www.ziyouz.com
kutubxonasi
186
necha kishilarni olib, Toyifga qaytdi. Bulardin xabar bo‘lmagach, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam Xuzo’a qabilasining raislaridan Xarrosh ibn Umayya degan kishini yana
yubordilar. Bu kishini Rasululloh o‘z tuyalariga mindirdilar. Quraysh oldiga borgach,
elchilik xizmatini ado qilib, Rasululloh so‘zlarini alarga yetkurdi. Uning so‘zini ham qabul
qilmadilar. Balki Abu Jahl o‘g‘li Ikrima g‘azab bilan o‘rnidan turib, elchi minib kelgan
Rasululloh tuyalarini oyog‘iga qilich urdi, elchini ham o‘ldirishga qasd qilgan edilar.
Ahobish qabilasi, elchi o‘ldirish yana odat bo‘lib qolgay, deb alarni qaytardilar.
Elchi o‘limdan qutilib Rasululloh oldilariga keldi, ko‘rgan-bilganlarini gapirib berdi.
Muning so‘zini anglagach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Umarni yana
yubormoqchi bo‘ldilar. Anda Hazrati Umar:
— Yo Rasululloh, agar men borur bo‘lsam, ular meni o‘ldirmaqqa qasd qilgaylar. U
chog‘da meni himoya qilgudek qavmu qarindoshlarimdan Makka shahri ichida hech kim
yo‘qdir. Quraysh xalqiga menim qo‘limdan, tilimdan ziyon yetganligini ular yaxshi
bilurlar. Shuning uchun menga ko‘zlari tushishi bilan jonimga qasd qilishlari
shubhasizdir. Mendan ko‘ra bu xizmatga Hazrati Usmonni yuborur bo‘lsangiz, balki
yaxshiroq bo‘lur, chunki aning tuqqanlari Bani Umayya Makka shahrida ko‘pdurlar. Agar
dushmanlar tomonidan biror turlik ko‘ngilsiz ish bo‘lishi sezilar ekan, u yerdagi
qarindoshlari uni himoya qilgaylar, yo Rasulalloh, — dedi.
Aning bu so‘zini barcha sahobalar maslahat ko‘rishib, Hazrati Usmonni elchilikka
yubordilar. Hazrati Usmon Makkaga kirmasdan ilgari qabila raislaridan Ibbon ibn Sa’d
oldiga kirib, undan o‘ziga himoya so‘radi. U ham ani o‘z himoyasiga olib, dushmanlar
zararidan saqlamoqqa va’da berdi. Bu ishni ersa, arab raislari o‘zlari uchun ulug‘ sharaf
bilur edilar. Himoya so‘raguvchi kishi aning dushmanlaridan bo‘lsa ham, uni o‘z
himoyasiga olmoq kabi olijanoblik ishlari o‘shal zamon arablari ichida bor edi.
Shundoq bo‘lib, Hazrati Usmon Abu Sufyon boshliq barcha Quraysh raislariga Rasululloh
so‘zlarini yetkuzdi. Urush uchun emas, balki Baytullohga ta’zim qilib, ziyorat uchun
kelganliklarini ularga anglatdi. Bu to‘g‘rida bir qancha so‘z aytildi, hammasini bekor
qildilar. Hazrati Usmon ham alardan umid uzib qaytmoqchi bo‘ldi. Lekin tezdan
qaytishga ruxsat qilmasdan uch kun ta’xirga soldilar. Yana sahobalardan o‘n odam
Hazrati Usmon Makkaga kirganlarida birga kirgan edilar. Bular esa Madinaga hijrat qilib
ketganlarida oilalari Makkada qolgan kishilar edi. Har qaysilari shaharga kirishib, o‘z
oilalari bilan ko‘rishib oldilar. Yana Quraysh raislari Hazrati Usmonga Ka’bani ziyorat qilib
olishga ruxsat qilurmiz, dedilar. Anda Hazrati Usmon aytdilarkim:
— Rasululloh ziyorat qilmaguncha, men Ka’bani ziyorat qilmagayman.
Shu sababli ularning qaytishlari uch-to‘rt kun kechikib qoldi. Bundan tashvishlanib
turgan chog‘larida «Hazrat Usmon boshliq Makkaga kirishgan o‘n kishini o‘ldiribdurlar»,
degan yolg‘on xabar Rasulullohga yetdi. Muning bo‘lishi ham gumon qilinmoqda edi.
Anda Rasululloh:
— Agar bu xabar rost bo‘lar ekan, u chog‘da urush qilmaguncha bu joydan ketmaymiz.
Ey mo‘minlar, Alloh taolo sizlardan bay’at olishni buyurdi. Kelinglar, o‘limdan
qo‘rqmasga, dushmandan qochmasga, tug‘ tutib ahd-paymon bering, dushmanni
yengib, Makkani olgaymiz yoki barchamiz shahodat topqaymiz, — dedilar.
Mana shu bay’atni Qur’on va boshqa hadis kitoblarida Rizvon bay’ati deb ataydilar.
«Inna Fatahna» surasida Alloh taolo shu oyatlarni tushirib, bu bay’at voqeasini bayon
qildi:
«Laqad raziyallohu anil muminiyna iz yuboyi’unaka taxta-shajarati faalima mu fiy
qulubihim faanzalas-sakiynata alayhim faasobahum fathan qoriban va mag‘onima
kasiratan ya’xuzunaho va kanallohu aziyzan hakima».
Ma’nosi: «Alloh taolo shu mo‘minlardan rozi bo‘ldi, chunki ular Samura daraxtining
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |