126
Barcha yotiq kuchlarni qabul qilib, poydevorga uzatadi. Tik bog‘lamalar esa har
bir harorat bo‘limida ustunlar qatori o‘rtasida o‘rnatiladi.
Konstruksiyasi bo‘yicha xoch (krest)li va peshtoqli echimlarda ishlab chiqiladi.
Birinchisi ustunlar qadami 6-12 m va kran osti relsigacha balandlik 6-12,6 m
bo‘lganda, ikkinchisi esa ustunlar qadami 12-18 m. ko‘rsatilgan balandlik 8-14,6 m
boiganda qo‘llaniladi. Ikkinchi konstruksiya qo‘llanganda
pol usti transportini
ishlatish ham qulay hisoblanadi.
Kransiz sanoat binolarida shamoi ta’siridan ularning chetgi devorlarida hosil
bo‘ladigan bosim kuchlari plitalar bilan to‘sinlarning
birlashgan tugunlarida
o‘rnatilgan payvand choklari orqali qabul qilinadi. Bu holda ustunlar bo‘yicha
bog‘lamalar qo‘yilmaydi. Bog‘lamalar, odatda. po‘lat prokatlardan tayyorlanadi.
Bino nishabli tomdan iborat bo‘lsa va to‘sinning tayanch qismidagi balandligi
900 mm dan oshmasa yoki chordoqli torn to‘sini qo‘llanilsa. imoratning yopma
qismida tik bog‘lamalar o‘rnatilmaydi.
To‘sin yoki fermalarning tayanch qismlardagi balandliklari 900
mm dan
oshsa, torn yopma konstruksiyalar harorat bo‘limi qismining chekka kataklarida.
yopma sathida. uzun o‘q bo‘ylab bog‘lamalar o‘rnatiladi.
Bunday bog‘lamalar tasmalari parallel bo‘lgan po‘latli fermalardan iborat
bo‘ladi. Po‘latli bog‘lamalar ustunning va torn yopma
konstruk- siyasining ustki
qismlariga payvandlanadi. Harorat bo‘limining o‘rta qismlarida esa ustunlar ustki
sathida po‘latli yoki temir-betonli tort- qichlar o‘rnatiladi
YOtiq bog‘lamalar torn yopma ko‘taruvchi konstruksiyalarining
ustki va ostki
tasmalari bo‘yicha o‘rnatiladi. Tom yopmalari sifatida yirik panellar ishlatilsa.
ko‘taruvchi to‘sin yoki fermaning ustki tas- masi bo‘yicha maxsus bog‘lamalar
o‘rnatilmaydi. Bu vazifani to‘sinlar ustiga payvandlanib mahkamlangan piitalar
bajaradi. Ko‘prik kranlar o‘matilgan og‘ir tartibli
binolarda ustki tasma sathida,
shuningdek, krest shaklidagi bog‘lamalar ham o‘rnatiladi. Bunda piitalar tortqich
vazifasini bajaradi.
8.19-rasm.
YOpmada bog‘lamalarni joylashtirish sxemasi:
a—to‘sinli konstruksiyada; b-fermali konstruksiyada: 1— ustun; 2-to‘sin;
3-ferma; 4-
yopma plita; 5-bog‘lamali tik ferma; 6-bog‘lama tortqich.
127
Binoda
fonarlar loyihalangan hollarda, harorat bo‘limining chekka oraliqlarida
fermaning qisilgan tasmasi chegarasida, uning ustuvorligi yo‘qolmasligini ta’minlash
uchun krestli bog‘lamalar payvandlanadi. Fonus binoning
chekka oraliqlarigacha
cho‘zilmagan bo‘lsa, bu tadbir amalga oshirilmaydi.
To‘sinlarning pastki tasmasi bo‘yicha binoda krest shaklida parallel tasmali
ferma ko‘rinishidagi po‘lat bog‘lamalar o‘rnatiladi.
Demak, bog‘lamalar binoning bikrligi va ustuvorligini ta’minlaydi
hamda
barcha yotiq kuchlarni qabul qilib, bino poydevorlariga uzatish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: