novdaning qismini birlashgan tо‘pgullar
yoki sinfloressensiya
deyiladi.
Sinfloressensiyani hosil qilgan novdalar bir necha zonalarga
bо‘linadi. Birinchi zonaga shunday novdalarning pastki qismi kirib
tо‘p barglarini qо‘ltig‘ida о‘simlikning
yer ustki organlarini hosil
qiluvchi kurtaklar joylashadi, bu zonani yangidan hosil qiluvchi zona
deyiladi.
Keyinchalik bu zona о‘t о‘simliklarning kо‘p yillik qismining
tarkibiga kiradi. Undan yuqoriroqdagi qismi kam rivojlangan
shoxlanmagan zona deyiladi. Bu zonada barglar qо‘ltig‘idagi kurtaklar
rivojlanmaydi yoki umuman paydo bо‘lmaydi.
Undan yuqoriroqdagi
qism shoxlanish qism bо‘lib, yon kurtaklar kuchli rivojlanib
tо‘ldiruvchi novdalar paydo bо‘ladi.
Asosiy novda (shoxlanish zonasidan asosiy bо‘g‘im oralig‘i bilan
ajralgan) asosiy tо‘pgul bilan tamomlanadi.
Tо‘ldiruvchi novdalar asosiy novdaning
tuzilishini takrorlaydi va
takrorlovchi zona yoki parakladiya deyiladi. Parakladiyalar I-II-III va
undan ham kо‘proq tartibda shoxlanadi.
Demak, asosiy va yon novdalardagi tо‘pgullar birgalikda birlashgan
tо‘pgullarni hosil qiladi. Shunday qilib, о‘t о‘simliklar bitta
shoxlangan asosiy novdasida turli darajadagi tо‘pgullarni
ajratish
mumkin. Sinfloressensiyaning rivojlanishi yashash sharoitiga bog‘liq
bо‘ladi.
Tо‘pgullarni ta’riflaganda asosiy morfologik belgilarga ahamiyat
beriladi:
1. Tо‘pgullarni gulyonbarglarning bо‘lishi – bо‘lmasligiga qarab:
a) frondoz
b) brakteoz
v) yalang‘och
2. Shoxlanish tartibiga qarab:
a)
oddiy
b) murakkab
3. Asosiy о‘qning о‘sishiga qarab:
a) monopodial
b) simpodial
Tо‘pgullarning monopodiya shoxlanishida
faqat bitta apikal
meristema hisobiga о‘sadi va monopodial rasemoz yoki bortiq
195
tо‘pgullar deyiladi (achambiti). Agar asosiy о‘q bir necha tartibli
novdalar hisobiga simpodial о‘ssa simpodial yoki simoz tо‘pgul
deyiladi (kartoshka).
Asosiy
novdaning, prakladilarning va xususiy tо‘p gullarni apikal
meristemasini holatiga qarab yopiq va ochiq tо‘pgullarga bо‘linadi.
Agar tо‘pgullarning uchi gul bilan tugasa
yopiq
tо‘pgullar deyiladi.
Bunda avval uchki qismidagi gullar ochiladi (102 – rasmlar).
Ba’zi о‘simliklarning apikal meristemasi vegetativ holatda bо‘lib,
ochiq
tо‘pgullar deyiladi. Ochiq tо‘pgullarda
gul pastdan yuqoriga
qarab akropetal ochiladi. Simpodial tо‘pgullarda avval uchki gul
ochiladi va
yopiq
tо‘pgul deb ataladi (102-103 – rasmlar).
Tо‘pgullarning о‘q qismining о‘sishiga va shoxlanishiga qarab
ikkiga bо‘linadi:
1)
Rasemoz (monopodialni) tо‘pgullar;
2)
Simoz (simpodial) tо‘pgullar.
196