Qaydan ekan onamdagi shunchalik g ‗ayrat.
Yo do‗ppisi tizzasida, qatimi uzun,
Yo tandirga o‗t qalagan patir yopgani.
Eslolmayman, yasan-tusan bir
chetda tursin,
Qoshlariga bir yolchitib o‗sma tortganin.
Ay von sari yetaklaydi, so‗rab hol-ahvol,
Par yostiqlar qo‗yar, to ‗shar yangi ko‗rpacha.
„Orom olib, bir ozgina uxlab ola qol,
Norinim ham tayyor bo‗lar sen turgungacha―.
O‗zing o‗tir
onajonim norining keyin
Qo‗ni-qo‗shni emas gapir avval o‗zingdan.
Ichikibsan, sog‗inibsan yana ne deyin
Hammasini uqib oldim shundoq ko‗zingdan.
Tashvishlarim yuzlaringga solibdi ajin,
Yuzginangning madhi o‗zi yetuk bir doston.
Beboshligim ko‗zlaringda topibdi aksin,
Ko‗zlaringga qasidalar bitay, onajon
20-BILET
1. ―Vatanimiz himoyachilari‖ matnini oʻqing va matnni ochuvchi savollar tuzing.
Vatanimiz
himoyachilari
Mustaqillikka erishganimizdan so‗ng biz o‗z milliy armiyamizga ega bo‗ldik. 14-yanvar Vatan
himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanadi. Vatanimizni ko‗z qorachig‗idek asrash har
birimizning burchimizdir. Yurtimizning har bir o‗g ‗loni Vatan himoyasi uchun xizmat qilishni
orzu qiladi. Ular jonajon yurtimizning muqaddas sarhadlarini, xalqimiz osoyishtaligini
mardona himoya qiladilar. Shuning uchun har bir bola chiniqqan va mard bo‗lishi kerak.
Respublikamizda har yili bahorda yigitlarimiz majburiy harbiy xizmatga chaqiriladilar. Ular bir
yil davomida muddatli harbiy xizmatni o‗taydilar. Majburiy xizmatning to ‗rtdan bir qismi
o‗tib bo‗lgach, yigitlarga shartnoma asosida harbiy xizmatni uzaytirish taklif etiladi.
Biz, yoshlar ham o‗zimizning bilimlarimiz, shijoatimiz va intilishlarimiz bilan Vatanimizga
bo‗lgan sadoqatimizni ko‗rsataylik. Uning ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilaylik.
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
Bola
epchillik bilan turdi, qisqa va lo‗nda javob berdi.
U ariq bo‗yida o‗tirib, kelgusi rejalari haqida ko‗p o‗yladi.
Мальчик ловко встал, ответил коротко и лаконично.
Он сидел у ручья и много думал о своих дальнейших планах.
3.Abdurahmon Akbarning ―Tabiat, sen onamiz‖ she‘rini yoddan ayting.
Tabiat, sen onamiz
Tabiat, sen onamiz,
Mittigina hasharot,
Husningga parvonamiz. Jondan aziz bolangdir,
Sendan olamiz chiroy, Gard qo‗nsa u nolangdir.
Sen ko‗kdagi to ‗lin oy.
Zavqingni tuyib yashash,
Sen saxiy, sen mehrli, Ne‘matlaringni oshash,
Bari ishing sehrli. Katta sovg‗a biz uchun,
Zarrin quyosh, yer, osmon, Bari o‗g ‗il-qiz uchun.
Daryo-yu soy, keng ummon, Ko‗rkam ona tabiat,
Meva to ‗la bog‗-rog‗lar, Senga etay itoat.
Ko‗kni o‗pgan alp tog‗lar.
Doim tovlanib turgin,
Jami tirik mavjudot, Ko‗p jilolanib turgin.
Do'stlaringiz bilan baham: