Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

1.3. Simsiz aloqada antennalar 
 
Radioto‘lqinlarni  uzatish  va  qabul  qilish  uchun  mo‘ljallangan 
qurilma  antenna  deyiladi.  O‘zgaruvchan  tokni  o‘tkazadigan  har 
qanday  jism  elektromagnit  to‘lqinlarni  nurlantira  oladi.  Bu  nurlanish 
sezilarli  bo‘lishi  va  amaliy  maqsadlarga  xizmat  qila  olishi  uchun 


20 
 
jismning  o‘lchamlari  nurlantiriladigan  tebranishlarning  to‘lqin 
uzunliklari bilan tenglashtirsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak [4]. 
Kvazistatsionar tizimlarda bunday elementlar, masalan,  uzunligi 
to‘lqin uzunligiga qaraganda kichik bo‘ladigan induktivlik g‘altaklari, 
kondensatorlar  hisoblanadi,  ular  bo‘ylab  tebranishlarning  tarqalishini 
hisobga  olmasa  ham  bo‘ladi  (juda  qisqa  to‘lqinlardan  tashqari).  Agar 
bunda  energiyaning  issiqlik  yo‘qotishlari  hisobga  olinmasa,  u  holda 
bunday  tizimlarda  tok  va  kuchlanish  orasidagi  fazalarning  surilishi 
90°ni  tashkil  etadi  va  bu  tizimlar  aktiv  quvvatni  yutmaydi,  natijada 
nurlantirmaydi  ham.  Agar  u  yoki  bu  tizim  bo‘ylab  tebranishlarning 
tarqalishi  qandaydir  vaqt  oralig‘iga  kechiksa,  u  holda  tizimning 
uchlarida  90
0
ga  qo‘shimcha  tok  va  kuchlanish  orasidagi  fazalarning 
surilishi  (sos j)  paydo  bo‘ladi.  sos j  noldan  farqli  bo‘lib  qolishi  bilan 
tizim  tok  manbaidan  energiyani  iste’mol  qiladi  va  uni  nurlantirishga 
sarflaydi. 
Uzunligini  to‘lqin  uzunligi  bilan  tenglashtirsa  bo‘ladigan 
o‘tkazadigan  jism  nurlantirish  tizimi  sifatida  qo‘llanilishi  eng  qulay 
bo‘ladi.  Bu  holda  tok  va  kuchlanish  orasidagi  fazalarning  surilishi 
ortadi, bunda o‘tkazgichning nurlantirish qobiliyati ortadi. 
Uzatuvchi  antenna  generator  hosil  qiladigan  yuqori  chastotalar 
toklari energiyasini elektromagnit to‘lqinlar energiyasiga o‘zgartiradi. 
Qabul 
qiluvchi 
antenna 
teskari 
vazifani 
bajaradi, 
qabullagichning  chiqishida  yuqori  chastotalar  kuchlanishini  hosil 
qiladi. 
O‘zarolik  tamoyiliga  asosan  istalgan  uzatuvchi  antenna  u  qabul 
qilish antennasi sifatida ishlatilganida konstruktiv jihatdan farqlanishi 
mumkin  bo‘lsada,  o‘z  asosiy  xarakteristikalarini  saqlaydi.  O‘zarolik 
tamoyili  qabul  qilish  va  uzatish  antennalari  qaytar  xossasiga 
egaligidan  iborat.  Har  qanday  antenna  ham  qabul  qilish,  ham  uzatish 
antennasi  bo‘lishi  mumkin.  Antenna  radiochastotalar  energiyasini 
qanchalik  yaxshi  nurlantirsa,  u  shunchalik  uni  yaxshi  qabul  qiladi. 
Modomiki,  uzatish  antennalarining  nazariyasi  va  hisoblash  usullari 
oddiy  va  yaxshi  ishlab  chiqilgan  ekan,  u  holda  istalgan  qabul  qilish 
antennasini  uzatish antennasi sifatida hisoblash mumkin va o‘zarolik 
tamoyiliga  asosan  olingan  natijalarni  qabul  qilish  rejimi  uchun 
qo‘llash mumkin. 
Zamonaviy radioelektron apparaturalar millimetrning ulushlarida 
o‘n  minglab  metrlardagi  to‘lqin  uzunliklari  diapazonlarida  ishlaydi. 
Antennalarning  konstruktiv  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  shuningdek 


21 
 
ularning  xarakteristikalari  sezilarli  darajada  antennalar  ishlashi  kerak 
bo‘ladigan to‘lqinlar diapazonlariga bog‘liq bo‘ladi.  
Vazifasi  bo‘yicha  antennalar  shartli  ravishda  quyidagi  turlarga 
bo‘linadi: 
− 
radiouzatish tizimlarining antennalari;  
− 
radioaloqa stansiyalari  (shu jumladan RRL) antennalari;  
− 
radiolokatsion antennalar;  
− 
televizion antennalar;  
− 
radioastronomik  antennalar.  
Bu  guruhlardan  har  biri  turli  konstruktiv  yig‘ilgan  antennalarga 
ega bo‘lishi mumkin. 
Ishlash  tamoyili  va  konstruktiv  bajarilishi  bo‘yicha  antennalar 
quiydagilarga bo‘linadi: 
− 
simli  (vibrator)  antennalar,  ular  ayrim  hollarda  diametrlari 
to‘lqin  uzunligi  bilan  tenglashtirsa  bo‘ladigan  ingichka  simlar  yoki 
yo‘g‘on quvurlardan (to‘lqin uzunligiga taqqoslaganda) tayyorlanadi; 
− 
optik  turdagi  antennalar  (metall  oyna-reflektorlar  va 
linzalar);  
− 
akustik turdagi antennalar (metall ruporlar);  
− 
sirt  to‘lqinlari  antennalari  (dielektrik  antennalar,  dielektrik 
qoplamali yoki davriy tuzilmali metall  sterjen yoki tekis antennalar);  
− 
tirqishli (difraksion) antennalar;  
− 
aylanadigan  polyarizatsiyali  elektromagnit  to‘lqinlarni 
nurlantiradigan antennalar (spiralli, xochsimon va boshqalar).  
Ko‘plab  antennalarda  asosiy  nurlantiruvchi  elementlar  sifatida    
simmetrik vibratorlar qo‘llaniladi.     

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish