Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

 
 


110 
 
TOZA BOG’LOV XONASIDA BEMORLAR PARVARISHI. 
Maqsad
: operatsiya bo’lgan bemorlar kasalliklarining xususiyatlari
bajarilgan operatsiyalar turi va hajmini e’tiborga olgan holda qo’llaniladigan
xos davolash uslublari va nazorat tartibini o’rganib, operatsiyadan keyingi
asoratlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar ijrosini o’zlashtirish.
Vazifalar:
1. Bog’lov xonalari tuzilishi va asosiy jihozlarini eslab qolish;
2. Xonalar ishini tashkil qilishni o’rganish;
3. Sanitariya ishlov berish turlarini uzviylikda bajarish.
4. Shifoxona ichi infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan
tibbiyot xodimlari, asboblar va bog’lov materiallariga bo’lgan sanitar – gigiyenik
talablarni bilish.
5. Yiringli kasalligi bo’lgan bemorlar parvarishi xususiyatlarini tushinish.
6. Anaerob infeksiyali bemorlar parvarishi xos tadbirlarini to’liq ijro etish
mas’uliyatini tushungan holda amalga oshirish.
7. Bog’lov materiallarini yo’q qilish qoidalariga qat’iy rioya etilishini
tashkil qilish.
Bog’lov xonasidagi ish tartibi, aseptika, antiseptika qoidalarining ijrosini
ta’minlash mas’uliyati bog’lov xonasi hamshirasi zimmasiga yuklatilgan.
Hamshira ish jarayonini boshqarib quyidagi qoidalarning qat’iy ijrosini talab qiladi: 
1) Bemorlar bog’lomini almashtirish aniq ketma ketlikda (dastlab infeksiyasiz 
jarohatlar keyin ish oxirida infeksiyali jarohatlar) amalga oshirilishi; 2) Tibbiy 
xodimlar maxsus ish kiyimida, yenglari shimarilgan, niqob kiygan, xos poyabzalda
ishlashi; 3) Ishlatilgan bog’lov materiallari maxsus asboblar bilan olinib qopqoqli 
chelakga tashlanadi, ish tugaganida dezinfeksiya qilinib keyin yo’qotiladi.
Bog’lov xonasi ishi kvarts nurlatgichini o’chirib, d a s t l a b k i tozalash – 
gorizontal sathlarni artib chiqishdan boshlanadi. Maxsus tagliklar ustiga ichiga steril
oqliklar, bog’lov materiallari va asboblar solingan b i k s lar o’rnatiladi. Alohida 
stol ustiga antiseptiklar va boshqa dori vositalari qo’yiladi. Bog’lami
almashtiriladigan yoki muolaja qilinadigan bemorlar ro’yxati bo’lim mudiri 
tasdiqlagan ketma-ketlikda tuziladi. Bog’lov hamshirasi operatsiyaga yuvinish 
tartibida qo’llariga ishlov berib, biksdan steril xalat va niqoblarni olib kichik tibbiy 
xodim yordamida kiyinadi. Qo’llariga steril qo’lqoplarni kiyib, spirt bilan ishlov 
beradi. Steril choyshablarni biksdan olib katta stol ustiga ikki qavat qilib yoyib
qo’yadi. Yana bir choyshab yarmi stol ustiga to’shalib, yarmi asboblar ustini yopish 
uchun taxlanib stol chetiga qo’yiladi. Tayyorlangan steril choyshablar ustiga ish 


111 
jarayonida qo’llaniladigan bog’lov materiallari, asboblar va moslamalar tizimli 
ravishda taxlab qo’yiladi va usti choyshabning yarmi bilan yopib qo’yiladi. Birinchi 
navbatda qat’iy aseptika sharoitida bajariladigan muolajalar (markaziy qon tomir 
punktsiyasi, kichik toza operatsiyalar) qilinadi, keyin choklarni olish, tikilgan 
aseptik jarohatlar nazorati va h.k. Asorat mavjudligi gumon qilingan jarohatlari
bo’lgan bemorlar eng oxirida chaqiriladi. Ish jarayonida bog’lov xonasida j o r i y
t o z a l a s h olib boriladi, ya’ni muolajalar bajarilishida to’kiladigan
suyuqliklarni artish, polga tushgan ifloslangan narsalarni yig’ishtirish va h.k. Har 
bir muolajadan keyin xona dezinfeksiyalovchi eritma bilan artib chiqiladi (bog’lov 
stoli, kushetka, pol) – bu y a k u n i y t o z a l a s h. Ish kuni tugaganidan keyin 
bog’lov xonasida y a k u n l o v c h i tozalash va ishlov berish amalga oshiriladi 
va kvarts nurlatgich yoqib qo’yiladi. Haftada bir marta u m u m i y tozalash
o’tkaziladi. Dezinfeksiyalovchi eritmalarni t a y y o r l a s h: Xlorli ohakning 10% 
li eritmasini tayyorlash uchun bir kilogram xlorli ohak hajmi 12 litrdan ko’p
bo’lgan chelakga solinadi, ustiga 9 litr toza suv qo’shilib yaxshilab aralashtiriladi,
10 – 12 soat tindirilgandan keyin quyosh nurini to’sadigan shisha idishga suzib 
olinadi va qorong’u joyda saqlanadi – bu “ona eritma”. Bo’limda ishlatish uchun
xlorli ohakning 0,5 – 1% li eritmalari qo’llaniladi (ishchi eritmalar) 9 litr suvga
1litr ona eritma qo’shib aralashtirilsa 1% li, 9,5 litr suvga 0,5 litr ona eritma
qo’shib aralashtirilsa 0,5%li ishchi eritma hosil bo’ladi. X l o r a m i n n i n g
1% li eritmasini tayyorlash uchun 10 gramm xloramin kukuni olinib, ozroq toza 
suv solingan 1,5 – 2 litr hajmdagi shisha idishga solamiz (changimasligi uchun)
Keyin idishdagi suv hajmini 1 litrgacha yetkazib yaxshilab aralashtiramiz,
qopqog'ini yaxshilab yopib idishga suyuqlik nomi, kontsentratsiyasi, tayyorlanish 
sanasi va shaxsiy imzo qo'yiladi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish