Yer sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar. Yer ham
radionurlanishlar manbai hisoblanadi. Yerning radionurlanishlari
Yerda joylashgan antennalar yoki Yer bilan aloqada kosmik kemalar
antennalarining yo‘naltirilganlik diagrammalari yon yaproqchalari
orqali qabul qilinishi mumkin.
Yerning issiqlik radionurlanishlaridan tashqari, halaqitlar Yer
atmosferasining nurlanishlari orqali hosil qilainadi. Fizikadan
ma’lumki, agar gaz qanday chastotada nurlanishni selektiv yutsa, u
holda u o‘sha chastotada nurlanishni chiqaradi.
Santimetrli to‘lqinlar diapazonida Quyosh nurlanishi kislorod va
suvning bug‘lari orqali yutiladi va qayta nurlantiriladi.
Atmosfera shovqinlari 1000 ÷ 20000 MGs diapazonda namoyon
bo‘ladi. Bu diapazonda u galaktik shovqindan katta bo‘ladi va tashqi
shovqinlarning deyarli yagona turi hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |