Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish 
to‘g‘risidagi ariza namunasi
1
 
Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish to‘g‘risidagi 
arizasi 
Men (biz) ________________________________________________ 
(auditorlik tashkilotining nomi va rekviztlari) 
auditor (auditorlar)_______________________________________ 
(auditorlarning nasabi, ismi-sharfi) 
tomonidan ___________________________________________ning 
(Xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi) 
200 -yil 1 -yanvardan 31 -dekabargacha bo‘lgan davr uchun moliyaviy hisoboti 
tekshiruvdan o‘tkazildi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt__________________________ 
(xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi) 
Xorijiy mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni to‘liq taqdim qilmadi. Bu biz 
boshlagan auditorlik tekshiruvini, auditorlik xulosasi tayyorlash uchun zarur hajmda 
o‘tkazishga imkon bermaydi deb hisoblaymiz.
Yuqorida keltirilgan auditorlik tekshiruvining hajmini cheklash faktiga asosan 
auditorlik tashkiloti ___________________________________ 
(auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt_______________________________ 
(xo‘jalik yurituvchi subyekt nomi) 
moliyaviy hisoboti to‘g‘risida fikr bildirishdan voz kechadi.
Auditorlik tashkiloti rahbari__________ 
(imzo) 
Auditorlar________ 
(imzolar) «___»___________________200 y. M.O‘.
 
1
Mualliflarning ilmiy-tadqiqotlari asosida tuzilgan



226 
Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor 
ta’kidlovchi qismda tekshiruv natijalarini, aniqlangan amaldagi 
qonunchilik buzilishi faktlarini va korxona faoliyatidagi boshqa 
kamchilklarni batafsil bayon qiladi. 
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachisi, ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi. 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
auditorlik 
tekshiruvi 
yakunlanganidan so‘ng 15 kun ichida auditorlik xulosasining bir 
nusxasini o‘zlari joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim qiladilar. 
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotda foydalanuvchilar uchun 
tushunarli bo‘lib, unda auditorning ikkilanish va (yoki) noroziligidan 
kelib chiqqan cheklashlar aniq ko‘rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi 
barcha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega 
bo‘lgan ochiq axborot hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli 
moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda Xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan chop ettirilishi mumkin. 
Agar 
ko‘rsatilgan 
kamchiliklar 
buxgalteriya 
hisobotining 
haqqoniyligiga ta’sir qilmaydigan bo‘lsa, auditor xulosa tuzishga 
kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya hisobining yuritilishi va 
korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to‘g‘riligini tasdiqlashdan 
bosh tortishi lozim. Faqat ko‘rsatilgan kamchiliklar tugatilgandan 
so‘nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo‘yicha 
xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot 
tuzishdagi kamchiliklarni tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, 
odatda, agar bunday ishlarning jiddiyligi va sermehnatligi real 
baholansa, ikki-uch oydan oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan 
yoki buzib ko‘rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo‘lsa, 
bunga auditor javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda barcha javobgarlik 
zarur 
ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim bo‘lgan, 
tekshirilayotgan korxona ma’muriyati va uning ma’sul xodimlariga 
yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari 
oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib 
chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza 
yoki qandaydir takliflari bo‘lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan 
eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va 
asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e’tiborga olinib, xulosaning 
oxirgi taxririda inobatga olinishi lozim.


227 
Korxona bir oy ham o‘tmasdan, qayta tekshirish natijasida ijobiy 
xulosa olsa, bu hol auditorlarga ishonchsizlik bildirishga olib kelishi 
mumkin. Bu xuddi oylab darsga qatnashmagan, qobiliyatsiz talabaning 
imtihonda mutlaqo savodsizligini namoyon qilib, «qoniqarsiz» baho 
olganidan so‘ng, ertasiga ba’zi bir sabablarga ko‘ra «a’lo» bahoga qayta 
topshirgani kabi noreal hodisadir.
Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat 
aniqlanmagan bo‘lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan 
ishoralar bilan shakllantirish mumkin emas. Ammo, shunga qaramasdan 
korxona ishida suiiste’mol hollari uchrasa, sudlov-tergov organlari 
tomonidan chuqur tekshirilib, ular ochib tashlanadi. Yana bir marta 
shuni ta’kidlash lozimki, auditor xulosada faqat qo‘l ostidagi hujjatlar 
yoki aniq formulalar, retsepturalar, normalar, limitlar va boshqa 
ma’lumotlarga asoslangan, benuqson, aniq hisob-kitoblar bilan 
tasdiqlangan faktlarni keltirishi lozim. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish