Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

Harakatdagi SYA. HSYA tizimlari 30 yil oldin paydo bo‘lgan 
(birinchi  mobil  radiotelefon  aloqasi  global  tizimi  va  Marisat 
geostatsionar  KA  70-nchi  yillarning  o‘rtalarida  Comsat  kompaniyasi 
tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Bunga  sabab  harakatdagi  ob’ektlarning 
past energiya qurollanishi va ularni ishlatilishining qiyinroq sharoitlari 
(joy relefining ta’siri, antennalarning o‘lchamlari bo‘yicha cheklashlar 
va h.k.) bo‘ldi.  
 
Oddiy  statsionar  yer  stansiyalari  hatto  radioko‘rinishning  5

ishchi  burchaklarida  barqaror  aloqani  ta’minlaydi,  harakatdagi 
abonentlar  uchun  ishonchli  aloqani  esa  faqat  sezilarli  yuqoriroq 
qiymatlarda  kafolatlash  mumkin.  KA  radioko‘rinishining  katta 
burchaklari  murakkab    relyefli  yaqin  zonada  radioto‘lqinlarni 
tarqalishida 
so‘nishlar 
bilan 
asoslanadigan 
yo‘qotishlarni 
kompensatsiyalash  uchun  mo‘ljallangan  radioliniyaning  energetik 
zahirasini kamaytirishga imkon beradi. 
         HSYA nimtizimlari asosan harakatdagi yer usti stansiyalari bilan 
ishlashni ta’minlaydigan katta markaziy va bazaviy stansiyalarli radial 
yoki  radial-uzelli  tuzilmagan  ega  bo‘lgan  tarmoqlar  uchun  yaratildi. 
Talab  bo‘yicha  kanallar  taqdim  etiladigan  tarmoqlardagi  oqimlar 
uncha katta bo‘lmagan, shuning uchun ularda ko‘pincha bir yoki kam 
kanalli  yer  usti  stansiyalari  qo‘llanilgan.  Odatda  bunday  tarmoqlar 
olisdagi    harakatdagi  ob’ektlar  (kemalar,  samoletlar,  avtomobillar  va 
h.k.)  bilan  idoraviy  va  korporativ  tarmoqlarni  yaratish  uchun,  davlat 


141 
 
tuzilmalarida,  tabiiy  ofatlar  hududlarida  va  favqulodda  vaziyatlarda 
aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan. 
HSYAning rivojlanishidagi sifatli sakrash ma’lumotlarni raqamli 
uzatish  usullarini  joriy  etilishi  bilan  va  nogeostatsionar  orbitalardagi 
(past  aylanishli  va  o‘rtacha  balandlikli)  KAlar  asosida  sun’iy 
yo‘ldoshli  tizimlarning  birinchi  loyihalarini  paydo  bo‘lishi  tufayli 
bo‘lib  o‘tdi.  Bunday  sun’iy  yo‘ldoshlarning  orbitalari    Yer  sirtiga 
yaqin,  bu  an’anaviy  yer  usti  stansiyalarining  o‘rniga  kichik  hajmli 
terminallar  (telefon  go‘shagi)  va  uncha  katta  bo‘lmagan  antennalarni 
ishlatilishi imkoniyatini beradi. 
Hozirgi 
vaqtda 
dunyoda 
past 
orbitalardagi 
KAlardan 
foydalanadigan  30  tadan  ortiq  milliy  va  xalqaro  (hududiy  va  global) 
loyihalar mavjud. Ulardan eng ma’lumi Globalstar, Iridium, Orbcomm 
(AQSH), shuningdek Rossiyaning  "Gonets" va "Signal" loyihalaridir.   
 Radiouzatish 
sun’iy  yo‘ldoshli  xizmati  televizion  va 
radioeshittirish  dasturlarini  qabul  qilish  uchun  mo‘ljallangan  va 
televizion  uzatish  (BTU)  sun’iy  yo‘ldoshli  televizion  uzatish  va 
bevosita  sun’iy  yo‘ldoshli  televizion  uzatish  tizimlarining  asosiy 
xizmati hisoblandi.  
 
Hozirgi  vaqtda  butun  teleradiouzatish  tizimi  geostatsionar 
orbitadagi  sun’iy  yo‘ldoshlar  asosida  qurilmoqda.  Tizimga  asosiy 
talab xizmat ko‘rsatiladigan hududlarni butunlay qamrab olish bo‘lgan 
telekommunikatsiyaning  bu  sohasida  SYATning  boshqa  aloqa 
vositalariga  qargandagi  afzalliklari  eng  katta  darajada  namoyon 
bo‘ladi. 
 Teleradioeshittirishni  rivojlantirishning  muhim  yo‘nalishlaridan 
biri  buyurtma  teledasturlarni  sun’iy  yo‘ldoshli  kanallar  bo‘yicha 
translyasiya 
qilish 
va 
teleko‘rsatuvlar  jarayonida  interaktiv 
almashinuv 
imkoniyatlarini 
taqdim 
etish 
yo‘li 
bilan 
foydalanuvchilarning  individual  so‘rovlarini  qondirishga  imkon 
beradigan  interaktiv  televidenie  hisoblanadi.  Bu  holda  foydalanuvchi 
ma’lumotlarni  uzatish  passiv  iste’molchisidan  dasturning  aktiv 
qatnashuvchisiga aylanadi.  
 
Yana bir istiqbolli yo‘nalish bu radiokanallar bo‘yicha televizion 
tasvirlarni  30  Mbit/sgacha  va  Internet  ma’lumotlarni  400  kbit/sgacha 
tezliklarda  uzatishga  imkon  beradigan  kompyuterga  bevosita  sun’iy 
yo‘ldoshli uzatish (Direct PC xizmati) hisoblanadi. 


142 
 
VSAT 
Hozirgi  vaqtda  geostatsionar  KAlar  asosida  korporativ  sun’iy 
yo‘ldoshli  tarmoqlarni  qurish  uchun  VSAT  (Very  Small  Aperture 
Terminal)  deyiladigan  kichik  stansiyalar  ishlatilmoqda,  dunyoda 
ulardan  hozirgi  vaqtda    250  mingtadan  ortiq.  VSAT  tarmoqlari 
geografik  olisdagi  foydalanuvchilarni  yagona  raqamli  aloqa 
tarmog‘iga birlashtiradi. Lekin global SYATdan farqli ravishda VSAT 
tarmoqlarining  xizmat  ko‘rsatish  zonasi  tor  parsial  zonalarga 
ajratilgan  bo‘lib,  ulardan  har  biriga  bitta  tor  nur  bilan  xizmat 
ko‘rsatiladi [17]. 
            Bort  komplekslarining  zamonaviy  energetik  ko‘rsatkichlarida 
VSAT-stansiyalar  uncha  katta  bo‘lmasligi,  ularning  antennalarini 
o‘lchamlari esa  0,5 - 0,6  metrlar (Ka-diapazon) va 1 - 1,5  metrlarni 
(Ku-diapazon) tashkil etadi. Bunday terminallar foydalanuvchilarning 
ish  joylari  yaqinida  joylashtirilishi  mumkin.  0,5  metrdan  kam 
diametrli  antennali  yer  usti  stansiyalari  USAT  (Ultra  Small  Aperture 
Terminal) deyiladi. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish