131
Ko‘p qavatli sanoat binolari devorlari ham bir qavatli sanoat binolari kabi
loyihalanadi va montaj qilinadi (2.26-rasm).
2.26-rasm. Ko‘p qavatli sanoat binolarining devorlari
a – panellarni bino balandligi bo‘yicha joylanishi;
b – panellarni ustunlarga qotirish detallari.
1-panel;
2-tortuvchi bolt kronshteyni;
3-tortuvchi bolt;
4-bog‘lovchi detal;
5-ustun.
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi.
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga
keladigan eguvchi
momentlar ham ortib boradi, bu esa
ustun va rigellar kesimini
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha
ko‘ndalang
ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga
hisoblanadi.
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan
binolarda
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari,
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday
132
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini,
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi.
YOpmalar gorizontal
diafragma sifatida ishlab, bosimni
vertikal diafragmalarga
uzatadi.
Vertikal
diafragmalar
gorizontal
kuchlar
ta’sirida, poydevorga
mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq
bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama –
bog‘lagichli tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv
tuguni kichik qiymatli
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
G‘ishtin devorlarga nisbatan yirik bloklardan terilgan devorlarning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori hisoblanadi. Ularni hajmiy og‘irliklari 600-
1600kg/m
3
gacha bo‘lgan engil betonlardan tayyorlanadi.
Devorlarda joylashgan o‘rniga ko‘ra bloklarni qator bloki, burchak bloki va
ravoq bloki kabi turlarga ajratiladi.
Qator bloki uzunligi – 990, 1490, 1990 va 2990mmga, balandliklarini esa 585,
1185 va 1785mmga teng qilib ishlab chiqiladi.
Ravoq bloklarini uzunligi 5990mm, balandliklari esa 585mmga teng bo‘ladi.
Bloklarni qalinliklari ishlatilish joylariga ko‘ra 300, 400 va 500 mm qilib olinadi.
133
2.21-rasm. Yirik blokli devorlar
a – yirik bloklardan terilgan devor fragmenti
b – bloklarni ustunlarga mahkamlash: 1 – quyma detali; 2 – ustun; 3 –
devorbop blok; 4 – anker.
Bloklardan terilgan devorlarda bloklar ustunlarga “t” shaklidagi moslashuvchan
metall ankerlar yordamida qotiriladi (2.21-rasm). Bunda ankerlarni bir uchini ustma-
ust qo‘yilgan bloklar gorizontal choklar o‘rnatilib (kirgizilib),
ikkinchi ustun quma
elementiga payvand yordamida tutashtiriladi.
134
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi.
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga
keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun va rigellar kesimini
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga
hisoblanadi.
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari,
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini,
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi.
YOpmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga
uzatadi.
Vertikal
diafragmalar
gorizontal
kuchlar
ta’sirida, poydevorga
mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq
bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama –
bog‘lagichli tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: