyoda to‘lov kartalarining 
57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari 
MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi.
•MasterCard Worldwide — dunyoning 210 mamlakatlaridagi 
22 ming moliyaviy tashkilotlami birlashtirgan xalqaro to‘lov tizimi 
hisoblanadi. Bosh ofisi AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan.
•VISA va MasterCard kartalari - Intemetda to‘lov operat- 
siyalarini amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
O‘zbekiston global savdo tizimi
286


Shaxsiy kompyuteringizdan ham, UzEx savdo maydon- 
chalaridan ham savdo qilish imkoniyatini beruvchi global milliy 
savdo maydonchasi.
Ushbu savdo tizimi, iPAY tizimi foydalanuvchilariga, 
maksimal qulayliklar bilan osongina o‘z tovarlarini sotish va 
kerakli tovarlami xarid qilish imkonini beradi.
0 ‘zbekiston global savdo tizimi manzili -  www.uzbex.com
6.20.Masofaviy ta’lim texnologiyalari
Kadrlar tayorlash sifatini yanada yaxshilash, ta’lim to‘g‘ri- 
sidagi qonunni to‘la amalga oshirish uchun ta’limning turli 
shakllaridan foydalanish zarur bo ‘ lib kelyapti.
Bu borada hukumatimiz tomonidan ko‘p ishlar olib 
borilmoqda. 
Bularga Respublikamizda yangi 
rivojlangan, 
"masofaviy ta’lim" deb nomlangan, ta’lim turini misol qilishimiz 
mumkin. Ta’limning bu turi shu paytgacha ma\jud bo‘lgan ta’lim 
turlaridan o‘zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.
Bu ta’lim turini paydo bo‘lishiga asosiy sabab deb axborot va 
kommunikatsion texnologiyalaming tezkor rivojlanishi va ular 
asosida prinsipial yangi ta’lim texnologiyalar (internet texnolo­
giyalar) yaratilishini hisoblash mumkin. Internet texnologiyalardan 
foydalanish bizga o‘quv materiallami cheksiz va juda arzon 
tarqatish va ko‘paytirish hamda uni o‘quvchilarga tezkor va aniq 
yetkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. Shu bilan birga ta’lim 
interaktiv bo‘lganligi sababli, o‘quvchining o‘z ustidan mustaqil 
ishlashning o‘mi juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Masofaviy ta’lim modellari.
Masofaviy ta’lim (MT) - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri 
bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot 
texnologiyalardan foydalanilgan ta’lim turi. Bu ta’lim turini bir 
necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilimshiga 
sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar 
(mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan 
regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va axborot- 
lashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish


darajasi, masofaviy ta’lim uchun mutaxassislar mavjudligi, ta’lim 
sohasida 
axborot 
va 
kommunikatsion 
texnologiyalardan 
foydalanish darajasi, mamlakatning ta’Iim sohasidagi odatlari.
1) Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o‘quvchilar 
bilan ishlash uchun yaratiladi. Ulaming har bittasi virtual 
o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy 
nazoratlarm topshirish uchun esa regional bo‘limlar bo‘lishi shart. 
Shunday o ‘quv kurslarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv 
shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar 
beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq 
universitetidagi (http://www.ou.ukl ta’limni olish mumkin.
2) 
Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi 
ta’lim o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir 
xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, imtihonlar va ulami baholash 
mezonlari mavjud. Shunday o‘quv muassasalarda kunduzgi 
kurslaming soni masofaviylarga qaraganda ko‘p. Ushbu masofaviy 
kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo‘nalishlami izlanish- 
larida qo‘llaniladi. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va 
Avstraliya universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish 
mumkin.
3) 
Aralash model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi 
ta’lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. 0 ‘quvchilar 
o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa 
masofadan o'qiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar, 
taqdimotlar va ma’ruzalar o‘tkazish ham kiradi. Bu modelga misol 
qilib 
Yangi 
Zelandiyadagi 
Massey 
universitetidagi 
(http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin.
4) Konsorsium. Ushbu model ikkita universitetlami bir-biri 
bilan birlashishini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv 
kurslami tashkil qilib ishini ta’minlasa, ikkinchisi esa ulami 
tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilami ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu 
jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi 
yoki universitet o‘mida ta’lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham 
qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslami doimiy 
ravishda nazorat qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur
288


bo‘ladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq 0 ‘quv 
Agentligidagi flittp://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin.
5) Franchayzing. Ushbu model ikkita universitet yaratgan 
o‘quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim sohasida 
yetakchi bo'lgan o‘quv muassasa bu sohada ilk qadam qo‘yadigan 
muassasaga o‘zining o‘quv kurslarni taqdim qiladi. Ushbu modelda 
ikkala muassasa o‘quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi. 
Bu modelga misol qilib Ochiq universitet Biznes maktabi va 
Sharqiy Yevropa universitetlari bilan bo‘lgan hamkorligi bo‘lishi 
mumkin.
6) Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan 
bo'lgan munosabatlariga o‘xshash. Bu modelda bitta universitet 
o'quv kurs diplomlarlami kafolatlasa, qolgan bir nechta univer- 
sitetlar o‘quvchilami ta’minlaydi.
7) Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda axborot va 
kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o‘quv 
muassasada bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslar videokonferensiyalar, 
radiotranslatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron 
teleko‘rsatuvlar ko‘rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. 
Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o‘quvchilar 
kunduzgi ta’limda qatnashmaydi. Bu modelga misol qilib
| AQSHning Viskonsing universitetidagi va Xitoyning markaziy 
radio va televideniye universitetidagi ta’limni olish mumkin.
8) Loyihalar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish 
гпяд<;ягИНя£! dasturlami bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish 
masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to'plangan ilmiy- 
metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar 
aholining katta qismiga namoyish qilinib o‘z vazifasim 
bajargandan keyin to‘xtatiIadi. Bu modelga misol qilib Afrika, 
Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida 
o'tkazilgan qishloq xo‘jaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi 
o‘tkazilgan har xil kurslar bo‘lishi mumkin.

Download 88,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish