www.ziyouz.com
kutubxonasi
91
ko‘ruklari ikki ot, yetmish tuya bo‘lganlikdan, yo‘l bo‘yi gezaklashib (almashib)
minishdilar. Rasululloh yo‘lga chiqqanlarida Shom tomondan kelayotgan karvonning
boshlig‘i Abu Sufyon edi. Bu kishi Hijoz tuprog‘iga o‘tgandan sergaklikka boshlab,
zag‘izg‘ondek soqlik ila yo‘l tutdi. Har qo‘nolg‘uga borish oldidan tingchilar yuborib,
Madina tarafidan saqlanib kelar edi. Ilgarilab karvon oldidan yuborgan tingchilari
Payg‘ambarimizning yo‘l to‘sgali chiqqani xabarini keltirdilar. Buni onglashib karvon
ahliga qattiq qo‘rqinchlik tushdi. Zamzam ibn Amr degan kishini yo‘ldan yigirma misqol
oltinga ijara olib, tezda Makkaga xabar qilgali yubordilar. Bul kishi ersa yelmayon tuyaga
minib, bir necha kun ichida Makkaga yetdi. Shahar o‘rtalig‘iga kelib, tuya ustida tikka
turdi, kishilar qarasalar, teskari qo‘mlagan tuyaga mingan, tuyani quloq-burni kesilib,
qoni oqqan, kiygan ko‘ylagining orqa-oldi yirtilib, yoqasiga yetgan. Mana shundoq kishi
seskanurlik holda turib: «Har kimga molu jon kerak bo‘lsa, ildamlik bilan Abu Sufyon
yordamiga yetsun, Muhammad yo‘ldoshlari bilan qofila karvonni bosmoqchi bo‘lib,
Madinadan chiqdi», deb jonining boricha qattiq qichqirdi.
Dushman tomondan qo‘rqinchlik xabar yetkazgan kishilarning shundoq dahshatlik
sifatda kelishlari arab odatlaridan edi. Bu dahshatlik xabarni eshitgan Quraysh xalqi
butunlay qo‘zg‘aldilar. Abu Jahl boshliq butun qabila boshliqlari Rasulullohga qarshi xalq
g‘azabini qo‘zg‘ashga qattiq kirishdilar. Quraysh raislaridan Abu Lahabdan o‘zga bu
safarga chiqmagan kishi qolmadi. Bu bo‘lsa, o‘z o‘rnida Os ibn Hishom degan kishini to‘rt
ming tangaga yollab yubordi. Oldirashlik (tezlik) bilan tayyorlik ko‘rishib, ikki kun ichida
yo‘lga chiqdilar. Askar qo‘shinida to‘qqiz yuz ellik kishi bo‘lib, yetti yuz tuya, yuztacha
sovutlangan yugurik otlari bor edi. Childirma chalib urush qizdirmoqqa, she’r o‘qib,
o‘zlarini maqtab, musulmonlarni yomonlamoqqa kanizaklardan bir necha qo‘shiqchi
oldilar.
Payg‘ambarimizning Makka mushriklarining bunchalik qilgan ishlaridan xabarlari yo‘q
edi. Bu chiqishlaridan kutilgan maqsad karvon molini qo‘lga tushirish edi. Shuning uchun
vaqt o‘tmasun deb tezdan hozirlik ko‘rib, shul kuniyoq Madina tashqarisiga chiqib,
qo‘shin tuzdilar. Shul joyda ko‘rik o‘tkazib, urushga yaramlik askar tayyorlandi, yoshi
yetmagan bolalar, kuchsiz qari-qartanglar qaytarildi. Shu yerdan ikki kishini tingchi qilib
kaytgan qofila qayerga kelganini bilmak uchun yubordilar. Madinadan ikki-uch kun yurib,
Ravho degan joyga kelganlarida Quraysh qo‘shinlarning kelayotgan xabari bilindi.
Tingchilikka ketgan ikki kishi kelib, bir-ikki kun ichida alar Badr vodiysiga yetib
kelishlarini bildirdilar. Buni anglab, Rasululloh askar boshliqlarini yig‘ib: «Ey mo‘minlar,
ikki toifaning birini bizga bermakka Alloh va’da berdi: yoki Shom tomonidan kelayotgan
Quraysh karvoni bizga o‘lja bo‘lg‘usidur, yoki bularni to‘sib chiqqan qo‘shinlari bilan
to‘qnashsak, zafar topkumizdur», dedilar. Anda ba’zi sahobalar: — «Yo Rasulalloh,
shoshqunlik bilan karvon to‘smoqqa chiqqanligimizdan, yaroq-jabduqlarimizni to‘luqlab
olmagan edik, qanday bo‘lur ekan?» — deb Quraysh askarlariga to‘qnashlikni
tilamaganliklarini sezdirdilar. Anda Miqdod ibn Asvad o‘rnidan turib aytdi: «YO
Rasulalloh, Alloh taolo sizni qaysi ishga buyurgan bo‘lsa, shunga qarab yurish qiling.
Muso qavmi — Bani Isroil aytgan so‘zni bizlar aytmaydurmiz (Payg‘ambarlari alarni
g‘azotga chaqirganda: «Ey Muso, biz urush qilmasmiz, Tangring bilan sen borg‘il urush
qilib shaharni dushmanlardan bo‘shatgil, so‘ngra biz kiraylik, ul chog‘lik biz o‘ltirib
turaylik», degan edilar).
Alloh oti bilan ont icharman, agar bizni olib, Barakal G‘amod shahriga yurar bo‘lsangiz
(arablarning aytishlaricha, dunyoning bir chetidagi shahar), oldi-orqangizdan, o‘ng va
so‘l yoningizdan chopa-yurib, siz aytgan joyingizga yetkururmiz».
Yana ansor sahobalaridan Sa’d ibn Mu’oz aytdi: «YO Rasulalloh, bizlar sizga iymon
keltirdik, sizga Alloh yuborgan (elchi) deb ishondik. Sizning buyrug‘ingizda bo‘lmoqqa,
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |