Radioqabul qilishga halaqitlar. Radioqabul qilish shartlari
signal maydoni kuchlanganligini absolyut qiymatlari orqali emas,
balki
signal
maydoni
kuchlanganligini
shovqin
maydoni
kuchlanganligiga nisbati orqali aniqlanadi.
Turli aloqa turlari – radiotelefon, radiotelegraf, radioeshittirishni
va boshqalarni amalga oshirish uchun ma’lum minimal signal/halaqit
nisbati talab qilinadi. Bu joyda va berilgan to‘lqin diapazonida
halaqitlar sathini aniqlashni bilish katta amaliy ahamiyatga ega.
Binobarin, ma’lum halaqitlar sathi bo‘yicha talab qilinadigan maydon
kuchlanganligini aniqlash mumkin.
18
Biz
faqat
tashqi
halaqitlarni
ko‘rib
chiqamiz,
radioapparaturalarning ichki shovqinlari esa qabullash qurilmalari
fanida ko‘rib chiqiladi.