40
Formallashgan til hozirgi zamon ilmiy bilishida va amaliy hayotda muhim
ahamiyatga ega. U ayniqsa fikrning tuzilishini o‘rganishga, uning mantiqiy qiymatini,
ya’ni chin yoki xatoligini aniqlashga qulay sharoit yaratadi.
Shuning uchun
mantiqning formallashgan tilini yaratishga va uni chuqurroq o‘rganishga qiziqish
katta.
Birinchi pozitsiyada so‘z turkumlari to‘g‘risida ma’lumot berilsa, ikkinchi
pozisiyada va undan keyin ma’lum bir so‘z turkumiga mansub luјat birligining o‘ziga
xos grammatik kategoriyalar to‘јrisida ma’lumot beriladi.
Otlarda egalik kategoriyasi haqidagi ma’lumotlar so‘z
uyalarida uchinchi
pozisiyani egallab, o‘z ifodasini topadi. Kelishik kategoriyasi lug‘at maqolalari
tarkibida to‘rtinchi pozisiyani egallaydi. Masalan, Otalardan w=[N] 1-pozisiyada–
leksik birlikning ot so‘z turkumiga taalluqli ekanligi, 2-pozisiyada w=[N + sk] bo‘lsa,
uning ko‘plikda va 4-pozisiyada w=[N + sk + k5] so‘z shaklining chiqish kelishigida
ekanligini bildiradi. Qolgan so‘z turkumlariga mansub til birliklari ham avtomatik
lug‘atda xuddi shunday o‘z ifodasini topadi.
GLOSSARIY
Formallashtirish
- aniq mazmunga ega bo‘lgan
fikrlarni simvollar bilan
almashtirish, ya’ni propozitsional funksiya hosil qilish, formulalar kiritish, mantiqiy
qoidalarni yaratish orqali tafakkurning strukturasini ifoda qilishga aytiladi.
Formallashgan tilga
ega bo‘lgach, mantiq chin fikrni ifoda qiluvchi bir formula
yordamida xuddi shunday chin fikrni ifoda qiluvchi boshqa formulani keltirib chiqara
oladi.
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar:
formallashtirish, formallashgan til,
so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l.
Muhokama uchun savollar.
1. Formallashtirish deganda nimani tushunasiz?
2. Ot kategoriyalarni sanang va formallashtiring.
3. Sifatning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting va formallashtiring.
4. Fe’l kategoriyalarni sanang va formallashtiring.
5. Olmosh va son so‘z turkumini formallashtiring.
Topshiriqlar.
1-mashq. Quyidagi gaplarni morfologik jihatdan formallshtiring.
1.
Maktabdosh do`sti Nasim tufayli uning saroyda amaldor bo`lib
ishlaydigan otasi bilan yaqinlashadi va bu odam Anvarni saroyga mirza sifatida ishga
oladi. Qobiliyati va teran aqli tufayli Anvar mirzaboshilik martabasiga erishdi
(A.Qodiriy, «Mehrobdan chayon»). 2. Navro`z - Sharq
mamlakatlarining umumxalq
bayrami. "Navro`z" forscha so`z bo`lib, "yangi kun" degan ma`noni anglatadi.
21mart - kecha va kunduz tenglashadigan kun... (H.Mahkamov. Axloq - odob
saboqlari). 3. Lafz halollik, o`tkirlik, mardlik, mehr-muruvvatlilik
kabi xislatlarni
ko`rsatuvchi jarayondir. O`z lafzida turish xalqimizning urf-odatlaridandir. Lafz egasi
41
bo`lgan kishida insoniylik kuchli bo`ladi. U axloq-odobli bo`lib, yaxshilik sari
yetaklaydi (H.Mahkamov. Axloq - odob saboqlari).
2-mashq. Quyidagi so‘z shakllarini mantiqiy algoritmning xususiyatlarini
inobatga olgan holda tahlil qiling. Namuna: gazet+xon (x+y); gazetxon+lar
(x+y)+y=xy+y.
Xalqimiz tinchliksevar, mehmondo‘st. Bola akulaning qanday ochko‘z, yirtqich
ekanini…o‘qituvchisidan
eshitgan
ekan.
(T.G‘oyibov).
Och-yalang‘och
yashayotganlarni juda ko‘p ko‘rdim, xazinadagi barcha
oltin-kumushlar va don-
dunlar o‘shalarga tashib berilsin. (T.G‘oyibov). Bu kuy unga oldingisidan ham
mungliroq, yoqimliroq tuyuldi. Bino qurishayotganlarning barchasi havoning
haroratidan ancha qiynalgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: