Ornitofiliya.
Afrika va Janubiy Amerika tropik о‘rmonlarida
о‘sadigan (yuqa, banan, kana va boshqa) о‘simliklarning gullari
mayda kushchalar (kolibra, asalsо‘rar) yordamida changlanadi.
Kо‘pchilik ornitofil gullar och qizil rangda bо‘ladi. Qushlar shu rangni
yaxshi ajratib, guldagi nektarni sо‘rish vaqtida changlarni о‘ziga
153 -racm. Anjirning chetdan changlanishi:
1 – tо‘pgulning bо‘ylama kesmasida; 2 – uzun ustunchali tо‘pgul
urug‘chisining bо‘ylama kesmasi; 3 – changchi guli; 4-5 – uzun va qisqa
ustunchali urug‘chi guli; 6 – tugundagi ari; 7 – blastofaga arisi.
286
yuqtiradi va boshqa gulga borib nektarni olish vaqtida gulni
changlantiradi.
Gidrofiliya.
Kо‘l va daryo atrofida talaygina о‘simliklar suv
sharoitida о‘sishga moslashgan (masalan, dengiz о‘ti (zostera), dengiz
nayadasi, elodeya, vallisneriya va boshqalar). Bu о‘simliklarning guli
suv yordamida bilan changlanadi. Bunday changlanishga gidrofiliya
deb ataladi. Masalan, vallisneriyaning urug‘chi guli spiral singari
buralgan bandi suv ostida joylashadi. Urug‘chi yetilgandan sо‘ng
suvning betiga chiqadi, ayni vaqtda changchi gul uzilib, suv oqimi
yordamida spiral bandga joylashgan urug‘chiga borib, uni
changlantiradi. Shundan keyin urug‘langan gulning bandi tortilib,
urug‘chi gul suv tagiga tushadi, u yerda rivojlanadi.
Anеmofiliya.
О‘rmonlarda о‘suvchi daraxtlarning taxminan 20%
anеmofil о‘simliklar hisoblanadi. Chо‘l va sahrolarda о‘suvchi
g‘alladoshlar oilasiga mansub о‘simliklarning kо‘pchiligi ham
anеmofil lardan iborat. О‘tchil о‘simliklardan (g‘alla о‘simliklar,
qiyoq о‘tlar, shuvoq, nasha, qichitqi о‘t, otquloq, zubturum va
boshqalar), daraxtlardan (oq qayin, terak, tol, qayrag‘och, yong‘oq,
tut, dub (eman), xurmo daraxtining kо‘pchiligi) anеmofil hisoblanadi.
Bu о‘simliklarning gullari mayda, kо‘rimsiz bо‘lib, о‘zidan hid
chiqarmaydi. Ularning gullari oddiy kosachasimon gulqо‘rg‘ondan
iborat. Changlari mayda bо‘lib, juda ham kо‘p. Bir yoki ikki uyli,
dixogamiya va geterostiliya hodisasi uchraydi. Changlar quruq bо‘lib,
uzoq masofalarga tarqaladi. Anеmofil о‘simliklarda changlarning
tarqalishini osonlashtiradigan, tebranib turadigan kuchalalar (tog‘
terak, dub, eman va boshqalar), changni ilib oladigan uzun-uzun,
tuqsor va patsimon tumshuqchalar (galla о‘simliklar, kо‘pgina
daraxtlar) bо‘ladi. Anеmofil daraxtlarning kо‘pchiligi bahorda, barg
chiqarmasdan oldin yoki barg chiqishi bilan gullaydi va
tumshuqchalar changni osonlik bilan ushlaydi. О‘tchil о‘simliklardan
qichitqi о‘t о‘simlikning changchilari uzun-uzun bо‘lib, g‘uncha
ochilishi bilan, changdon kuch bilan ochilib, changlarni sochib
yuboradi. Bularning hammasi Anеmofiliyaning eng muhim belgilari
hisoblanadi.
Anеmofil о‘simliklar kо‘pincha katta-katta chakalakzorlar,
о‘tloqlarni hosil qiladi va changni osonlik bilan tutib oladi. Anеmofil
о‘simliklarning antekologiyasi ancha yaxshi о‘rganilgan. Masalan,
g‘alla о‘simliklarining changdonlari bir vaqtda ochilmasa ham, lekin
287
ba’zilari faqat ertalab, boshqalari kunning ikkinchi yarmida va
ayrimlari kechqurun ochiladi. Qamishning gullashi ertalab soat 4 dan
yarim tungacha (soat 20 gacha) davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |