Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Salbiy auditorlik xulosasi
1
Salbiy auditorlik xulosasi 
Kirish qism
.
Men (biz) _____________________________ 
(auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) 
auditor (auditorlar)___________________________ 
(auditorlarning nasabi, ismi-sharfi) 
tomonidan________________________________ning 
(Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi) 
20 -yil 1 -yanvardan 31 -dekabrgacha bo‘lgan davr uchun moliyaviy 
hisoboti tekshiruvdan o‘tkazildi. Auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladigan moliyaviy 
hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas’uliyat Xo‘jalik yurituvchi 
subyekt rahbariyatiga yuklatiladi. Auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobot 
bo‘yicha berilgan xulosa uchun mas’ul hisoblanadi.
Ta’kidlovchi qism

Biz auditorlik tekshiruvini AXSlarga muvofiq o‘tkazdik. Ushbu standartlar 
bizga, moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarda, moliyaviy 
hisobotda unchalik ahamiyatli kamchiliklar yo‘qligi to‘g‘risida yetarli darajada 
ishonchni ta’minlash majburiyatini yuklaydi. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy 
hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka 
hamda moliyaviy Xo‘jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini 
baholashdan iborat. 
1
Mualliflarning ilmiy-tadqiqotlari asosida tuzilgan.


224 
Biz, o‘tkazgan auditorlik tekshiruvimiz fikr bildirishimiz uchun asosga ega 
deb hisoblaymiz. 
Tekshiruvda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan _________ million 
so‘mlik summa xarajatlarga noqonuniy olib borilgan bo‘lib, amaldagi qonunchilik 
buzilganligi va moliyaviy hisobot buzib ko‘rsatilganligi aniqlandi.
Yakunlovchi qism

Biznig fikrimizcha, ____________________________ ning 
(Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi) 
Moliyaviy hisobotida aks ettirilgan moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari 
to‘g‘risidagi axborotlar ishonchli emas. 
Auditorlik tashkiloti rahbari___________ 
(imzo) 
Auditorlar: (imzolar) «___»_________________20 y. M.O‘. 
Salbiy auditorlik xulosasi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan 
sodir etilgan moliyaviy va xo‘jalik muomalalari moliyaviy hisobotda 
ishonarli aks ettirilgan, ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda 
ham tuziladi. 
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar 
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik 
xulosasi tuzilmaydi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to‘g‘risida 
ishonch bilan auditorlik xulosasi tuza olish uchun yetarli darajada 
ishonchli dalillar to‘play olmagan vaqtda xulosa tuzilmaydi. Bunday 
holat auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi oqibatida moliyaviy 
hisobot to‘g‘risida fikr bildirish uchun auditorlik dalil-isbotlar yetarli 
bo‘lmaganida yuzaga keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma 
tuzuvchi auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik subyektlari 
sifatida teng huquqli bo‘lsa ham, maqomi bo‘yicha teng huquqli bo‘la 
olmaydilar, chunki auditorlik tashkiloti tekshiriladigan xo‘jalik tizimini 
nazorat 
qiladi. 
Bunda 
mijoz-korxona 
ma’muriyati auditorlik 
tashkilotining xulosa tuzishdan voz kechish ehtimoli oldindan aniqlanib 
qo‘yilishiga rozi bo‘lishi lozim degan xulosa kelib chiqishi mumkin. 
Umuman olganda, bunday ehtimollik juda kam uchraydi, ammo 
qonunchilikda belgilab qo‘yilgan. 
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim maxsus hollarda 
yuzaga keladi. Bular: auditor mustaqilligini yo‘qotishi, balans tuzilgan 
sanadan keyingi sodir bo‘lgan jiddiy hodisalar yoki vaziyatning 


225 
noaniqligi, Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan, yoki ayrim 
murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish sohasining cheklab 
qo‘yilishi. 
Auditorning xulosa tuzishdan voz kechishi yozma ravishda, 700-
sonli AXSda ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib, uning 
mazmuni juda ham puxta asoslangan bo‘lishi lozim. 
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi - bu xo‘jalik 
yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab 
qo‘yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash 
uchun yetarli deb hisoblaydigan hajmda o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga 
qaratilgan 
ochiqdan-ochiq 
ko‘rsatadigan 
xatti-harakatlari 
yoki 
harakatsizligidir. 
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ariza ko‘rinishida bo‘lib, 
«Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish 
to‘g‘risidagi arizasi» deb nomlanadi va quyidagi shaklda bo‘ladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish