V bob. DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM -
JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAHDID
Ekstremizmning mazmun-mohiyati.
«Ekstremistik» so‘zi esa «aql
bovar qilmas darajada», «haddan oshish» m a’nolarini bildiradi.Jami-
yatda qabul qilingan qadriyatlar va m e’yorlarga
zid qarashlarni ilgari
surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy
xususiyati hisoblanadi.
Turli ekstrem istik guruhlarning o ‘zaro m unosabatida doim iy
kelishmovchilik va janjallar, voqelikning keskin o ‘zgarishi sharoitida
;ular bo‘linib ketadigan guruhlar o‘rtasidagi «revolyutsionerlikda»
inusobaqalashuv kuzatiladi. Ularga yopiq sektalarga xos mistik tildan,
fe’tiqodga d a’vat qilish yoki undan «chetlashish», «shakkoklik»
uchun
jazolash kabi uslublardan foydalanish xosdir. Amerikalik sotsiolog
K.Keniston «bunday guruhlarda odatiy shaxsiy nizolar, liderlik uchun
kurash, did va qarashlardagi farq sezilarli darajada o‘sib, ba’zida, hatto,
hayot-m am ot masalasigacha yetib boradi», — deb yozgan edi.
Yashirin «armiya»laming ichki tarkibi, odatda, «kommandos» (italyan
terrorchilarida — «kolonnalar», «musulmon birodarlar»da — «jovalalar»)
deb ataladigan tezkorbirliklardan tashkil topadi. Ular bir-birlarini faqat
taqablari orqaligina biladigan uch yoki besh kishilik guruhlardan iborat
piramida shaklida tuziladi. Ularning tashkiliy tuzilmasi barcha davlatlarda
deyarli bir xil. «Jangovar guruh» tashkilot a ’zolarining asosiy ehtiyojla-
rini qondirish, jangarilar tashqariga chiqmaydigan bevosita yopiq ijtimoiy
muhitni yaratishdek ko‘plab vazifani bajaradi. Bir so‘z bilan aytganda,
jangovar guruh terror xurujini uyushtirishdek asosiy vazifasidan tashqari
uning tarkibidagi kishilar uchun ijtimoiy muhit vazifasini ham bajaradi.
Ekstremistik va terroristik tashkilotlarga yangi a’zolarning qo'shilishi,
ko‘pincha,
dinga kiritish, qabul qilishdek shaklu shamoyil kasb etadi
hamda bir qancha tanlov va sinov bosqichlarini o ‘z ichiga oladi. Ekstre
mistik harakatlarning eng quyi tabaqasi ko‘pincha siyosiy tusga ega
boMmagan, mayda zo‘rlik va jinoyatlar sodir etadigan unsurlar bilan
bog‘liq bo'ladi. Bunday zo‘rlikning siyosiylashtiri 1 ishi terrorizm tomon
qo'yilgan birinchi qadam bo'Iadi. 0 ‘z doirasiga yangi kimsalarni tortar
ekan, terrorchilik guruhi yoki uning rahbariyati so'zsiz bo'ysunishni va
«ish»ga mutaassibona sadoqatni talab qiladi.
Keyinroq esa yollanuvchilar
«hamma narsani biluvchi» va ularga yo‘lboshchilik qiluvchi sarbonga
duch keladilar.
Hozirgi davrda eng awalo axborot chegaralarining barham topishida
o'zligini namoyon qilayotgan globallashuv sharoitida va bir paytlar
xalqaro m unosabatlar mazmunini belgilagan ikki qaram a-qarshi kuch
— sotsializm va kapitalizm o ‘rtasidagi o ‘zaro kurashning barham topishi
natijasida ekstremizm va terrorizm mamlakatlar, mintaqalar va umuman
dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid sifatida birinchi o ‘ringa chiqdi.
Q o‘poruvchilik faoliyatining turli ko‘rinishlarini o ‘z ichiga olgan
infrastrukturani shakllantirgan va rivojlantiigan mazkur ikki dunyoqarash
o ‘rtasidagi kurash hozirda turli xil kuchlarni birlashtirgan ko‘p qutbli
dunyoning mazkur infrastrukturaga qarshi kurashidek shakl-shamoyil
kasb etmoqda.
Bu,
birinchi navbatda, ekstremizm va terrorizm ning anarxizm va
fashizmning arxaik shakllari bilan qorishmasi hisoblangan va ommaning
keng qatlamlari bilan bog‘lovchi halqa sifatida islom shiorlaridan ustalik
bilan foydalanadigan, aslida esa xalq bilan hech qanday aloqasi
yo'qligini m ohirona yashira oladigan holat kasb etdi. 0 ‘z vaqtida, XX
asrning 70-yillarida, terrorchilar xalq bilan birgalikni ko ‘rsatish va
uning nom idan harakat qilish uchun kom m unizm shiorlari ostida
faoliyat yuritishi va shu yo‘l bilan mablag‘ to ‘plashi qulayroq edi.
0 ‘sha yillarda Lotin Amerikasida ekstremistik ruhdagi kom munistpa-
rast tuzilmalarning jangarilari jam iyatda parokandalikni yuzaga kelti-
rish va tartibsizlik to ‘lqinida kom m unistlarning hokim iyatni qo‘lga
olishiga sharoit yaratishga qaratilgan ko‘plab terrorchilik xurujlarini
sodir etardilar.
Biroq aksariyat hollarda, ular hokimiyatni qo‘lga olish
niyatlariga erisha olm adilar va jam iyat a ’zolari diqqatini jalb qilish
maqsadini ko'zlagan shov-shuvli terrorchilik xurujlarini amalga oshi-
rish bilan qanoatlanishga majbur b o ‘ldilar. Ekstremistik tuzilm alar
ning asosiy maqsadi aslida jam iyatni qo ‘rquv va vahimada tutib turish
va shu yo‘l bilan om m a ongida noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik
tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan edi. Bu esa o ‘z navbatida, jamiyat
taraqqiyotini va ijtimoiy hayotning turli
jabhalarida barqarorlikka
erishishni jiddiy qiyinlashtirar edi.
Bugungi kunda kommunistik shiorlar unchalik ham mashhur emas,
ekstremistik tuzilmalarni «qizil rangi» uchun yirik m ablag'lar bilan
qo ‘llab-quw atlagan SSSR ham yo‘q. 0 ‘z navbatida, AQSH va uning
sheriklariga ham, javob tariqasida shunga o ‘xshash tuzilmalarni qo‘llab-
quw atlash uchun yirik m ablag'larni sovurishiga hech qanday zarurat
qolmadi. Biroq yangi sharoitda har xil turdagi buzg‘unchilik, beqarorlikni
keltirib chiqarishga qaratilgan vositalar bugun ham
ana shu maqsadlarga
faqat islom shiorlari ostida yo‘naltirilayapti, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: