0,2l
0
< l < 0,8· l
0
chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda
yerning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Shu bilan birga
refraksiyaning ta’sirini yerning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li
bilan hisobga olish kerak bo‘ladi.
Bunday masofalarda UQTni tarqalishi uchun metrologik
sharoitlar ta’sir qiladi. Troposferaning sindirish koeffitsientining
o‘zgarishi bilan to‘lqin traektoriyasining egriligi o‘zgaradi, binobarin,
to‘g‘ri va yer sirtidan qaytgan nurlar uchun bu o‘zgarishlar turlicha
bo‘lishi mumkin. Natijada to‘g‘ri va qaytgan nurlar orasidagi fazalar
farqi o‘zgaradi, buning natijasida radioto‘lqinlar maydonlari sathi
o‘zgaradi, signalning so‘nishi ro‘y beradi. Masofaning ortishi bilan
so‘nishlarning halaqit qiluvchi ta’siri ortadi [1-3].
Do'stlaringiz bilan baham: |