www.ziyouz.com
kutubxonasi
185
chidayolmay:
— Ey Urva, shu so‘zingga sen Lot butingning tillig‘ini tishlabsan. Bizlar Rasulullohni
dushmanga qoldirib qochmaymiz, dedilar.
Bu so‘z ersa arablar ichida eng og‘ir so‘kishdir. Chunki Toyif ahli Saqif qabilasi xotin
suratidagi Lot nomlik butga topinur edi. Shul butni xotin o‘rnida ko‘rib, aning andomini
tishlatib qo‘ydi.
Shuning bilan o‘z dinida qandoq qattiq turganini va o‘limdan qochish mo‘minlarga
mumkin emasligini bildirdi. Rasululloh oldilarida bu kabi uyat bo‘lg‘udek so‘z hazrati Abu
Bakr Siddiq kabi ulug‘ zot og‘zidan chiqishi to‘g‘ri emas edi. Shunday bo‘lsa ham,
dushmanni sindirishda qondurg‘udek so‘z bo‘lganlikdan Rasululloh bu so‘zni og‘ir
olmadilar. Yo‘q esa, odatlaricha shunday so‘zni aytgan kishiga tanbeh berur edilar.
Quraysh elchisi Urva Saqif qabilasining raisi bo‘lgani uchun yuqorigi so‘z unga qattiq
tegdi. Anda Urva:
— YO Muhammad, menga shundoq og‘ir so‘z aytguvchi kimdur? — deb so‘radi.
— Abu Qahofa o‘g‘li Abu Bakrdur, — dedilar.
Anda Urva aytdi:
— Ey Abu Bakr, menim haqqimda sening bir yaxshilik qilganing bor edi. Shu kungacha
men uni qaytarolmagan edim, u qilgan yaxshiliging hozir yodimga tushdi. Shuning
uchun g‘azabimni yutdim. Yo‘q esa, sening bu yomon so‘zingga undan ham yomonroq
so‘z topib qaytarmoqchi edim. O‘shal qilgan yaxshiligingga bu aytgan og‘ir so‘zingni
ko‘tardim, — dedi.
Hazrati Abu Bakr Siddiqning unga qilgan yaxshiliklari ersa, Islomdan ilgari, johiliyat
zamonida Urva bo‘yniga xun to‘lash tushgan edi. U zamon odaticha bir kishi xuniga yuz
tuya to‘lamak lozim edi. Urva esa muni to‘lamakdin ojiz edi. Quraysh kattalaridan
yordam so‘rab keldi. Ularning har qaysilari yordamga bitta-ikkitadan tuya berdilar.
Ammo Abu Bakr Siddiq unga o‘nta katta tuya yordam qilgan edi. Shu yaxshilikni esiga
olib qarshi so‘z qaytarmaganini aytdi.
So‘ngra Rasululloh aytdilar:
— Ey Urva, bizlar bu joyga urushmoq uchun kelmadik, balki umra niyati bilan
Baytullohning ziyorat qilgani keldik. Endigi so‘zimiz, Quraysh xalqi bizni bu ishdan
to‘smasinlar. Umra ibodatini o‘tab, Ka’batullohni ziyorat qilganimizdan keyin o‘z
yerimizga qaytamiz. Mundin boshqa hech qanday maqsadimiz yo‘qdur.
Urva bu so‘zni anglagach, Rasulullohning o‘zga g‘arazlari yo‘qligini bildi. Shu bilan
boshqa so‘zga o‘tmay, Quraysh qavmi oldiga kelib:
— Ey Quraysh xalqi, men ersam o‘z vazifamni ado qilib, topshiriqlaringizni Muhammadga
yetkazdim. Eron shohi Kisroni, Rum podshohi Qaysarni, Habash podshosi Najoshiyni
shon-shavkatlik hollarida ham ko‘rgan edim. Lekin ulardan hech birovining qadrini xalq
oldida Muhammadning qadridek ulug‘ ko‘rmadim. Uning atrofini o‘ragan jonfidolari ersa,
Muhammad o‘zi bu yoqda tursin, bir tola tukini dushmanga bermaslariga ko‘zim yetdi.
Shundoqki, uning oldida ular qattiq qichqirmagaylar, so‘zlarin ersa, ko‘z tikib quloq
solgaylar. Tahorat chog‘ida oyoq-qo‘liga suv quymoqni ulug‘ sharaf bilgaylar. Andin
oshgan suvni yuz-qo‘llariga surtishib talashgaylar, tupurdi ersa, aning tupurigini ham
yerga tushirmagaylar.
Ey Quraysh xalqi, men sizlarga tilakdoshdirman. Muhammad so‘ragan ishini beraylik,
mundoq kishilarga urush ochmoqdan saqlanaylik, chunki bu urushda yengilib qolishdan
qo‘rqadurman, — dedi.
Muning so‘zini Quraysh qavmi dag‘i qabul qilmay:
— «Muhammad bu yilcha qaytsin, kelasi yil kelur ersa, ani to‘smag‘aymiz», dedilar.
Urva ko‘rdikim, aning so‘zi qabul bo‘lmadi. Shundan ko‘ngli olinib, o‘ziga qarashlik bir
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |