Embrion (murtak)ning rivojlanishi.
Urug‘lanish sodir bо‘lgandan
keyin, tuxumhujayra parda bilan о‘ralib tinchlik davrini о‘taydi. Bu
davr sharoitga bog‘liq bо‘lib, bir necha vaqtga chо‘zilishi mumkin.
Masalan, g‘alladoshlar va murakkabguldoshlarda bu eng qisqa vaqt
bо‘lib, bir necha soat davom etadi. Shundan keyin tuxumhujayra
kо‘ndalangiga ketgan tо‘siq bilan ikkita hujayraga, ya’ni chang
yо‘liga qaragan terminal va unga qarama-qarshi tomonda bazal
A
B
155-rasm. Yopiq urug‘li о‘simliklarning qо‘sh urug‘lanishi:
A-bitta urug‘kurtakli tuguncha,; B-tо‘rtta urug‘kurtakli tuguncha;
1-tumshuqcha, 2-ustuncha, 3-tuguncha, 4-urug‘kurtak, 5-murtak xalta, 6-tuxum
hujayra sinergidlar, 7-antipodlar, 8-ikkita polyar yadro, 9-tumshuqchada
о‘sayotgan chang, 10-chang nayining uchki qismida ikkita spermiy kо‘rinmoqda,
11-changdon, 12-changipi, 13-tojbarg, 14 kosachabarg.
291
hujayralarga bо‘linadi. Keyinchalik bu hujayralar har xil bо‘linadi.
Masalan, butguldoshlar oilasining vakillarida bazal hujayra
kо‘ndalangiga, terminal hujayra uzunasiga bо‘linib, boshlang‘ich
murtak hosil qiluvchi hujayraga aylanadi. Har qaysi bо‘lingan
terminal hujayra bir necha bor kо‘ndalangiga va uzunasiga bо‘linib,
hamma tomoni tо‘rt burchak hujayralar yuzaga keladi. Shu
hujayralarning har biri bо‘linib, oktang (lot. okto – sakkiz) deb
ataladigan hujayralarga aylanadi.
Bir vaqtning о‘zida bazal hujayra kо‘ndalangiga va ba’zan
uzunasiga ketgan tо‘siqlar bilan bо‘linib tortma (osilma-sop) hosil
qiladi. Tortma embrion paydo qiladigan terminal hujayraning oziq
moddalarini embrionning rivojlanishi uchun sarf bо‘ladigan
endosperm bilan tо‘luvchi embrion xaltasi bо‘shlig‘iga surib tushiradi.
Endosperm – urug‘dagi oziq moddalarni yig‘uvchi maxsus tо‘qimaga
aylanadi. Tortmaning eng yuqori qismidagi hujayra о‘sib pufaksimon
nayga о‘xshab, gaustoriya sо‘rg‘ichga aylanadi.
Oktang hujayralarning ostki qismidan novdaning о‘sish nuqtasi,
ikki pallali о‘simliklarda ikkita urug‘palla, ustki qismida gipokotil
(yunon. xipo – urug‘palla osti) taraqqiy etadi. Urug‘pallalar bilan
tortma о‘rtasidagi pastki hujayradan birlamchi ildiz hosil bо‘ladi.
Urug‘pallaning pastki bandi epikotil (yunon. epi – ustida, kotil –
urug‘palla) deb ataladi. Boshlang‘ich novda kо‘pincha bо‘rtma
kо‘rinishida bо‘lib, uning atrofini boshlang‘ich barglar о‘rab olib
kurtak yuzaga keladi. Bir pallali о‘simliklarda embrion ichidagi
ikkinchi urug‘palla juda erta nobud bо‘ladi. Shuning uchun urug‘ unib
chiqqanda faqat bitta urug‘palla bilan о‘sadi. О‘sish nuqtasi
novdaning yon tomonida joylashadi (156 – 157-rasmlar).
Kо‘pgina orxisdoshlar va parazit hamda saprofit о‘simliklarda
embrion juda kichkina bо‘lib, bir xil shakldagi hujayralardan tashkil
topadi. Endosperm urug‘murtakning rivojlanishi uchun muhim oziq
moddadir. Asosan ikki xil endosperm (nuklear va sellyular) bо‘ladi.
292
Do'stlaringiz bilan baham: |