112
G a z l i g a n g r e n a g a chalingan bemor kasallikning shaklidan qat’iy
nazar infeksiya manbai hisoblanadi. Asosiy yuqish yo’li - kontaktli. Gazli
gangrena qo’zg’atuvchisini zararlangan teri
yoki shilliq pardalarga yerdan,
ifloslangan kiyim, yetarli sterilizatsiya qilinmagan tibbiy asboblardan tushishi
natijasida kasallik rivojlanishi mumkin. Bunday bemorlarni davolash uchun alohida
xonalar ajratiladi va maxsus kirish joylari tashkil qilinadi, operatsiya va bog’lov
xonalariga o’rnatilgan majburiy havo almashtirish tizimi boshqa bo’limlarga
aloqador bo’lmasligi kerak. Xonalarning devorlari 2
m balandlikda kafel bilan
qoplanadi, polga plastik yoki linoleum to’shalishi kerak. Jihozlar va asbob –
uskunalar yuvib tozalanishi va dezinfeksiya qilinishi oson bo’lgan matohlar bilan
yopiladi. Har bir xonada albatta bakteritsid nurlatgichlar quvvati maydonga
yarasha o’rnatilishi lozim.
Qabul bo’limida bemor (ahvoliga qarab) to’liq yoki qisman sanitariya
ishlovidan xonasiga joylashtiriladi. Bemorni qabul
qilishdan oldin va javob
berilganidan keyin xonadagi krovat, tumbochka mavjud bo’lsa, boshqa jihozlar
maxsus tayyorlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga (6% li pergidrol +0,5% yuvish
vositasi) botirib olingan latta bilan artib chiqiladi. Krovatga to’shaladigan
oqliklar
va ko’rpalar bakteriyalarning sporali shakllarini yo’qotadigan kamerali
dezinfeksiyadan o’tkazilib qayta qo’llaniladi. Ishlatilgan oqliklar yuvilishidan
oldin yuvuvchi vositaning (soda) 2% li eritmasiga botirib qo’yilib 2 soat davomida
qaynatiladi.
Bemorga parvarishning shaxsiy vositalari ajratiladi (tufdon, tuvak va h.k.) va
har safar foydalanilgandan so’ng yuvib qo’yiladi. Bemor javob berilganidan keyin
– dezinfeksiya qilinadi. Bemorni yuvintirish uchun suyultirilgan sovun ishlatish
ma’qul. Idish – tovoqlar ishlatilganidan so’ng sodaning 2%
li eritmasiga botirib
qo’yib 90 daqiqa qaynatiladi, oqar suvda yuvilib shkafda berk holatda saqlanadi.
Xonalarni yig’ishtirish kamida 2 marta dezinfeksiyalovchi eritma (6% li pergidrol
+ 0,5% li yuvish vositasi) ni qo’llagan holda bajariladi. Yig’ishtirish asboblari
belgilangan bo’lishi va faqat tegishli maqsadda ishlatilishi shart. Qo’llanilgan tibbiy
asboblarga 20 daqiqa davomida avtoklavda ishlov beriladi va ajratilgan joyda
saqlanadi.
Bog’lov xonasi muqim bakteritsid nurlatgich va havo tozalagichlar bilan
jihozlanishi kerak. Xirurg va hamshira bog’lov xonasiga kirishlaridan oldin
niqob va
baxilla kiyishlari, operatsiya qilish yoki bog’lamni almashtirishdan oldin maxsus
fartuk taqishlari talab qilinadi, har bir muolajadan keyin fartukga dezinfeksiyalovchi
eritma (6% li pergidrol + 0,5% li yuvish vositasi) bilan ishlov beriladi. Bog’lov
materiallari bir marta ishlatiladi, so’ng maxsus idishga yig’ib avtoklavda 20 daqiqa
zararsizlantirib keyin yo’q qilinadi. Dezinfeksiya qilmasdan yo’qotishga
yuborish
113
man etiladi. Qo’llanilgan asboblar alohida idishga yig’iladi. Operatsiya va
bog’lov xonasida yig’ishtirish kuniga kamida 2 marta dez.eritma (6%li pergidrol +
0,5%li yuvuvchi) bilan shaxsiy himoya vositalarini taqib (respirator, qo’lqop)
amalga oshiriladi. Dezinfeksiyadan keyin xona issiq suv bilan yuvilib artib chiqiladi
va 1,5 – 2 soat davomida bakteritsid lampalarni yoqib nurlantiriladi. Operatsiya va
bog’lom almashtirish jarayonida qo’llanilgan barcha asboblar dez.eritmaga (6%li
pergidrol + 0,5%li yuvish vositasi) 60 daqiqaga botirib qo’yiladi yoki 2%li soda
eritmasida 90 daqiqa qaynatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: