17
55.
R radiusli disk gorizontal tekislikda sirpanmasdan
v
doimiy tezlik bilan
dumalamoqda (rasmga qarang). a) Disk gardishidagi A, B, C, D nuqtalarning
qoʻzgʻalmas kuzatuvchiga nisbatan tezlik va tezlanish moduli va
yoʻnalishlarini aniqlang; b) qaysi nuqtalarning tezligi disk markazining tezligi
bilan bir xil boʻladi?
55-masalaga.
56-masalaga.
56.
Ip oʻralgan gʻaltak gorizontal stolda yotibdi va
unda sirpanishsiz dumalashi
mumkin (rasmga qarang). Gʻaltakning ichki radiusi
r
, tashqi radiusi
R
ga teng.
Agar ipning uchi gorizontal yoʻnalishda v tezlik bilan tortilsa, gʻaltakning
oʻqi qanday u tezlik bilan harakatlanadi? Ikki holni koʻring.
57.
Vertikal otilgan snaryad trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida portlab, har
xil yoʻnalishlarda uchuvchi bir xil v
0
boshlangʻich tezliklarga ega mayda
boʻlaklarga ajraladi. Boʻlaklar bulutining shakli vaqt oʻtishi bilan qanday
oʻzgaradi?
58.
Gorizont bilan α burchak tashkil etuvchi qiya
tekislik ustiga koptok H
balandlikdan erkin tushadi va elastik qaytadi. Koptokning tekislik bilan
birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi, … n- va n+1 – urilishlari orasidagi
masofalarni aniqlang.
59.
Ikki avtomobil bir xil
v=72 km/h
tezlik bilan birin-ketin harakatlanmoqda.
Ular orasidagi
l
masofa qanday eng kichik boʻlganida oldindagi yuk
avtomobilining orqa juft gʻildiraklari orasiga qisilib qolgan tosh uchib
orqadagi avtomobilga tegmaydi?
60.
Toʻrt
toshbaqa tomoni
a
boʻlgan kvadratning uchlarida turibdi. Toshbaqalar
bir vaqtda bir xil doimiy
v
tezlik bilan harakatlana boshladi. Bunda birinchi
toshbaqa doimo ikkinchi toshbaqaga, ikkinchi toshbaqa esa uchinchi
toshbaqaga, uchinchi – toʻrtinchiga, toʻrtinchi –
birinchiga tomon
harakatlanadi. Toshbaqalar qancha
t
vaqtdan keyin uchrashadi? Huddi shu
masalani tomoni
a
ga teng boʻlgan muntazam uchburchak uchlarida turgan
uchta toshbaqa uchun ham yeching.
18
61.
Quyon toʻgʻri chiziqli yoʻl boʻylab doimiy tezlikda yugurmoqda. Yoʻldan L
masofada turgan tulki quyonni unga eng yaqin boʻlgan paytda payqadi va
huddi shunday
tezlik bilan quvishga tushdi, bunda tulkining tezligi doimo
quyonga yoʻnaldi. Bir qancha vaqtdan keyin tulki deyarli yoʻlga chiqdi va
ular orasidagi masofa oʻzgarmay qoldi. Bu masofani toping.
62.
Oldingi masala shartida agar tulkining
u
tezligi quyonning
v
tezligidan katta
boʻlsa, tulki qancha
t
vaqtdan keyin quyonga yetishini aniqlang.
63-masalaga.
66-masalaga.
67-masalaga.
63.
Radiusi
R=20 cm
boʻlgan shkivga bir uchiga yuk bogʻlangan arqon oʻralgan
boʻlib, yuk pastga tushish davomida shkiv tinch
holatdan aylana boshlaydi
(rasmga qarang). Yukning tezlanishi
a=2 cm/s
2
ga teng. Yuk
s=1 m
yoʻl
oʻtgan paytda shkivning burchak tezligini aniqlang. Shu paytdagi A nuqtaning
a
A
tezlanishini aniqlang.
64.
Bola devordan
l=3 m
masofada yotgan toʻpni devorga qarata tepadi. Bunda
toʻp gorizontga nisbatan
α=45°
burchak ostida yoʻnalgan
v
0
=10 m/s
boshlangʻich tezlik oladi. Toʻp devorga qachon uriladi: koʻtarilayot-gandami
yoki tushayotganda? Qanday balandlikda uriladi? Qanday tezlikda uriladi?
Toʻp devordan qanday masofada yerga tushadi? Toʻpning devorga urilishini
elastik deb hisoblash mumkin.
65.
Pashsha stol
ustidan
H
balandlikda gorizontal
v
0
tezlik bilan uchyapti. U stol
sirtida yotgan asal tomchisini uni aniq tepasidan oʻtayotganda koʻrib qoldi.
Pashsha asalga tezroq yetishi uchun qanday harakat qilishi zarur? Buning
uchun qancha vaqt ketadi? Pashsha ixtiyoriy yoʻnalishda
a
tezlanish bilan
harakatlana oladi deb hisoblang.
66.
Avtomobil gʻildiragiga qisilib qolgan tosh A nuqtada undan uchib chiqib yana
shu nuqtaga tushishi uchun avtomobilning
v
tezligi qanday boʻlishi kerak
(rasmga qarang)? Gʻildirak radiusi R=20 cm.
67.
Bilyard shari A nuqtada joylashgan (rasmga qarang).
Bilyard stolining
oʻlchamlari va shardan B luzagacha boʻlgan masofa berilgan. Shar bilyard-
19
ning ikki tomonidan absolyut elastik qaytib luzaga tushishi uchun uni qanday
burchak ostida yoʻnaltirish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: