SO ‘Z BOSHI
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, qishloq xo'jaligming
barcha sohalarida, xususan baliqchilik sohasida ham keng ko‘lam-
dagi islohotlar araalga oshirildi. Mazkur y o ‘naiishda amalga oshiril-
gan dasturiy chora-tadbirlar asosida muayyan natijalarga, jumladan,
respublikamizda ovlanadigan baliqlami ko‘paytirish, yangi turlarini
introduksiya qilish va kasalliklarining oldini olish
borasida muayyan
yutuqlarga erishildi. Shular bilan bir qatorda, baliqlar kasalliklarini
aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha tadqiqot ishlariga
yetarlicha e ’tibor qaratilmagan. Ushbu holatlardan kelib chiqqan
holda baJiqlardagi kasalliklami aniqlash, baliqchilik xo‘jaliklarida
parazit populatsiyalari miqdorini boshqarish va ularga qarshi kurash
choralarini ishlab chiqishga qaratilgan
ilmiy tadqiqot ishlarini
tashkil etish muhira ahamiyatga ega.
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi
PQ-2939-sonli “Baliqchilik tarmog‘mi boshqarish tizimini takomil-
lashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi Qarori, 2018-yil 6 apreldagi
PQ-3657-sonli “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori va 2018-yil 6 no-
yabrdagi PQ-4005-sonli “Baliqchilik sohasini yanada rivojlan
tirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida”gi Qarori hamda
mazkur faoliyatga tegishli boshqa m e’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalami amalga oshirishda ham ushbu o ‘quv q o ilan -
ma muayyan darajada xizmat qiladi.
Baliqlar kasalliklari haqidagi fan - ixtiopatologiya (yunon tilida
«
ixtis
» - baliq,
«patos» -
kasallik va «
logos»
- ta’limot so‘zlaridan
olingan) XIX oxiri va XX asming boshlarida vujudga kelgan fan
hisoblanadi. Ixtiopatologiyaning mustaqil
fan sifatida ajralib
chiqishi bevosita suv muhitinmg o ‘ziga xos xususiyatlari va ushbu
muhitda yashovchi suv organizmlarining tashqi va ichki tuzilishi
hamda ularning hayotiy funksiyalarini batafsil o ‘rganish talabini
yuzaga keltirgan. Baliq kasallikiarining (epizootiya) tarqalishi va
sabablari, ularni keltirib chiqaruvchilar xususiyatlari ham bevosita
quruqlikda yashovchi hayvonlar epizootiyalari tarqalishi va sabab-
laridan keskin farqlanadi. Baliqlarning kushandalari
va kasalliklari
sanoat miqyosida ovlanuvchi baliqlarning son dinamikasidagi
o ‘zgarishlarga keskin darajada ta’sir ko‘rsatib, shu sababli, ushbu
holatlarni sinchiklab o ‘rganish amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ixtiopatologiya ko‘pgina holatlarda kasalliklarga qarshi ularning
oldini olish, ya’ni profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish
nuqtayi nazaridan ahamiyatga ega hisoblanib, bunda albatta baliq
larning hayotiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar
haqida batafsil m a’lumotlarga ega bo‘lish talab qilinadi.
Ushbu o ‘quv qo‘llanma 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar aka-
demiyasi Zoologiya instituti Umumiy parazitologiya laboratoriyasi
hamda Toshkent davlat agrar universiteti Baliqchilik kafedrasida
baliqlar kasalliklari bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar nati-
jalari va m a’lum adabiyot m a’lumotlarini umumlashtirgan holda
tayyorlangan.
0 ‘quv qoilanm ani takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan barcha
fikr va mulohazalarni mualliflar jamoasi
minnatdorlik bilan qabui
qiladilar.
Umuman, o ‘zbek tilida yozilgan ushbu qo‘llanma o ‘quvchilarni
baliqlar kasalliklari bo‘yicha m a’lum darajadagi bilimlarga ega
bo‘lishini ta’minlashda yordam beradi deb umid qilamiz.
4
KIR1SH
Umurtqali hayvonlar ichida baliqlar alohida ahamiyatga ega
bo‘lib, bugungi kunda respublikamiz suv havzalarida baliqlaming
84 ta turi qayd etilgan. 0 ‘zbekiston suv havzalarida karpsimon ba
liqlar keng tarqalgan va 45 dan ortiq
tur
va kenja turlardan tashkil
topgan (Mirabdullayev va boshqalar, 2001;
Shernazarov va bosh-
qalar, 2006).
Aholining oqsil moddalari va vitaminlarga b o ig an talabini qon-
dirishda baliq mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun
ham so‘nggi yillarda respublika hukumati tomonidan baliqchilikni
rivojlantirishga katta e ’tibor qaratilmoqda. Xususan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi 350-
sonli “Baliqchilik tarmog‘ida tnonopoliyadan chiqarish va xusu-
siylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida” qarori,
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009-yil
26-fevralda qabul qHingan “Respublikada baliqchilik tarmogMni
rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risidagi Dasturi” asosida Qoraqal-
pog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va barcha tumanlarda baliqchilik
ni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan. Ammo, soha rivojiga
jiddiy to ‘siq boiadigan omillar ko‘p. Shunday omillardan biri baliq-
chilikning rivojlanishida baliqlar kasalliklari soha rivojiga salbiy
ta ’sir etib kelmoqda. Baliqlaming kasalliklari va ularning oldini
olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunda muhim aha-
miyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: